|
II juft, ko’ruv asabi (n. opticus)
|
bet | 13/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э. II juft, ko’ruv asabi (n. opticus) to’r pardaning ko’r dog’ sohasida ganglioz hujayralarning aksonlari to’plamidan hosil bo’ladi. Asab tomirli va oqliq pardani teshib o’tib , ko’z kosasidan ko’ruv asabi kanali orqali kalla bo’shlig’iga chiqadi. Miya tubida ikki tomondan kelayotgan asablar bir-biriga yaqinlashib, o’zaro to’liq bo’lmagan kesishma (chiasmaopticum) hosil qilib ko’ruv traktiga o’tib ketadi.
YIII juft, dahliz-chig’anoq asabi (n. vestibulococlearis) sezuvchi asab. U eshituv va muvozanat a’zosidan kelayotgan sezuvchi tolalardan tuzilgan bo’lib, ikki qismdan iborat. Uning dahliz qismi asab hujayralari ichki eshituv yo’li tubidagi dahliz tugunida (ganglion vestibularàe) joylashgan. Ularning periferik o’siqlari ichki quloqning parda labirintida retseptorlar hosil qilib tugaydi. Markaziy o’simtalari esa rombsimon chuqurchada joylashgan vestibulyar o’zaklarga boradi.
Chig’anoq qismi (pars cochlearis) spiral kanalda joylashgan chig’anoq tuguni (ganglioncochleare) hujayralarining o’siqlaridan iborat. Ularning periferik o’siqlari spiral a’zoda tugasa, markaziy o’siqlari rombsimon chuqurchadagi chig’anoq o’zaklarida tugaydi. Asab miya asosidan ko’prikning orqasidan, yuz asabi ildizlaridan tashqariroqdan chiqadi. Keyin dahliz-chig’anoq asabi ichki eshituv yo’liga kiradi.
Harakatlantiruvchi bosh miya asablari
III juft, ko’zni harakatlantiruvchi asab (n. oculomotorius) tarkibida harakatlantiruvchi va vegetativ tolalari bor. Ular o’rta miyaning to’rt tepaligini yuqori tepachalari sohasida, Silviy suv yo’li tubida joylashgan harakatlantiruvchi va vegetativ (Yakubovich) o’zaklaridan boshlanadi. Juft yirik hujayrali somatik o’zak ko’z olmasi muskullarini inasabatsiya qiladi. Juft mayda hujayrali vegetativ (Yakubovich) o’zagi ko’z qorachig’ini toraytiruvchi mushagini inasabatsiya qiladi. Toq mayda hujayrali (Perlia) vegetativ o’zak kiprikli muskulni inasabatsiya qiladi. Ko’zni harakatlantiruvchi asab miya oyoqchalarining medial yuzasidan chiqadi.
U oldinga yo’nalib, ko’z kosasining yuqorigi tirqishi orqali ko’z kosasiga kiradi va ikki shoxga bo’linadi. Ustki shox (r. superior) sof harakatlantiruvchi bo’lib, ustki qovoqni ko’taruvchi mushak (m.levatorpalpebraesuperior) va ko’zning ustki to’g’ri mushagini (m.rectussuperior) inasabatsiya qiladi. Pastki shox (r. inferior) aralash. Uning harakat tolalari ko’zining pastki va medial to’g’ri muskullari (mm.rectusinferioretmedialis), hamda pastki qiyshiq mushakni (m.obliquusinferior) inasabatsiya qiladi. Vegetativ tolalari pastki shox tarkibida chiqib, chiqib kiprikli tugunga boradi.
|
| |