• Ko’rish maydonini tekshirish
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet25/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Ko’rish o’tkirligi.
    Tekshirish o’n qator qilib, jadval shaklida joylashtirilgan harflar yordamida olib boriladi. Bemor jadvaldan 5m uzoqlikda turib, eng kattasidan boshlab eng kichigi bo’lgan harflarni ilg’ay olishi va aytishi kerak. Agar bemor 10 qator harflarning hammasini aniqlay olsa, ko’rish o’tkirligi 1 deb hisoblanadi (har bir ko’zni alohida - alohida tekshiriladi).
    Agar bemor faqat birinchi qatordagi katta harflarni ko’ra olsa, uning ko’rish o’tkirligi 0,1 deb hisoblanadi va hokazo. Ko’ruv nervining uzilishi to’la ko’ra olmaslikka olib keladi (amavroz). Ko’rish o’tkirligini pasayishi ambliopiya deyiladi. Ko’rish o’tkirligi pasayishi refraksiyani o’zgarishi bilan bog’liq va bu kamchilik linzalar (oyna) yordamida to’g’rilanadi.
    Ranglarni his qilish.
    Tekshirish professor Rabkin jadvali bo’yicha olib boriladi. Bunda har bir ko’z bilan jadvalning har varag’ini bir ko’z bilan o’qiladi. Po’stloq osti ko’rish asabi yoki po’stloq zonasi shikastlanganda ranglarni aniqlay olish birmuncha yoki butunlay buziladi. Ko’pincha qizil ranglarni anglash buziladi.
    Ko’rish maydonini tekshirish
    Buning uchun perimetrdan foydalaniladi. Bemor perimetr o’rnatilgan stol yoniga o’tiradi. Ustunchaga mahkamlangan metall yoy gorizontal o’q atrofida aylana oladi. Apparatda iyak ostiga qo’yiladigan taglik va qovoq tagiga mo’ljallangan plastina bo’ladi.
    Vrach, uchiga oqsoqqacha o’rnatilgan tayoqchani yoyning ichki tomonidagi sirti bo’ylab yuqoriga, pastga yo’naltiradi. Yoyning ichki sirti markazidan 00dan 900gacha belgilab qo’yilgan bo’ladi va bemor oqsoqqa harakatiga qarab ko’zini yurita boshlaydi. Maksimal burchakka burilgan holda ko’zining ko’ra olishi ko’zning ko’rish maydoni hisoblanadi. Qanchalik burchakka burilganini yoy ichiga belgilab qo’yilgan burchak darajalari ko’rsatadi. Perimetr yoyini chap -o’ng tomonlarga burib, bemorning ko’rish maydoni chegaralari aniqlanadi. Normal ko’rish maydoni chegarasi tashqarisi 900, ichkarisi 600 , pastkisi 700, yuqorigisi 600 atrofida bo’ladi.
    Ko’rish maydonini tekshirganda har xil o’zgarishlar kuzatiladi. Ko’rish maydonini har tomondan cheklanishlari konsentrik torayishi deyiladi. Ko’rish maydonini biror qismi ko’rinmay qolsa skotoma deyiladi.
    Ko’rish yo’llarining har xil sohalaridagi shikastlanish ko’rish maydonini o’zgarishiga olib keladi va bu holatlarni quyidagi sxemada ko’ramiz;
    № 1 bir tomondagi ko’rish nervining shikastlanishi shu tomondagi ko’zning ko’r bo’lishiga olib keladi.
    №2 xiazma atrofidagi shikastlanish har ikkala ko’zni chala (yarim) ko’rlikka olib keladi va buni bitemporal genianopsiya yoki gipertonik gemianopsiya deyiladi. Bu holatlarda har bir ko’zni tashqi tarafining yarmi ozor chekadi. Ko’rish qobiliyatini bu ravishda pasayishi turk egarida joylashgan gipofizda shishlar paydo bo’lgani seziladi.
    №3 bir-biri bilan kesishmagan tolalar o’tkazuvchanligi buzilishi natijasida xiazma atrofi shikastlanadi. Bunda har bir ko’zda gemianopsiya seziladi, ammo ko’rish maydoni boshlanishini yarmi ichki tomoni yo’qoladi va bu holatni binozal geteronimgemianopsiya alomatlari deyiladi.
    №4 chap tomondagi ko’rish yo’llari shikastlanishi o’ng ko’z to’r pardasining ichki yarmisi va chap ko’zning tashqi tomon impulslarini o’tishini buzadi. Ko’zning nurlarni sindiruvchi muhitida nurlarning bir-biri bilan kesishib ketishi natijasida chap tomon ko’rish yo’llarida ko’rish maydonini yo’qolishi sodir bo’ladi. Shunda gomonim namoyon bo’ladi va natijada chap va o’ng ko’zlarda chala (yarim) ko’rlik paydo bo’ladi.
    №5 ikkinchi neyron tolalarining uzilishi (grasiole tutamida) ko’rlik (gomonopsiya) hamda kvadratli va seksiyali gemianopsiyaga olib keladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   152




    Download 2,44 Mb.