|
Quloq shoxi (r.auricularis)
|
bet | 22/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.2. Quloq shoxi (r.auricularis) nog’ora-so’rg’ichsimon yoriq orqali kalladan chiqib, tashqi eshituv yo’lining orqa devori va quloq suprasi orqa terisini inasabatsiya qiladi.
Adashgan asabning bo’yin qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Yutqin shoxlari (r. pharyngei) yutqin devorida til-yutqin va simpatik poya tolalari bilan birga yutqin chigalini (plexus pharyngeus) hosil qiladi. Bu shoxlar yutqinni shilliq pardasini, siquvchi mushaklarni va yumshoq tanglay mushaklarini (tanglay chodirini taranglovchi mushakdan tashqari) inasabatsiya qiladi.
2. Yurakning ustki bo’yin shoxlari (rr. Cardiac cervicales superiores) pastga tomon yo’nalib, yurak chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.
3. Xiqildoqning ustki asabi (n. Laryngeus superior)pastki tugundan boshlanib, ikki shoxga bo’linidi. Tashqi shox (r. externus)xiqildoqning uzuksimon-qalqonsimon muskulini inasabatsiya qiladi. Ichki shox (r. internus)xiqildoqning shilliq pardasini ovoz yorig’idan yuqori qismini va til ildizi shilliq pardasini bir qismini inasabatsiya qiladi.
4. Orqaga qaytuvchi xiqildoq asabi (n. Laryngeus recurrens) chap tomonda bu asab aorta ravog’i sohasida boshlanib, uni past tomonidan o’tsa, o’ng tomonda o’mrov osti arteriyasini past tomonidan aylanib o’tib yuqoriga ko’tariladi. Undan quyidagi: kekirdak (rr. tracheales), qizilo’ngach (r. r. esophagei) va yurakning pastki bo’yin shoxlari (r.r. cardiaci cervicales inferiores) chiqadi. Uning oxirgi shoxi xiqildoqning pastki asabi (n. Laryngeus inferior) xiqildoqning shilliq pardasini ovoz yorig’idan pastki qismini va xiqildoq muskullarini (uzuksimon-qalqonsimon mushakdan tashqari) barchasini innervasiya qiladi.
Adashgan asabning ko’krak qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Yurakning ko’krak shoxlari (rr. Cardiaci thoracici) yurak chigaliga boradi.
2. Bronx shoxlari (rr. bronchiales) simpatik poya shoxlari bilan qo’shilib bronxlarni o’rab o’pkaga kiruvchi o’pka chigalini (plexus pulmonalis) hosil qiladi.
|
| |