• (rr. coeliaci )
  • Bosh miya nervlari
  • Qizilo’ngach chigalidan (plexus esophageus




    Download 2,44 Mb.
    bet23/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    3. Qizilo’ngach chigalidan (plexus esophageus) qizilo’ngach devoriga boruvchi shoxlar (rr. esophagei) chiqadi.
    Adashgan asabning qorin qismida adashgan asabning oldingi poyasidan oldingi me’da shoxlari (rr. Gastrici anteriores) va jigar shoxlari (rr. hepatici) chiqadi. Adashgan asabning orqa poyasidan orqa me’da shoxlari (rr.gastrici posteriores) hamda qorin shoxlari (rr. coeliaci ) chiqadi. Qorin shoxlari chap me’da arteriyasi bo’ylab yo’nalib, quyosh chigaliga qo’shiladi. Undan adashgan asab tolalari jigar, taloq, me’da osti bezi, buyrak, ingichka va yo’g’on ichaklarga boradi.
    Asab kasalliklariga tashxis qo’yishda asab tizimini klinik tekshirish birinchi darajali ahamiyatga ega. Ko’pincha, asab tizimi zararlangan bemorlarga topik tashxis qo’yishda asab tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlarini bilish juda muhim rol o’ynaydi.
    Shuning uchun quyida asab tizimini tekshirish usullari markaziy va periferik asab tizimini morfofunktsional xususiyatlarini nazarda tutgan holda tuzib chiqildi.
    Bosh miya nervlari
    Bosh miya nervlari orqa miya nervlariga juda o’xshash. Ular miya asosidan tarqaladi. Bosh miya nervlarining o’ziga xos tuzilishi va funksiyasi, orqa miya nervlaridan farqlanadi. Ularning bir qismi harakat nervlari, ikkinchisi sezish nervlari, qolganlari aralash nervlardir.
    I – juft – hid sezuvchi nerv
    II – juft - ko’ruv nervi –sezuvchi nerv
    III–juft - ko’zni harakatlantiruvchi nerv
    IV – juft - g’altak nerv -harakatlantiruvchi
    V – juft uch tarmoqli – aralash nerv
    VI – juft uzoqlashtiruvchi – harakatlantiruvchi nerv
    V II – juft yuz nervi - harakatlantiruvchi
    VIII – juft eshituv – sezuvchi nerv
    IX – juft til-halqum – aralash nerv
    X – juft adashgan – aralash nerv
    XI – juft qo’shimcha – harakatlantiruvchi nerv
    XII – juft til osti – harakatlantiruvchi nerv
    III–IV–VI nervlar ko’z mushaklarini harakatlantiradi. Shu sababli ular ko’z harakatlanishini idora qiladigan gruppasini tashkil qiladi. Yuqorida keltirilgan 12 juft bosh miya nervlaridan, 9 jufti harakatlanish funksiyasini boshqarishda qatnashadilar, ulardan 6 jufti faqat harakatlanish, 3 jufti aralash nervlar (bular ham harakat, ham sezish funksiyasini bajarishda qatnashadilar).
    Tuzilish va funksiyasiga ko’ra bosh miya nervlari orqa miya harakat nervlariga o’xshash.
    Harakat nervlarining 1chi neyroni old markaz burmasining pastki bo’lmasida joylashgan, uning aksoni esa o’ziga tegishli bo’lgan bosh miya harakatlanish yadrosiga boradi. 2chi neyronnig harakatlanish tolasi. I-II-III-IV-V-VI-VII-VIII-IX-X-XI-XIIchi bosh miya nervlarining yadro hujayralaridan boshlanadi. Bu tola orqa miya old shohchasi hujayralariga o’xshash va miya tanasiga joylashgan (asosan varoliev ko’prikchasida). Keyin esa harakat tomirchalari miya tanasidan o’ziga tegishli bo’lgan yuz mushaklariga, tish og’iz bo’shlig’i va tomoq mushaklari tomon yo’naladi.
    Bosh miya harakat nervlari tomirchalari yadrosining shikastlanishi periferik paralich yoki parezlarda kuzatiladi. Markaziy qismi shikastlanganda bosh miya ta’sirida bo’lgan hamma mushaklar paralichi rivojlanishi imkoniyati tug’iladi, ammo bosh miya nervlariga ikkala yarim sharlardan kelayotgan ta’sir (innervasiya) tufayli (7 va 12 nervlardan tashqari), bir tomonlama shikastlanishda, faqat yuzning pastki qismidagi mushak (7 asab) va tilning yarmi (12 asab) markaziy paralich bo’ladi. Bunda boshqa asablarga ziyon yetmaydi, chunki piramidal yo’lning chalkashib ketgan yeridagi uzilishni uzluksiz holdagi piramidal ta’sir (innervasiya) muvozanatda saqlab turadi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152




    Download 2,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qizilo’ngach chigalidan (plexus esophageus

    Download 2,44 Mb.