• IX- juft til-halqum nervi tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari.
  • VIII-juft eshituv nervi tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari




    Download 2,44 Mb.
    bet29/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    VIII-juft eshituv nervi tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari.
    Bu faqat sezuvchi nervdir va u ikkita mustaqil sezgir nervlardan iborat- chig’anoq (Koxlear) va vestibulyar nervdir. Koxlear nerv qismi spiral shaklidagi sezgir tuguncha shaklida quloq ichida joylashgan bo’ladi. Birinchi neyronning periferik o’simtasi kortiev organidan boshlanadi va eshitish asabining qabul qiluvchi asosiy qismi bo’lib xizmat qiladi. Spiral tuguncha hujayralarining markaziy o’simtasi chig’anoq hosil qiladi. Chig’anoqning bir qismi ichki eshitish tirqishini chakka tomonidan chiqib miya ichiga kiradi. Bu tolalar ko’prikchadagi eshitish nervlari yadrosida tugaydi. Bu yerda neyronlar bir necha bor uzilgan bo’lib, tolalar qisman bir-biri bilan o’ralashib ketadi va teskari tomonga o’tadi, bir qismi esa o’ng tomonidan o’tib birlamchi eshitish markazida to’xtaydi. Keyin uning yo’li chakka qismiga ko’ndalang gassli burmasi tomon o’tadi, eshitish po’stloq analizatorining oxiri xuddi shu yerda joylashgan bo’ladi.
    Ichki eshitish tirqishida vestibulyar apparatning sezguvchi nervlari joylashgan. Tugun hujayralarining periferik o’simtasi ichki quloqning yarim yadrosimon kanalidagi retseptorlar hujayralarga yetib boradi. Vestibulyar nerv yadrosi ko’rish do’ngligi va bosh miya po’stlog’i bilan miyacha orqali uzviy bog’langan bo’ladi; bular orqa miya bilan ham bog’langan bo’ladi. Vestibulyar apparat gavda muvozanatini saqlab turuvchi muhim organdir.
    Eshitish nervi funksiyasini tekshirishda eshitish o’tkirligi audiometriya yordamida amalga oshiriladi. Bu haqidagi qolgan ma’lumotlar eshitish va nutq organlari anatomiyasi, fiziologiyasiva patologiyasi bo’limida to’la yoritilgan.
    IX- juft til-halqum nervi tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari.
    Bu aralash nerv bo’lib, harakat, sezuvchi va vegetativ (parasimparik) tolalardan iborat. Nerv to’rt yadrodan: harakatlanish, sezish (aralash asab bilan birga), ta’m maza sezish, vegetativ sekretor yadrolardan tashkil topgan. Bu yadrolar uzunchoq miyada joylashgan. Sezish yadrolari og’iz bo’shlig’idagi ta’m-maza markaziga yetkazadi. Til halqum nervlari tomoq, tilcha, tanglay mushaklarini harakatlantirib, yutinishga va artikulyatsiyaga yordamlashadi. Sekretor vegetativ tolalar quloq yonidagi bezlarni harakatlantiradi. Bemorni tekshirganda uning nutqiga va yutinishi yomonlashganligi haqidagi shikoyatiga e’tibor berish kerak.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   152




    Download 2,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VIII-juft eshituv nervi tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari

    Download 2,44 Mb.