• (ganglion superius etinferius)
  • (truncus vagalis anterior)
  • 1. Miya qattiq pardasiga boruvchi shox (r. meningeus)
  • X juft, adashgan asab (n.vagus)




    Download 2,44 Mb.
    bet21/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    X juft, adashgan asab (n.vagus) aralash asab. Bu asab bosh miya asablari ichida eng uzuni bo’lib, uning tolalari odam organizmining ko’p sohasiga tarqalgan. Asab tarkibidagi harakatlantiruvchi tolalar ikki yoqlama o’zak, vegetativ tolalar uning dorsal o’zagi hujayralari aksonlaridan iborat. Sezuvchi tolalari ustki va pastki tugunlarda (ganglion superius etinferius) joylashgan sezuvchi neyronlarning markaziy o’siqlari yakka tutam o’zagida tugaydi. Ularning periferik o’siqlari bosh miya qattiq pardasiga, tashqi eshituv yo’li terisiga va ichki a’zolarga boradi. Adashgan asabning parasimpatik tolalari asabning ko’p qismini tashkil qilib bo’yin, ko’krak va qorin bo’shlig’i a’zolarini faoliyatini boshqaradi.
    Adashgan asab uzunchoq miyaning orqa yon egatidan bir nechta ildiz hosil qilib chiqadi. Ular o’zaro birikib bo’yinturuq teshigiga qarab yo’naladi. Teshikda va undan chiqqanidan keyin ustki va pastki tugunlarni hosil qiladi. Teshikdan chiqqanidan so’ng adashgan asab ichki bo’yinturuq vena va ichki uyqu arteriyasi o’rtasida pastga tomon yo’naladi. Ko’krak qafasining ustki aperturasi orqali u ko’krak bo’shlig’iga kiradi. Ko’krak qafasiga kirishda o’ng adashgan asab o’mrov osti arteriyasi va venasi o’rtasidan o’tadi. Chap adashgan asab umumiy uyqu va o’mrov osti arteriyalari o’rtasidan o’tib aorta ravog’ini oldiga yo’naladi. Keyin o’ng va chap asablar o’pka ildizi orqasidan o’tib, o’ng adashgan asab qizilo’ngachning orqa, chap asab oldingi yuzasiga o’tadi. Ular shoxlanib qizilo’ngach chigalini hosil qiladi. Bu chigaldan oldingi va orqa adashgan asab poyalari hosil bo’lib, qizilo’ngach bilan birga qorin bo’shlig’iga o’tadi. Oldingi poya (truncus vagalis anterior) me’daning oldingi yuzasida, orqa poya (truncus vagalis posterior) me’daning orqa yuzasida joylashadi.
    Adashgan asab juda katta sohaga tarqalgani uchun uni to’rt: bosh, bo’yin, ko’krak va qorin qismlariga bo’lib o’rganamiz.
    Adashgan asabning bosh qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
    1. Miya qattiq pardasiga boruvchi shox (r. meningeus) ustki tugundan boshlanib, orqa kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miya qattiq pardasini, ko’ndalang va ensa vena sinuslari devorini inasabatsiya qiladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   152




    Download 2,44 Mb.