|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 10/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Qadimgi Gretsiya va Rim imperiyasi neyroxirurgiyasi qanday rivojlangan?
Qadimgi Osiyo hududida neyropatologiyaning rivojlanishining o’ziga xosligi nimada?
X-XVIII asrlar davomida Yevropa dalatlarida neyropatologiya qanday rivojlangan?
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach neyropatologiyaning rivojlanishi qanday kechgan?
3- Mavzu. Nerv sistemasini o‘rganish usullari
Reja:
Nerv hujayrasi, nerv tolasi, gliya, sinaps.
Bosh miya qon va orqa miya suyuqligi sirkulyasiyasi.
Kranial nervlar (12 juft ).
Nerv sistemasining uch bo‘lim (blok) faoliyati.
Tayanch so’z va iboralar: Nerv hujayrasi, nerv tolasi, gliya, sinaps,neyron,akson, dendrit, refleks, Astrotsitlar, Oligodendrotsitlar, Mikrogliya.
NERV SISTEMASINI O’RGANISH USULLARI
Nerv hujayrasi, nerv tolasi, gliya, sinaps.
Nerv to'qimasi nevronlar, nevrogliya va ularni qon bilan ta'minlovchi qon tomirlardan tashkil etgan. Nevron deb, nerv hujayrasi va uning o'siqlariga aytiladi. Bosh miya va orqa miyaning kulrang moddasi - nerv hujayrasi yig'indisidan iborat. Periferik nervlar ham bosh miya, orqa miya va nerv tugunlaridagi hujayralarning o'siqchalardan iborat.
Nevronlar - Nerv hujayrasi nerv to'qimasining asosiy strukturasi hisoblanadi. Mikroskopik tekshiruvda markaziy nerv sistemasida xilma-xil nevronlar borligini kuzatish mumkin. Ular bir-biridan avvalo hajmi va shakli jixatidan farq qiladi. Masalan, bosh miya oldingi markaziy pushtasining beshinchi qavatidagi hujayralar - piramidasimon (Besh hujayralari), orqa miyaning oldingi shohidagi hujayralar - yulduzsimon, orqa miya tugunidagi (ganglion spinale) hujayralar esa oval shaklga ega.
Nerv hujayralarining kattaligi har xil 4-6 mikrondan 120 mikrongacha boradi. Nerv hujayralarining katta yoki kichikligi undan chiquvchi nerv tolalarining uzunligiga va shu hujayralarni nerv bilan ta'minlaydigan maydon hajmiga bogʻliq.
Nerv to'qimasining hujayralari organizmdagi boshqa to'qimalarning hujayralaridan o'z o'siqchalari bilan farqlanadi. Nerv hujayralarining o'siqchalari ikki xil bo'ladi:
1. Kalta, sershox o'siqchalar (dendritlar). 2. Uzun oʻsiqcha (akson yoki neyron). Aksonlarning tuzilishiga qarab nerv hujayralari ikki to'rga bo'linadi.
Birinchi turdagi hujayra - katta va aksonlari uzun bo'lib (masalan, piramida yo'li, spinotalamik va gangliobulbar yo'llar), uzun nerv yo'llarini tashkil etadi.
Ikkinchi turdagi hujayralarning aksonlari kalta bo'lib, hujayradan uzoqlashmasdan turib tugallanadigan tolalarga bo'linadi. Bularga oraliq nevronlar deyiladi. Ularning funksiyasi impulslarni bir hujayradan ikkinchisiga o'tkazishdir.
Nerv tolasining tuzilishi va vazifalari - nerv tolasi nerv hujayralarining o'siqchasidir. Nerv tolasi nevrofibrillardan tuzilgan o'q silindrdan iborat bo'lib, nerv impulslarini o'tkazishda ishtirok etadi. Nerv sistemasining faoliyati har bir nevronning funksional holatiga bogʻliq.
Nevronlar qo'zg'aluvchan va o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Nerv yo'li, spinotalamik va gangliobulbar yoʻllar, uzun nerv yo'llarini tashkil etadi. Ikkinchi turdagi hujayralarning aksonlari kalta bo'lib, hujayradan uzoqlashmasdan turib tugallanadigan tolalarga bo'linadi. Bularga oraliq nevronlar deyiladi. Ularning funksiyasi impulslarni bir hujayradan ikkinchisiga o'tkazishdir.
|
| |