• Ovqatlanish va boshqa faoliyatlarga harakat shartli refleksini hosil qilish.
  • Shartli refleksning hosil bo’lish tezligi va turg’unligi




    Download 2,44 Mb.
    bet33/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Shartli refleksning hosil bo’lish tezligi va turg’unligi
    Bolalarda ovqatlanishga shartli reflekslarning hosil bo’lish tezligi uning ishtahasi, asab sistemasidagi ovqatlanish markazining qo’zgaluvchanligiga bog’liq bo’ladi. Masalan, bolaning ovqatlanishidan avval qand yoki boshqa shirinlik berilsa, bolaning ishtahasi pasayadi, ya’ni ovqatlanishga reflektor reaksiyasi susayadi.
    Bolalarda tovush, so’zga boshqa shartli ta’sirotlarga nisbatan shartli reflekslar tezroq hosil bq’ladi. Ularda shartli reflekslar shartli va shartsiz ta’sirlovchi 2-10 marta 5-30 sekund davomida qaytarilib va mustahkamlanib turilsa, shartli refleks hosil bo’ladi.
    Bolalarda so’lak ajralishi uchun hosil qilingan shartli refleksning yashirin davri esa taxminan 3 sekundni, harakat shartli refleksning yashirin davri esa 0,5 sekundni tashkil etadi. Bolaning yoshi ortishi bilan shartli refleks yashirin davrining davomiyligi kamayib boradi.
    Bolalarning jinsiy voyaga yetilish davrida shartli reflekslarning hosil bo’lishi tezligi biroz sekinlashadi. Chunki, bu davrda bolaning asab sistemasida jinsiy uyg’onish asab markazlari qo’zg’aladi. Bolaning yoshi qancha katta bo’lsa, tashqi muhit ta’sirlovchilariga ishlangan harakat shartli reflekslari shuncha mustahkam bo’ladi.
    Ovqatlanish va boshqa faoliyatlarga harakat shartli refleksini hosil qilish.
    Yangi tug’ilgan bolaning birinchi kunidan boshlab shartli va shartsiz ta’sirlovchilarning adekvatliligiga qarab, ovqatlanishga harakat shartli reflekslari hosil bo’la boshlaydi. Bolaning bir kunligidayoq terini taktil sezgilariga ta’sir etib, shartli reflekslar hosil qilish mumkin. Bola 10-14 kunligida qo’lda ovqatlanish holatida ushlab turilsa, bolada ovqatlanishga nisbatan reaksiya xosil buladi. U boshini buradi, ogzini ochadi, sung surish xarakatlarini bajaradi. Bu refleks ona bolani emizish vakti bilan boglik shartli refleks bulib xisoblanadi.
    Bolaning birinchi kunlaridayok tabiiy shartli reflekslar xosil bula boshlaydi. Bolada 4 oyligidan boshlab ovkatlanishga salbiy shartli reflekslarni vujudga keltirish mumkin. Uning 7-9 haftaligidan boshlab yorug’lik yoki tovushga nisbatan ovqatlanishga harakat shartli refleksini hosil qilish mumkin.
    Bolada tug’ilgan vaqtdan boshlab shartsiz reflekslar hosil bo’la boshlaydi. Chaqaloqning asab sistemasida qo’zg’alishning irradatsiyasi katta odamga nisbatan tez bo’ladi. Bola ona sutini ema boshlashi bilan unda koordinatsiyalashgan harakatlar vujudga keladi.
    Emish protsessida bolaning tana muskullari, kallasi va qo’l-oyoqlari harakatga keladi.
    Yangi tug’ilgan bolalarda quyidagi harakat reflekslari yuzaga keladi. Qo’l muskullarining tonik refleksi, umurtqa pog’onasi egilish refleksi, qorachig refleksi shular jumlasidandir. Bu reflekslarning barchasi shartsiz reflekslar hisoblanadi.
    Bolaning yoshi ortishi bilan harakatlanishidagi muhim harakat reflekslari (yurish, yugurish va b., og’zaki-yozma, nutq harakat reflekslari va b. reflekslar) shakllana boradi.
    Bolada birinchi marta eshitishga, ko’rishga, asta-sekin teri taktil sezgilarga shartli reflekslar hosil bo’ladi.
    Ikki oylik bola tovush kelgan tomonga boshini qaratadi va 1-1,5 minut mobaynida boshini tutib tura oladi. 2-3 oylik bolada yozuvchi muskullarga nisbatan bukuvchi muskullar tonusi ortiq bo’ladi. Bola ikki oyligidan boshlab boshini tutib tura oladi. 4-5 oyligidan boshlab esa ko’rgan narsalarini ushlash uchun koordinatsiyalashgan harakatlar bajara boshlaydi. 5 oylik bola har bir predmetni qo’lida 20-30 sekund ushlab tura oladi va og’ziga olib boradi. 5-6 oyligidan boshlab o’zi o’tira oladi va tik turishga harakat qiladi. 7 oyligidan boshlab mustaqil o’tiradi, kattalar yordamida tik tura boshlaydi. 8 oyligida narsalarga suyanib turadi, narsalarni ushlab yurishga harakat qiladi. 9 oyligidan boshlab hech qanday tayanchsiz o’zi mustaqil tik turadi, bir qo’lidan ushlaganda yura oladi, asta-sekin mustaqil o’zi yurishga harakat qiladigan bo’ladi. Bolalarda harakat shartli reflekslarining hosil bo’lishida harakat ko’nikmalarini shakllanishida propriotseptorlar bilan birga ko’rish, eshitish, teri retseptorlarining ta’sirlanishlari muhim ahamiyatga ega bo’lib hisoblanadi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152




    Download 2,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shartli refleksning hosil bo’lish tezligi va turg’unligi

    Download 2,44 Mb.