• 2.Yonoq shoxlari (rr. zygomaticus)
  • 4. Pastki jag’ chekkasi shoxi (r. Marginalis mandibulae)
  • (ganglion superius)
  • (r. lingualis)
  • (plexus tympanicus)
  • (r. Sinus carotici)
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet20/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    2.Ikki qorinli shox (r. digastricus) ikki qorinli mushakni orqa qorinchasini inasabatsiya qiladi.
    3. Bigizsimon-til osti mushakga boruvchi shox r. stylohyoideus. So’ng asab quloq oldi bezi ichiga kirib, uning ichida shoxlarga bo’linib, quloq oldi chigalini (plexus parotideus) hosil qiladi. Bu chigaldan quyidagi shoxlar chiqadi: 1.Chakka shoxlari (rr. temporalis) quloq mushagi, peshona-ensa mushagining peshona qorinchasini va ko’zning aylanma mushagini inasabatsiya qiladi.
    2.Yonoq shoxlari (rr. zygomaticus) ko’zning aylanma mushagi va katta yonoq mushagini inasabatsiya qiladi.
    3. Lunj shoxlari (rr. buccales) katta va kichik yonoq mushaklari, ustki labni ko’taruvchi mushak, lunj mushagi, og’iz burchagini ko’taruvchi mushak, og’izning aylanma mushagi, burun va kulgu mushaklarini inasabatsiya qiladi.
    4. Pastki jag’ chekkasi shoxi (r. Marginalis mandibulae)pastki labni va og’iz burchagini tushiruvchi va engak mushaklarini inasabatsiya qiladi.
    5. Bo’yin shoxi (r. coli) bo’yinning teri osti mushagini innervatsiya qiladi.
    IX juft, til-yutqun asabi (n. Glosso pharyngeus) aralash asab. Uning tarkibida sezuvchi, harakatlantiruvchi va parasimpatik tolalar bor. Til-yutqin asabining sezuvchi tolalari yakka tutam o’zagida tugasa, harakatlantiruvchi tolalari ikki yoqlama o’zakdan, parasimpatik tolalar esa pastki so’lak ajratuvchi o’zakdan boshlanadi. Til-yutqin asabi o’zaklari uzunchoq miya sohasida joylashgan bo’lib, asab miya asosida olivaning orqasidan chiqadi. Kalla bo’shlig’idan til-yutqin asabi bo’yinturuq teshigi orqali tashqariga chiqadi. Bo’yinturuq teshigi sohasida asab ustki sezuvchi tugun (ganglion superius), chiqqanidan keyin tosh chuqurcha sohasida pastki tugun (ganglion inferius) hosil qiladi. Bu tugunlar tarkibida sezuvchi neyronlar bo’lib, ularning markaziy o’siqlari uzunchoq miyadagi sezuvchi o’zakda tugaydi. Bo’yinturuq teshigidan chiqqanidan so’ng ravoq shaklida pastga va oldinga yo’nalib, bigiz-yutqin va bigiz-til muskullari orasidan o’tadi. Til ildiziga kirgach u o’zining oxirgi til shoxlariga (r. lingualis) bo’linadi. Bu shoxlar til ustining orqa 1/3 qismi shilliq pardasini inasabatsiya qiladi. Til-yutqin asabidan quyidagi shoxlar chiqadi:
    1. Nog’ora asabi (n. tympanicus) pastki tugundan chiqib, chakka suyagining nog’ora kanalchasi orqali nog’ora bo’shlig’iga kiradi va shilliq pardada nog’ora chigalini (plexus tympanicus) hosil qilib, nog’ora bo’shlig’i va eshituv nayi shilliq pardasini inasabatsiya qiladi. Bu asabning oxirgi shoxi kichik tosh asabi (n. Petrosus minor) parasimpatik tolalardan iborat bo’lib, o’z nomidagi tirqish orqali piramidaning oldingi yuzasiga chiqadi. Kalla bo’shlig’idan ponasimon-toshsimon tirqish orqali o’tib, quloq tuguniga qo’shiladi.
    2. Sinus shoxi (r. Sinus carotici) umumiy uyqu arteriyasi bo’lingan joydagi uyqu koptokchasini inasabatsiya qiladi.,,
    3. Yutqin shoxlari (r.r. pharyngei) yutqin devorida vegetativ asab tolalari bilan yutqin chigalini hosil qiladi.
    4. Bigiz-yutqin shoxi (r. stylopharyngei) shu nomdagi muskulni inasabatsiya qiladi.
    5. Mo’rta k shoxlari (r.r. tonsillaris) tanglay mo’rta gini inasabatsiya qiladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   152




    Download 2,44 Mb.