• 3. Burun-kiprikli asab (n.nasociliaris)
  • 2-4 ta uzun kiprikli asablar (nn. Ciliares longi)
  • (nn.cilliares breves)
  • (r. Meningeus medius)
  • (pesanserinus minor)
  • Peshona asabi (n. frontalis)




    Download 2,44 Mb.
    bet16/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    2. Peshona asabi (n. frontalis) ko’z kosasining ustki devori ostida yotib ikki shoxga bo’linadi: a) Ko’z kosasining ustki asabi (n. Supra orbitalis) o’z nomidagi o’yma orqali chiqib medial va lateral shoxlarga bo’linadi. Bu asab peshona terisini inasabatsiya qiladi. b) g’altak usti asabi (n. Supra trochlearis) ko’z olmasining ustki qiyshiq mushagi ustidan o’tib, burun ildizi, peshonani pastki qismi, ustki qovoq, ko’zning medial burchagi terisini va kon’yunktivani inasabatsiya qiladi.
    3. Burun-kiprikli asab (n.nasociliaris) ko’zning medial to’Іri va ustki qiyshiq muskullari o’rtasidan yo’nalib quyidagi shoxlarga bo’linadi: a) oldingi va orqa g’alvirsimon asablar (nn. Ethmoidales anterior et posterior) g’alvir suyak katakchalari shilliq pardasiga. b) burun shoxlar (rr. nasalis) burun bo’shlig’i oldingi qismi shilliq pardasiga. v) 2-4 ta uzun kiprikli asablar (nn. Ciliares longi) oldinga tomon yo’nalib ko’z olmasining oqliq va tomirli pardasiga boradi. g) g’altak osti asabi (n. Infra trochlearis) ustki qiyshiq muskul ostidan o’tib ko’zni ichki burchagi va burun ildizi terisini inasabatsiya qiladi. d) qo’shuvchi shoxlar (r. communicans) sezuvchi tolalardan iborat bo’lib, kiprikli tugunga boradi.
    Kiprikli tugun (ganglion ciliare) parasimpatik asab tizimi tarkibiga kiradi. Undan chiqqan 15-20 ta kalta kiprikli asablar (nn.cilliares breves) ko’z olmasini sezuvchi va vegetativ inasabatsiya qiladi.
    Ustki jag’ asabi (n. maxillaris) uch shoxlik tugundan boshlanib, oldinga qarab yo’naladi va yumaloq teshik orqali qanot-tanglay chuqurchasiga chiqadi. Teshikka kirishdan oldin undan o’rta kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miyaning qattiq pardasini inasabatsiya qiluvchi (r. Meningeus medius) chiqadi. Qanot-tanglay chuqurchasida ustki jag’ asabidan quyidagi shoxlar chiqadi:
    1. Ko’z kosasining pastki asabi (n. infraorbitalis) ko’z kosasining pastki tirqishi orqali ko’z kosasiga kiradi. Ko’z kosasida o’z nomidagi egatda yotadi va shu nomli kanal orqali ustki jag’ning oldingi yuzasiga chiqadi. Bu yerda asab ko’p sonli mayda shoxlarga bo’linib, kichik g’oz panjasini (pesanserinus minor) hosil qiladi. Uning shoxlari pastki qovoq, burunning yon devori terisini, ustki jag’ tishlari, milki, burun bo’shlig’ini oldingi qismi shilliq pardasini inasabatsiya qiladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152




    Download 2,44 Mb.