|
X-juft adashgan nerv tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari
|
bet | 30/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.X-juft adashgan nerv tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari. Adashgan nerv miya qobiqlarini tashqi eshitish yo’li, xiqildoq traxeya, bronxlar, o’pka, oshqozon va ichak trakti va qorin bo’shlig’idagi qolgan a’zolari sezgirligini nazorat qilib turadi. Nervning harakat tolalari xiqildoq, tanglay, traxeya, va bronxlarni yumshoq mushaklarini oshqozon ichak mushaklarini qizilo’ngach, oshqozon, ichak mushaklarini harakatlantirib turadi.
Bu nervga yana oshqozon, oshqozon osti beziga kelayotgan sekretor tolalari, yurak faoliyatini tormozlovchi tolalar hamda qon-tomirlariga boradigan tolalari ham bor. Til-halqum nervlari bilan umumiy bo’lgan sezish va harakat yadrolari bor. Ichki organizmlarni harakatlantirib turuvchi vegetativ yadro ham bor. Adashgan va til-halqum nervlari muhim hayotiy ahamiyatga ega. Ular yutinish jarayonini, artikulyatsiya va organizmni normal bo’lishini ta’minlab turadilar. Adashgan nerv ichki a’zolardan kelayotgan hissiyotlarni o’tkazuvchidir. Bu nerv yo’talish va qayd qilish reflekslarini, qon-tomirlarini tartibga va meyoriy bo’lib turishda katta ahamiyatga ega.
XI- qo’shimcha nerv tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari.
Qo’shimcha harakat nervi hisoblanib, spinal va kranial qismlardan tashkil topgan. Uning birinchi neyroni orqa miyadan boshlanib yuqoriga ko’tariladi, gardan tirqishidan bosh suyak bo’shlig’iga, so’ngra chuqurcha tirqish orqali bosh suyak bo’shlig’idan chiqib, ko’krak o’mrov osti va trapesiyasimon mushaklarni harakatlantiradi.
Birinchi mushak funksiyasi boshni yon tomonlarga egish va shu holda aylantirib teskari tomonga egishga imkon yaratishdir. Trapesiyasimon mushak yelkani biroz ko’tarib turadi, belni orqadan tortib turib, bel-kuraklarini umurtqagacha yetkazib turadi.
Kranial qismi uzunchoq miyada joylashgan hujayralardan boshlanib, chuqur tirqish orqali tovush pardalariga chiqadi. Tekshirish vaqtida bemordan yuqorida aytib o’tilgan harakatlarni bajarish so’raladi. O’nga chapga qilinadigan harakatlarni simmetrikligi va ovozning jarangdorligiga e’tibor beriladi.
|
| |