• Birinchi va ikkinchi signal sistemasining o’zaro ta’siri
  • Oliy asab faoliyatining turlari




    Download 2,44 Mb.
    bet35/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Oliy asab faoliyatining turlari
    1,5-2 yoshli bolalarda yakka ta’sirlovchilarga harakat shartli reflekslari tez hosil bo’ladi va mustahkamlanadi. Ikkita indefferent ta’sirlovchilarga vaqtli bog’lanish tezroq hosil bo’ladi. Bolaning 2,5 yoshda oliy asab faoliyati ancha takomillashadi. Oson va biroz murakkab shartli reflekslar mustahkamlanib turilmasa, tezda so’nishi mumkin. Bog’cha yoshidagi bolalarda shartli reflekslarning hosil bo’lishida individual farklar mavjud bo’lib, bu farklar bolaning asab sistemasini fiziologik, psixik taraqqiyotiga bog’lik bo’ladi. 3-5 yoshli bolalar oliy asab faoliyatining taraqqiyoti oldingi bosqichdagi bolalar oliy asab faoliyatining taraqqiyotidan tubdan farq qiladi. Bolalarning bu yoshida mo’ljallash reaksiyalarining xarakteri o’zgaradi. Bola «bu nima» degan savol bilan turli predmet va hodisalarni bilishga harakat qiladi.
    2-3 yoshli bola predmetlarga qarab, ularni ushlab ko’rib formasini aniqlaydi. Bola oldingi hosil bo’lgan ko’ruv-kinestezlik bog’lanishlardan foydalanadi, predmetlarning shaklini chamalab biladi. Bog’cha yoshidagi bolaning bosh miya yarim sharlar po’stlog’ida qo’zg’alish tormozlanish irradiatsiya, generalizatsiya kabi asab protsesslari kuchliroq bo’ladi. 5 yoshli bolaning tashqi va ichki tormozlanishining xarakteridagi munosabat o’zgaradi.
    Bog’cha yoshidagi bolalarda ichki tormozlanish va uning turlari borgan sari katta ahamiyatga ega bo’lib boradi (O.P.Kopustnik va V.K.Fadaeva, 1933. R.M.Pen, 1933).
    Bolaning bu yosh davrida bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida kechikuvchi, iz qoldiruvchi shartli reflekslar qiyinlik bilan hosil bo’ladi.
    Tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, 5 yoshdagi bolada asab protsesslarining kuchi va harakatchanligi ortadi, bu esa bolada dinamik stereotipi biroz yengillik bilan o’zgartirish imkonini beradi (E.N.Degtyar, 1957). Bu yoshdagi bolalarda chamalash refleksi kuchliroq bo’lib u mustaxkamlashib boradi.
    Birinchi va ikkinchi signal sistemasining o’zaro ta’siri
    Birinchi signal sistemasida vujudga kelgan asosiy qonuniyatlar, ikkinchi signal sistemasi, ya’ni bola nutqida ham ro’yobga chiqadi. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari bosh miyadagi asab protsesslarining shakllari hisoblanib, bu protsesslar turli darajada murakkab bo’lishi bilan farq qiladi.
    Odam hayotining normal sharoitida ikkinchi signal sistemasi ma’lum darajada birinchi signal sistemasi va emotsional faoliyatlarini boshqaradi. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari faqat funksional prinsipida bir-biridan farq qiladi.
    Odamning hayoti davomida birinchi va ikkinchi signal sistemalari taraqqiy qilib boradi.
    Bog’cha yoshidagi bolalarda kechikuvchi shartli reflekslar boshqa reflekslarga nisbatan juda qiyinlik bilan asta-sekin vujudga keltiriladi. Bolalarda tez-tez kechikuvchi shartli reflekslarning qo’llanilishi, ularda mudrash, uyquchanlik, ba’zida fiziologik uyquning ham vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Agarda kechikuvchi shartli reflekslar tez-tez va kuchli hosil qilinsa, ba’zida bolalarning asab sistemasining vaqtinchalik buzilishiga olib keladi. Shartli refleksning kechikishi faqat shartli ta’sirlovchilarning xarakteri bilan belgilanmasdan, balki bolaning asab sistemasining turi, holati bilan ham belgilanadi.
    Bolalarda ta’sirlovchilarni nozik differensirovka qilinishi asta-sekin vujudga keladi. Bolalarda qiyin, nozik differensirovka hosil qilish uchun avval yengilroq va dag’alroq differensirovka hosil qilish kerak.
    Bolalarda differensirovka tormozlanish qiyinlik bilan vujudga keltiriladi, so’ng asta-sekin mashq qilish bilan differensirovka tormozlanishning hosil bo’lishi takomillasha boradi. Differensirovka tormozlanishga misol bo’lib, bolada qizil koptokka harakat shartli refleks hosil qilingan bo’lsa, koptokning rangi yoki katta-kichikligini bir oz o’zgartirish differensirovka tormozlanish hosil bo’ladi.
    Differensirovka tormozlanish organizmning tashqi muhit ta’siriga moslanish imkoniyatini beradi. Shartli ta’sirlarning 7-9 yoshli bolalarda 10-11 martada, 10-12 yoshli bolalarda 4-6 martada hosil bo’ladi. O’qituvchilar o’quvchilarga dars berishda differensirovka tormozlanish usullari: taqqoslash, solishtirish va b. foydalanadilar. O’qituvchi qo’shishni, ayirish bilan, o’lik tabiat bilan tirik tabiatdagi hodisalarning qarama-qarshiligini tushuntirishda solishtirish kabi metodlardan foydalanadi. Musiqa maktablarida o’qituvchi turli musiqa tovushlarini bolalarda differensirovka (tabaqalanuvchi) tormozlanishni vujudga keltirish bilan o’rgatadi. Shunday qilib, differensirovka tormozlanish bolaning murakkab tashqi muhit ta’sirlariga moslanish, bilim olish va ko’p ta’sirlovchilardan muhimlarining ajrata olish uchun muhim ahamiyatga ega.
    Bolada mashq qilish bilan tabaqalanuvchi tormozlanish ortib boradi. Ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi asosida shakllana boradi. A.G.Ivanov-Smolenskiy (1929)5 bolalarda birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o’zaro bog’lanishning rivojlanishining sxematik ravishda quyidagi etaplarga bo’linadi:
    1. Birinchi signal sistemasining bevosita shartli reflekslari. Bunda tashqi bevosita ta’sirlovchilar (ko’rish, eshitish, teri, hidlash, maza bilish) organlarga ta’sir etib, bola organizmida harakat yoki vegetativ reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
    Ikkinchi signal sistemasi shakllanmaganligi uchun shartli reflekslarda so’z ishtirok etmaydi. Bunday shartli reflekslar bolaning dastlabki hayoti va birinchi oylarida hosil qilinadi.
    2. So’z bilan bevosita ta’sirlovchilar ta’sirida bevosita xarakterdagi shartli reflekslar hosil qilish. Masalan, bola so’zlashga o’rganishdan ancha avval atrofdagi kishilarning so’zlariga vegetativ shartli reflekslar yordamida javob beradi.
    Bu xarakterdagi shartli reflekslar bola bir yoshining birinchi yarmida ayniqsa ikkinchi yarimida hosil bo’ladi.
    3. Bevosita so’zga shartli reflekslar hosil bo’lish. Bunday shartli reflekslar atrofdagi kishilar va predmetlarning nomlarini hodisalarni bola ma’lum so’zlar bilan bog’lay boshlashi natijasida vujudga keladi. Bola bu davrda yuqoridagi ikki guruh shartli reflekslarga, uchinchi guruh shartli reflekslarni bog’laydi.
    Bola atrofdagi katta kishilar va bolalar bilan bevosita munosabati natijasida turli so’zlarni eshitib, nutqga o’rgana boshlaydi.
    Bola 6-7 oyligidan boshlab eshitgan so’zlardan bo’gimlarni ajrata biladi. So’zlardan ajratilgan bo’gimlar shartli ta’sirlovchilar bo’lib, ta’sir kuchiga ega bo’ladi va tashqi ta’sirlovchilar bilan bog’lanadi.
    So’zlar avval shartsiz ta’sirlovchilarning signallari, so’ng shartsiz reflekslarning signallari bo’lib, ta’sir etadi, asta-sekin so’zlar shartli va shartsiz ta’sirlovchilarning o’rni almashadi.
    Bola 5 oyligidan boshlab so’zlarga tushuna boshlaydi. Hali so’zlashni bilmagan bola kattalarning so’z bilan buyurgan ishlarini bajarishi mumkin. Bu bola so’zlarning ma’nosini tushunadi degan so’z emas. Bolada nutq bilan birga aytiladigan so’zning intonatsiyasi va imo-ishoraga harakat shartli reflekslari hosil bo’ladi.
    Bir yoshlik bola 15-20 ta so’zni talaffuz qiladi. Bola taxminan 1,5 yoshidan boshlab atrofdagi kishilar bilan nutq orqali qisman munosabatda bo’ladi. Shu yoshdan boshlab bolada so’z boyligi ortib boradi. Bola 3 yoshida 600 dan ortiq so’z boyligiga ega bo’ladi. Bolaning so’z boyligini ko’p yoki oz bo’lishi mashq qilishiga, uning individual xususiyatiga, tarbiya va asab sistemasining xususiyatiga bog’liqdir.
    Bola tugilganidan bir necha kundan keyin, uning asab sistemalarida o’zgarishlar ro’y beradi. Masalan, xolerik temperamentdagi bola tez-tez uyg’onadi va juda qattiq yig’laydi. Melanxolik temperamentdaga bola esa uzoq vaqt uhlaydi, kam yig’laydi, juda tinch bo’ladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   152




    Download 2,44 Mb.