• II – juft - ko’ruv nervi- tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari .
  • B osh miya nervlarining funksiyasi, shikastlanish alomatlari va ularni tekshirish usullari




    Download 2,44 Mb.
    bet24/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    B osh miya nervlarining funksiyasi, shikastlanish alomatlari va ularni tekshirish usullari.
    I – juft – hidlov nervi.
    1-neyron va uning periferik o’simtasi burun shiliq qobig’ining yuqori bo’lmasida joylashgan. Bu hujayralar hidli moddalar ta’sirini bevosita qabul qilib, markaziy o’simtalar orqali bosh suyak bo’shlig’iga uzatadi. Bu hid sezish nervidir.
    2-neyron bosh miyadagi hid sezish piyozchasida joylashgan. Bu piyozchadan 2-neyron tomirchalari chiqib, hid sezish yo’lini tashkil etadi. Hid sezish yo’lidagi har xil bo’lmalarda asablar uzilib qolishi va natijada bu yo’l 3- 4-neyronli yo’l bo’lib qolishi mumkin va ular hid sezish markazigacha borib to’xtaydi. Hid sezish nervlari funksiyasini tekshirishda har xil hidli moddalar qo’llaniladi. Hid sezish funksiyasi buzilishida hidlarni sezish hissi yo’qolgani (anosmiya) yoki kamayib ketganini aniqlanadi (giposmiya). Patologiya holida kamdan kam kuzatiladi.
    II – juft - ko’ruv nervi- tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari.
    Ko’ruv analizatorining o’tkazgich yo’li to’rtta nevron zanjiridan iborat. I-II-III nevron hujayralari ko’z retinasi - to’r pardasida joylashgan. Birinchi nevron hujayralari ko’ruv hujayralari yoki ko’ruv tayoqchalari va kolbachalar esa uning markazida bo’ladi. Retinaning markazida sariq dog’da ko’plab kolbachalar bo’ladi, ular buyumlarni eng aniq ko’rish joyi hisoblanadi. Kolbachalar kunduzi ko’radigan va rangni sezadigan hujayralardir, tayoqchalar esa buyumlarni qorong’ida ko’rishga yordam beradi. Ko’ruv hujayralarning protoplpazmatik o’siqchalarida ko’ruv purpuri – rodopsin joylashgan bo’lib, yorug’lik ta’sirotini nerv impulsiga aylantirib beradi. Hosil bo’lgan nerv impulslari birinchi nevron aksoni orqali ikkinchi nevronga, ya’ni bipolyar hujayralarning dendritlariga o’tkaziladi. Ganglioz hujayra aksonlari yig’ilib, ko’ruv nervini hosil qiladi.
    Ko’ruv yo’llari miya oyoqchalarini tashqi tomonidan aylani bo’tib, yuqoriga ko’tariladi, miya moddasiga kiradi va ko’rish yostiqchasi do’ngi va oldingi ikki do’ng birlamchi markazda to’xtaydi yoki tashqi egri-bugri tanada to’xtaydi. Shu yerga ko’z pardalari ganglioz hujayralari aksoni tugaydi va ikkinchi neyrondan ko’rish yog’dusi deb ataladigan ko’rish tutami boshlanadi. Bu tutam ichki xaltaning orqa qismidan yo’nalib, miyaning gardon bo’lagida tugaydi. Tolalarning ana shu tugallangan joyi po’stloqli ko’rish analizatori hisoblanadi. Bu yerda ko’rish analizatori birinchi neyronda hosil bo’lgan nerv impulslarini nur va rang hissiyotlariga aylantirib beradi.
    Shunday qilib, ko’rish yo’llari, birlamchi ko’rish markazlari, grasiole tutami, po’stloq ko’rish zonalari qarama-qarshi tomondagi ko’zning xuddi shunday tarkiblari bilan o’zaro bog’liq.Yorug’ nur ta’sirida ko’z qorachig’I torayadi, qorong’ilikdan kengayadi. (qorachig’ning to’g’ridan to’g’ri reaksiyasi). Ammo bir tomondagi ko’zni yorug’likka tushirilsa, ikkinchi tomondagi ko’z qorachig’i ham torayadi (qorachiqning nurga hamkorlik reaksiyasi).

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152




    Download 2,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B osh miya nervlarining funksiyasi, shikastlanish alomatlari va ularni tekshirish usullari

    Download 2,44 Mb.