|
Patologik reflekslar ikki xil bo‘ladi
|
bet | 32/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Patologik reflekslar ikki xil bo‘ladi: 1. Periferik asab tizimi kasallanganda reflekslar past bo‘ladi (giporefleksiya) yoki yo‘qoladi (arefleksiya). 2. Markaziy asab tizimi kasallanganda esa reflekslar yuqori bo‘ladi (giperrefleksiya). Agar reflekslar chaqirilganda o‘ng yoki chap tomonda yuqori yoki past bo‘lsa (d > s; d < s), bu anizorefleksiya deb ataladi. Markaziy paralichlarda patologik reflekslar uchraydi.
Ular ikki guruhga bo‘linadi: 1. Yozuvchi patologik reflekslarga Babinskiy, Oppen geym, Gordon, Sheffer reflekslari kiradi. 2. Bukuvchi patologik reflekslarga Mendel – Bexterev, Jukovskiy, Rossolimo, Churayev kiradi. Bu reflekslar, asosan, oyoqlardan chaqiriladi (15-rasm). Babinskiy refleksi – oyoq kaftiga o‘tmas igna bilan chizilganda bosh barmoq yuqoriga qarab bukiladi. Gordon refleksi – ikki qo‘l orasida boldir mushaklari qisiladi, bunda oyoqning bosh barmog‘i yuqoriga qarab bukiladi. Oppengeym refleksi – katta va ko‘rsatkich barmoq bukilgan holda boldir suyagi ustidan pastga qarab yurgiziladi. shunda oyoq panjasining bosh barmog‘i yuqoriga qarab bukiladi. Rossolimo refleksi – shifokor qo‘l bilan bemorning oyoq panjalariga urganda oyoq barmoqlarining hammasi pastga bukiladi.
Asab tizimi ikkiga markaziy asab tizimi va tashqi (periferial) asab tizimiga bo’linadi. Ta’sirlar va boshqa axborotlar reaksiyalar va boshqa faolliklar shaklini oladi. Endokrin tizimiga qo’shimcha ravishda asab tizimi inson tanasining asosiy kommunikatsiya markazidir. Ushbu kommunikatsiya asab impulslari orqali tana asablari tizimi orqali ro’y beradi.
Oliy asab faoliyatining yoshlik xususiyatlari
Bolalarda shartli reflekslarni tekshirish usuli. Yangi tug’ilgan chaqaloqda ovqatlanish, himoya, aksa urish, yo’talish va boshqa shartsiz (tug’ma) reflekslar mavjud bo’ladi. Bu reflekslar bolaning xayotida muhim biologik ahamiyatga ega bo’lib, shular asosida shartli reflekslar shakllanadi.
N.I.Kasatkin uzunligi 118 sm, balandligi 75 sm, maxsus kamerada bir oylik bolalarda shartli refleks hosil bo’lishini o’rgangan. Bunda qo’llanilgan shartli ta’sirotlar bolaga hech qanday ziyonsizdir. Kameraga karavotcha ho’yilgan bo’lib, bola yotadigan matrasga uning harakatlarini yozib oladigan sezgir asboblar joylashtirilgan. Tajribaning borishi va bola holati kabina «ko’zidan» kuzatib boriladi. Ertalabki va kunduzgi soatlar tajribani o’tkazish uchun qulay sharoit hisoblanadi. Bunda tajribaning davomiyligi 10 marta qaytarilgan holda 10 minutdan ortmasligi kerak.
Ovqat bilan mustaxkamlanadigan tajribada qo’l harakatlarini ko’rmaslik uchun bolaning ko’zi bog’lanadi, yoki yuzining yuqorigi qismi oq ekran bilan to’sib qo’yiladi. Ovqatlanish shartsiz refleksida shartli ta’sirot sifatida bolaning - emish harakatlari olinadi. Uni mustahkamlash uchun sut yoki sutli aralashma beriladi. Himoya refleksini hosil qilishda bola ko’ziga havo purkalganda qovoqlarini yumish reaksiyasi e’tiborga olinadi.
Bolalarda so’lak bezlari sekretor funksiyasiga shartli reflekslarni hosil qilishda A.A.Yushenko va Krasnogorskiylar (1907) tomonidan ishlangan so’lak yig’uvchi apparatdan foydalaniladi. 1916 yilda amerikalik fiziolog K.S.Leshli qulok osti so’lak bezidan sulak yig’ib olish uslubini ishlab chiqdi.
Bolalar miya po’stlog’i faoliyatini dinamikasini o’rganishda va ayniqsa bolalarni tipologik hususiyatlarini aniqlashda Ivanov-Smolenskiyning so’z bilan mustahkamlash uslubi alohida ahamiyatga ega.
|
| |