|
Bosh miya katta yarim sharlari
|
bet | 9/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Bosh miya katta yarim sharlari.
Bosh miya katta yarim sharlari (hemispheria cerebri) ikkita yarim shardan iborat bo’lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarim shar bir – biri bilan gorizantal plastinka, qadoqsimon tana orqali birikadi. Har bir yarim sharning miya qopqog’i, hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo’laklari va ikkita yon qorinchasi bo’ladi. Ikkita yarim shar bir – biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajraladi. Yarim sharlarning ustki yuzasida juda ko’p pushta va egatchalar bor. Bu egatchalar hosil bo’lishi haqida har xil nazariyalar mavjud. Har bir yarim sharning tashqi, ichki va pastki yuzasi bo’ladi.
Miya yarim sharlarining katta egatchalari uni beshta:
peshona;
tepa;
ensa;
chakka;
orolcha bo’laklariga ajratadi.
Silviyev egatchasi miya yarim sharlarining asosidan boshlanib, orqaga va biroz yuqoriga ko’tariladi, miya katta yarimsharlarining chakka bo’lagini boshhqalardan ajratadi.
Roland yoki markaziy egatcha miya yarimsharlarining yuqorigi chetidan, Silviyev egati tomon pastga qarab yo’nalgan bo’lib, katta yarim sharlarning peshona bo’lagini tepa bo’lagidan ajratadi. Shuningdek, ensa – tepa egatchasi katta miya yarim sharlarining orqa tomonida ko’ndalang yo’nalgan bo’lib, ensa bo’lagini tepa bo’lagidan ajratadi. Har qaysi bo’lakda mayda egatchalar bo’lib, ular pushtalar yordamida bir – biridan ajraladi. Katta miya yarim sharlarining orolcha bo’lagi Silviyev yorig’ining chuqurligida yotadi, peshona, tepa, chakka bo’laklari bilan o’ralgan bo’ladi.
Peshona bo’lagida to’rtta: oldingi markaziy, yuqorigi, o’rta va pastki pushtalar bo’ladi. Oldingi markaziy pushta Roland rgatining oldida joylashgan, qolgan uchtasi ko’ndalang joylashgan. Tepa bo’lagida uchta: orqa markaziy va ikkita ko’ndalang pushtalar ajratiladi. Chakka bo’lagining yon yuzasida uchta, pastki yuzasida esa ikkita pushta ajratiladi. Ensa bo’lagida uchta kichikroq pushta bo’ladi.
Odamzod har doim jarohat olgan. Hayot uchun kurash, urushlar odamlarning ko’p jaroxat olishi bilan kechgan. O’sha davrlardayoq bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish zarur bo’lgan. Zamonaviy neyroxirurgiya tibbiyot xirurgiya sohasining eng yosh bo’limlaridan biri bo’lib, u 100 yildan kam davr mobaynida rivojlandi. Uzoq yillar davomida asab tizimi xirurgiyasi umumiy xirurgiya ichida rivojlanib, yaqindan beri u alohida fan sifatida ajralib chiqdi. Neyroxirurgiya klinik tibbiyotning qisman yosh sohasidan bo’lib, u asosan, xirurgik usullar bilan davolanadigan asab tizimi kasalliklarini o’rganadi.
Neyroxirurgiyaning nazariy asosi-bu xirurgiya va nevrologiyadir. Neyroxirurgiya bizda faqat XX asrni ikkinchi yarim davri yillarida tashkil topdi. Lekin ilm-fanda yangi yo’nalish o’z-o’zidan paydo bo’lmasligi ma’lum. Arxeologik topilmalarga ko’ra, kalla suyagini yorish odamlar tomonidan 6-10 ming yil ilgari tosh va suyakdan yasalgan qurollar yordamida amalga oshirilgan.
Qadimgi dunyo hayvonlari va odamlarining skeletida olingan jarohat va uning davolanishining izlari topilgan. Bosh miya va kalla suyakning jarohatini tuzatishga intilish juda qadimga borib taqaladi.Avval tosh va suyakdan tayyorlangan tibbiy asboblar keyinchalik metalldan tayyorlanganlari bilan almashtirildi.
Ko’p tadqiqotchilar bosh suyagi trepanatsiyasi urf-odatlarga ko’ra o’tkazilgan deb hisoblaydilar. Lekin vaqt o’tgan sari bu operatsiyalar davolash maqsadida, ayniqsa jarohat olganda, tutqanoq va boshqalarda qo’llanganligi aniqlangan.
Quldorlik tizimida tibbiyotga oid birinchi qo’lyozmalar paydo bo’la boshlaydi. Misrda 1873 yilda topilgan taniqli Ebers papirusi (bizning eragacha 1550 yil) (uzunligi 20m, eni 30sm), bizning eragacha II ming yillikda tibbiyot haqida ma’lumot beradi.
E.Smit papirusida (miloddan avvalgi 1550 y.) umurtqa pog’onasi jarohatlari yoritilgan. Ushbu papirusda yozilishiga ko’ra, qadimgi misrliklar asab sistemasi kasalliklarining ko’pini bilishgan: bosh suyak jarohatlari, uning ayrim suyaklarining sinishi. Bunda ba’zi bir xollarda trepanatsiya qo’llangan.
Cherkovlarda maktablar paydo bo’ldi, ba’zi birlarida shifokorlikka o’qitila boshlandi. Qadimgi Hindiston va Yunonistonda markaziy va periferik asab sistemasi kasalliklari haqida ma’lumotga ega bo’lishgan, ular bosh miya jarohatida kraniotomiya, rinoplastikalarni qo’llashgan. Davolovchilarga juda yuqori talablar qo’yilgan.
Gippokrat, buyuk shifokor (miloddan avvalgi 460-377 y.), trepanatsiya qilayotganda xavfli joylarni aylanib o’tishni maslahat bergan, ularga chakka va chakka yuqorisi joylari kiritilgan. U meningit simptomlarini bilgan, chanoq ichki plastinkasining sinishi, bosh miyaning chayqalishini yozib qoldirgan.
Bosh miyaning chayqalishi deganda Gippokrat miya bosh suyagi urilganda miyaning «titrashi»ni tushungan. Gippokrat «Boshning yaralari to’g’risida» degan asarni yozgan deb hisoblanadi. Uning asarlarida bosh miyaning jarohatlari, miya bosh suyagi trepanatsiyasining texnikasi va boshga bog’lam qo’yish (Gippokrat qalpog’i) to’g’risida ma’lumotlar bor.
Gippokrat jarohat natijasida tutqanoq, umurtqa pog’onasi va orqa miya jarohatlari haqida ham yozgan. U bosh og’riganda, ko’rmay qolishda, tutqanoqda miya va bosh suyakni trepanatsiyasi o’tkazish kerakligini maslaxat beradi.
Qadimgi Aleksandriyada Erazistrat birinchi marta adabiyotga «miya» tushunchasini kiritadi va bosh miya tuzilishini ancha to’la yoritadi.
Rim imperiyasi shifokorlari tutqanoqni (Sels, miloddan avvalgi 25 yil milod 45 yil), meningitni va boshqa kasalliklarni yozib qoldirishgan. Galen (miloddan avval 31-210 y.) bosh miya anatomiyasini, bosh va orqa miya nervlarini mufassal o’rgangan. Sels va Galen davrlarida miya trepanatsiyasi, repozitsiyasi, singan suyaklarni olib tashlash uchun tibbiy asboblar ishlatilgan.
Feodalizm davrida Yevropa va Osiyoda tibbiyotning rivojlanishi sxolastika tufayli sekinlashdi. Lekin ushbu davrda gidrotsefaliya (xirurg Antil Vizantiyadan), tutqanoq (Seliy Avrelian), apopleksiya va soporoz holatlar (Aleksandr Trelesskiy) to’grisida asarlar paydo bo’la boshladi. Pavel Eginskiy (620-680 y.) bosh suyagini sinishini to’liq yoritib beradi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, O’rta Osiyolik tabiblar milodning IV yilida bosh miya chanog’ida murakkab operatsiyalar o’tkazishni bilishgan. Arxeologik qazilmalarda 15 asr ilgari yashagan ayolning bosh suyagi tepa qismida o’tkazilgan trepanatsiya qoldiqlari topilgan. Tepa suyagi qirg’oqlari bitib ketganligi operatsiyaning yaxshi natija berganligini ko’rsatadi.
Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida asab sistemasi kasalliklari, ayniqsa, tutqanoq, miya o’smalari, meningitlar, periferik asab sistemasi, bosh suyagi trepanatsiyasi haqida ma’lumotlar beradi.
Arab tabibi Abulqosim XI asrda bosh suyagini trepanatsiyasini o’tkazgan, shu jumladan botib sinishlarda ham.
Milan xirurgi Lanfrangi 1290 yilda miya chayqalishining ko’rinishlarini birinchi marta yoritib beradi. Buyuk fransuz jarrohi Gyui de Sholiak miya chanog’i suyaklarining sinishini davolashni, ayniqsa suyaklarning botib sinishidagi taktikani mufassal izohlab beradi. U miyaning bir qismini uning funksiyalariga ta’sir etmasdan olib tashlardi. Djovani Vigo XV asr oxirida bosh suyagi asosining sinishida quloqlardan qon oqishi uning asosiy belgilaridan biri ekanligini isbotlab berdi.
A.Pare miya chanog’i sinishlarining turlarini va operatsiyada qo’llaniladigan asboblarni; parda ichi gematomalarini, yiringlarini olib tashlashni yozib qoldiradi.
Parasels (1493-1541) miya yaralanganda uni davolash taktikasini izohladi.
XVII asrda Marchetti bosh suyagining miyaga botib sinishini muvaffaqiyatli operatsiya qilgandan so’ng bemorda gemiplegiya yo’qolishini isbotlagan.
1699 yilda Peyronik subdural abssessni olib tashlagandan so’ng bemorning tuzalishiga erishdi.
Kalla jarohatiga bag’ishlangan birinchi maxsus asar 1518 yilda Boloneda Djiakomo Berengorio tomonidan nashr qilingan, lekin unda bosh miya to’g’risida ma’lumotlar berilmagan edi.
Fallopiy bosh suyak shikastlanganda miya ichiga va lat yegan tomonga qarama-qarshi tomonda qon quyilishi mumkinligini aytib o’tgan. Nikollo Masso 1536 yilda bosh suyagini alebard bilan shikastlanishini yozgan. U nutqning buzilishi bilan kechgan. Suyak qolidiqlarini olib tashlashgandan so’ng nutq qayta tiklangan.
Bu davrda, ayniqsa urush paytida miya jarohatidan so’ng bosh suyagini trepanatsiya qilish keng qo’llanilgan.
XVIII asrda tibbiyotning rivojlanishiga fizika, ayniqsa optikaning rivojlanishi katta xissa qo’shdi. Miya anatomiyasi, fiziologiyasini o’rganish davom etdi (M.Malpigi, A.Levenguk, R.Dekart va boshqalar).
Valsalva (1666-1723) M.Malpigining shogirdi, miya jarohatini o’rganayotib, shuni ta’kidlaganki, miya jarohati natijasidagi falajlar jarohat olgan miya yarim shariga teskari bo’lgan tomonda bo’lar ekan.
XVIII asrda bir qator bosh miya kasalliklarini davolashga urinib ko’rildi. 1755 yilda Volprext miya o’smasida o’tkazilgan trepanatsiya haqida xabar beradi, lekin o’sma olib tashlanmaydi va bemor o’limi bilan yakunlanadi.
XVIII asrning buyuk yutuqlaridan biri bu yopiq miya shikastlanishining patogenezini va patomorfologiyasini o’rganish bo’ldi. Littre (1658-1726) bosh miya chayqalishini mufassal yoritib berdi.1677 yilda Buarel hamma jarohatlarni o’z ichiga olgan «miya chayqalishi» tashhisini qayta ko’rib chiqib, «miyaning lat yeyishi» tashxisini kiritdi. Jan Lui Pti birinchi marta miya chayqalishi va miya lat yeyishining farqlarini belgilab berdi. U miya jarohatining uch shaklini ajratdi (miya chayqalishi, miyaning lat yeyishi, miyaning ezilishi). 1774 yil Pti miya abssessini muvaffaqiyatli operatsiyasi haqida xabar beradi.
P.Pott 1760 yili miya shikastlanganda asosiy o’rinda bosh suyagining shikasti emas, balki miyaning shikastlanishi turishini ta’kidladi. Tesse (1741-1837) 1789 yili quloqdan qon oqishi o’rta miya chuqurchasining shikasti natijasida bo’lishini aytdi.
XVIII asr boshlarida miya ezilishini o’rganish bo’yicha izlanishlar o’tkazish ko’paydi. Bosh miyaning kompressiyasini o’rganish bilan A.Galler, Burgav, Gerold Van Svinten va boshqalar shug’ullandilar.
XIX asrning birinchi yarmida asab sistemasining morfologiyasini va fiziologiyasini o’rganish bo’yicha izlanishlar o’tkazildi (K.Burdax, L.Rolando, I.Reyl, V.Krauze, N.M.Yakubovich, F.Majandi, E.Dyubua-Raymon, M.G.Romberg, K.Rokitanskiy va boshqalar).
1807-1813 yillar urushlari bosh va orqa miya shikastlarini davolash usullarining muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz natijalarini taxlillovchi vosita bo’lib xizmat qildi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, ba’zi xirurglar (J.D.Larrey, 1766-1842 y.) miya chanog’i trepanatsiyasini o’tkazish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lsalar ham, asab sistemasining shikastlanishini o’rganish bu yillarda sekinlik bilan olib borildi. XVIII asrning ba’zi xirurglari trepanatsiyani hamma vaqt ham tibbiy ko’rsatmaga asosan qilmaganlar. Masalan, Tosh bir bemorni 60 kun kasalligi davomida 52 marta trepanatsiya qilgan, Stalpert boshqa bemorda 20 ta trepanatsiya o’tkazgan.
XVII-XIX asrlarda Rossiyada trepanatsiya tez-tez o’tkazilgan. A.Berdyanskiy (1678), S.Mixaylov (1679), M.Sheyn (1-744) trepanatsiya o’tkazishni yaxshi bilishgan. Trepanatsiya bosh suyagini va bosh miya shikastlanganda va miya, ichi gematomalarini olib tashlanganda qo’llanilgan. Imperator Petr I 1708 yili Rossiyada birinchi kasalxonalar tashkil qilayotganda bosh suyagida operatsiyalar o’tkazish uchun maxsus asboblar bilan ta’minlashni ko’zda tutgan. Miya chanog’i trepanatsiyasi xirurglar tayyorlash dasturiga kiritilgan edi.
Bosh miya xirurgiyasining yuqori darajada bo’lganligini miyasi ikki marta jarohat 1773 va 1790 yillarda olgan M.I.Kutuzovning davolash natijasi yaxshi samara berishi ham ko’rsatadi, uni Ye.O. Muxin davolagan (N.I.Pirogovning ustozi). Akad. X.X.Solomonning «Operativ-xirurgiyaga qo’llanma» asarida miya suyagidan qon oqayotganda vosk qo’llashni taklif qilgan. I.F.Bushning va X.X.Solomonning bir qator takliflari hozirgi kunda ham dolzarb hisoblanadi. Bosh miya shikastlanishidagi operatsiyalarni XIX asrda N.F.Arendt, Ye.O.Muxin, I.V.Buyalskiy, X.X.Solomonlar o’tkazishgan.
N.I.Pirogov asab sistemasi shikastlanishining ilmiy yo’nalishiga asos soldi. U simptomlarning klinik tasnifini taklif qildi. N.I.Pirogov shuni ta’kidladiki, miyaning shikastlanish simptomlari doimiy emas, o’zgaruvchan, bir-biri bilan bog’lanishi mumkin va bu tashhis qo’yishni ancha qiyinlashtiradi. U miya jarohatidagi ba’zi fazalarning rivojlanish ketma-ketligini ko’rsatdi, trepanatsiyaga ko’rsatmalar aniqladi va uni bemordagi shok ko’rinishlari o’tgandan so’ng o’tkazishni maslahat berdi. Lekin asab sistemasidagi operatsiyalar soni ko’p emas edi. Qrim urushi (1854-1856) davridagi 10ta trepanatsiyadan faqat 3tasi yaxshi natija berdi.
XIX asrning ikkinchi yarmida tibbiyot, ayniqsa terapiya va xirurgiya tez rivojlandi. 1895 yil Rentgenning rentgen nurlari to’g’risidagi axborotdan bir yil o’tgach, Nyu-Yorkli vrach Brizaud va Albert Lond birinchi marta miya chanog’ining rentgen suratini oldilar.
O’tgan asrning 80yillarida neyroxirurgiya asoslari alohida fan sifatida shakllana boshladi. Uning rivojlanishiga turtki bo’lib umumiy og’riqsizlantirish (1846), antiseptika (1867), hamda aseptika (1892) xizmat qildi. Bu asab sistemasida operatsiyalar o’tkazishni ancha kengaytirdi va o’limni kamayishiga olib keldi.
Neyroxirurgik operatsiyalarning ilmiy ishlab chiqish asoschisi bo’lib ingliz jarrohi V.Gorsley (1857-1916) hisoblanadi. Olmoniyada neyroxirurgiyaning rivojlanishi E.Bergmann (1836-1907), Fransiyada - J.L.Shampennera (1843-1913) bilan bog’liq.
Rossiyada XIX asrning ikkinchi yarimida Bosh va orqa miyaning yaralanishi va kontuziyalari o’rganiladi. 1867 yilda P.Brok va 1868 yilda K.Bush shikastlanishdan keyin tutqanoqning paydo bo’lishi miyadagi o’zgarishlarga bog’liq ekanligini aniqladilar.
Asab sistemasi jarrohligining rivojlanishiga asab sistemasining morfologiyasini va fiziologiyasini o’rganish, tashhis qo’yish usulini o’rganish, shikast yegan joyni o’rganish, asab sistemasining turli kasalliklarini sabab va patogenezini o’rganish, davolash va tashhislashning takomillashtirilishi sabab bo’ldi.
Viktor Gorsley 1886 yilda miyaning shikastlanish natijasida o’zgargan to’qimalarini olib tashlagani haqida xabar beradi. U birinchilar qatorida neyroxirurgiyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun nevropatologlar xirurglar bilan birga hamkorlikda ishlashlari zarurligini uqtirib o’tdi.
Olmoniyada E.Bergmann neyroxirurgiya bo’yicha birinchi qo’llanmani yozdi, bu asar ancha vaqtgacha jarrohlarning asosiy kitobi bo’lib qoldi. 1894 yilda T.Enend birinchi marta eshitish nervini o’smasini nevrinomasi bo’yicha operatsiya o’tkazdi.
XIX asrning 80yillarida ba’zi bir asab kasalliklarini jarrohlik yo’li bilan davolashni I.P.Merjeevskiy va L.A.Malinovskiy taqdim qilganlar. A.S.Tauber 1888 yilda «Bosh miya jarrohligi» birinchi o’quv qo’llanmasini nashr ettirdi. N.K.Lisenkov o’sha yili Rossiyada birinchi marta «Bosh miya topografiyasi va operativ xirurgiyasi» qo’llanmasini nashr ettirdi. A.S.Tauber va N.K.Lisenkov rus neyroxirurgiyasining asoschilari deb hisoblanishi kerak.
1896 yil 5 noyabrda shifokor K.V.Rixlinskiy miyaning peshona bo’lagiga qon quyilishi tashhisini qo’ygan. R.Raum miya ichi gematomasini muvaffaqiyatli olib tashlagandan so’ng, bemor sekin-asta tuzalib, unig eslash qobiliyati tiklangan, operatsiyagacha bo’lgan ruhiy xastaliklari yo’qolgan.
1885 yilda Amerika shifokori D.Korning tomonidan birinchi marta lyumbal punksiyasi qilingan. Lekin bu ma’lumot shifokorlar tomonidan e’tiborga olinmadi. 1891 yili tashxis qo’yish maqsadida lyumbal punksiyasi G.Kvinke tomonidan amalga oshirildi. Bu davrda lyumbal punksiyasini tatbiq etayotganlar va amalga oshirayotganlar - L.Lixteym, P.Fyurbringer.
I.F.Bush «Xirurgiyani o’qitishga qo’llanma» asarida «bosh suyagini teshish», qattiq miya qavatini ochish, subdural gematomani olish, botgan miya suyaklarini olib tashlashga doir operatsiyalarga ko’rsatmalar keltiradi.
1897 yilda V.M.Bexterev o’zining klinikasida dunyoda birinchi bo’lib operatsiya xonasi ochdi va ayrim operatsiyalarni L.M.Pussep bajardi.
1903 yilda Peterburgda psixonevrologiya instituti ochildi. Yirik rus nevropatologi va psixiatri Vladimir Mixaylovich Bexterev yaxshi ta’minlangan ilmiy-tekshirish va davolash tashkilotini nazarda tutgan edi, u tashkil etgan psixonevrologik institut aynan shunday tashkilot edi. Institut qoshida 1909 yilda xirurgik nevropatologiya kafedrasi va bo’limi tashkil qilindi, uni boshqarishni V.M.Bexterev o’zining shogirdi L.M.Pussepga topshirdi.
1914 yilda Sankt-Peterburgda Psixonevrologik institutda 200 o’ringa mo’ljallangan N.I.Pirogov nomidagi ixtisoslashtirilgan neyroxirurgik klinika tashkil etildi. 1914 yilda Vitebsk shahrida L.M.Pussepp tomonidan dunyoda birinchi ixtisoslashtirilgan xarbiy-neyroxirurgik gospital tashkil etildi.
Birinchi neyroxirurgik klinika Leningradda 1921 yilda R.R.Vreden nomidagi travmatologiya instituti bazasida A.L.Polenov tomonidan ochildi. A.L.Polenov, A.G.Molotkov va S.P.Fedorovlar 1926 yilda Leningradda ikkinchi yirik neyroxirurgik tashkiloti tashkil qilindi, keyinchalik 1948 yilda u A.L.Polenov nomidagi neyroxirurgiya institutiga aylantirildi. Bu institutda I.S.Babchin, V.M.Ugryumov, V.N.Shamov va boshqalar ishladilar.
30 yillardan boshlab Xarkov, Kiev, Rostov-Don, Moskva va boshqa shaharlarda neyroxirurgik klinikalar ochila boshladi.
Moskvada birinchi mustaqil neyroxirurgik klinikani 1929 yilda N.N.Burdenko Davlat rentgen instituti qoshida ochdi, 1932 yilda uning bazasida neyroxirurgiya instituti tashkil qilindi. Ko’p yillar davomida to 1946 yilgacha uning direktori N.N.Burdenko bo’ldi, uning vafotidan so’ng bu institut o’zining asoschisi nomini oldi.
Ukraina neyroxirurgiya xizmatini tashkil qilishda kievlik neyroxirurg L.A.Koreysha katta hissa qo’shdi. Kiev Psixonevrologiya institutida neyroxirurgiya bo’limi tashkil qilindi. 1945 yildan 1964 yilgacha Ukraina neyroxirurgiya xizmatini A.N.Arutyunov, 1964 yildan esa A.P.Romodanov boshqarib keldi. 1950 yili A.I.Arutyunov SSSRda uchinchi bo’lib neyroxirurgiya ilmiy-tekshirish institutini tashkil qildi.
A.I.Arutyunov Ukrainada neyroxirurgiya maktabini tashkil qildi. U quyidagi shogirdlarni tarbiyaladi: A.P.Romodanov, P.G.Tananayko, Ya.I.Faynzilberg, I.D.Virozub, Yu.A.Zozulya, G.A.Pedachenko, B.A.Pels va boshqalar.
1910 yildayoq L.N.Pussep Rossiyada birinchi xirurgik nevropatologiyasi kafedrasini boshqardi. 1922 yilda u Tartu universitetida nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasini tashkil qildi va boshqardi.
I.S.Babchin 1929 yildan A.L.Polenov bilan xamkorlikda ishlab, uning o’limidan so’ng 1947-1969 yillarda Leningrad vrachlar malaka oshirish institutida neyroxirurgiya kafedrasini boshqardi. Undan estafetani A.G.Zemskaya, so’ngra N.P.Ryabuxa oldi.
Moskvada neyroxirurgiya bo’yicha ma’ruzalarni N.N.Burdenko, V.V.Lebedenko, Xarkovda V.N.Shamov, Ya.M.Pavlonskiylar o’qidilar.
Rossiyaning bir qator shaharlarida, Kavkaz orti respublikalarida, Markaziy Osiyoda neyroxirurgiya xizmatiga Ulug’ Vatan urushi yillarida asos solindi va 1971 yilda o’tkazilgan neyroxirurglarning I-s’yezdi neyroxirurgiyani tibbiyot institutlarining o’qitish dasturiga kirgizish to’g’risida qaror qabul qildi.
Katta o’quv yurtlarida neyroxirurgiya bo’yicha dotsentlik kurslari kiritildi. Xozirgi davr neyroxirurgiyasining rivojlanishiga Markaziy Vrachlar malakasini oshirish institutining neyroxirurgiya kafedrasi mudirlari katta hissa qo’shdilar: N.N.Burdenko, A.A.Arendt, A.I.Arutyunov, K.Ya.Ogleznev, A.A.Artaryan, Boltiq bo’yi respublikalari: L.A.Klumbis, E.A.Kaasik, O’rta Osiyo respublikalarida M.X.Kariev, S.D.Madyarov, A.S.Mirsadikov (O’zbekiston), S.K.Akshulakov, J.M.Ermekov (Qozog’iston), M.M.Mamitov (Qirg’iziston), I.I.Lipatsev, Z.P.Xodjaev (Tojikiston), S.S.Oganesyan, S.G.Zograbyan (Armeniya), Ye.I.Babichenko, L.Ya.Livshis, Yu.N.Savchenko (Rossiya) va boshqalar.
Neyroxirurgiyaning fan sifatida shakllanishi N.N.Burdenko nomi bilan bog’liqdir. Aynan uning qo’l ostida, uning o’zi tashkil qilgan SSSR neyroxirurgiyasi va neyroxirurgiya instituti shakllandi.
N.N.Burdenkoning fikriga ko’ra, institut kompleks tashkilot sifatida tashkil qilindi, bunda neyroxirurglar bilan birgalikda nevropatologlar, oftalmologlar, otolaringologlar, rentgenologlar, fiziologlar, morfologlar, psixologlar va boshqa mutaxassislik vakillari ishlashlari lozim edi. Komplekslik prinsipi akademik N.N.Burdenko va taniqli nevropatolog N.N.Burdenkoning muovini V.V.Kramer tomonidan taklif qilingan.
N.N.Burdenko institutni ko’p yillar mobaynida boshqarish bilan birgalikda, bir qator iqtidorli shogirdlarni, ajoyib neyroxirurglarni tarbiyaladi, ular esa olgan bilimlarini boshqa neyroxirurglarga berib bordilar.
Nikolay Nilovich Burdenko institut tashkil qilish davrida institutda ishlash uchun bir qancha taniqli mutaxassislarni taklif qildi- taniqli nevropatologlar.
Bu yerda shuningdek ajoyib neyroxirurglar B.G.Yegorov, A.A.Arendt, B.N.Klosovskiy, S.S.Bryusova, A.A.Koreysha, K.G.Terian, M.G.Ignatov, A.A.Shlыkov, A.F.Lepukaln, V.V.Lebedenko, I.M.Grigorovskiy, R.S.Rayxman, V.M.Ugryumov, I.M.Irger, A.I.Arutyunov, S.G.Zograbyan, N.D.Leybzon, N.M.Volinkin, A.N. Konovalov, F.A.Serbinenko, K.Ya.Ogleznev, A.A.Artaryan va boshqalar faoliyat ko’rsatishgan.
Akademik N.N.Burdenkoning fikri - markaziy asab tizimi kasalliklarini diagnostika usullarini ishlab chiqishda turli yo’nalishdagi ko’zga ko’rinarli mutaxassislarning birga faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydigan kompleks muassasa tuzish - mutloq o’z-o’zini oqladi. Haqiqatdan ham, markaziy asab tizimi o’smalari, uning yallig’lanish kasalliklari, epilepsiya, og’riq sindromlarii, vegetativ va periferik asab tizimi kasalliklarining diagnostikasi va ularni davolashning murakkab muammolarini yechish faqat turli sohadagi iqtidorli olimlar qo’lidan kelar edi.
1937 yilda N.N.Burdenko taklifi bilan dunyoda birinchi bo’lib maxsus jurnal «Voprosi neyroxirurgii» chiqish boshladi.
Akademik N.N.Burdenko nomli Moskva neyroxirurgiya instituti tashkil topganining birinchi kunlaridanoq ittifoqdosh respublikalar va chet davlatlar, hamda rivojlanayotgan mamlakatlar uchun neyroxirurglar, nevropatologlar va boshqa mutaxassislar tayyorlash maktabiga aylandi. Men katta zavq bilan ushbu institutda o’sha davrlarda ta’lim olgan va ishlagan vaqtlarimni yodga olaman.
Hozirgi vaqtda bizning mamlakatimizda O’zbekistonda neyroxirurgik bo’limi bo’lmagan viloyat yo’qdir. Fanning bu sohasi qizg’in rivojlanmoqda, ayniqsa, oxirgi yillarda. Shu munosabat bilan neyroxirurglar aralashmog’i lozim bo’lgan kasalliklar doirasi tobora kengayib bormoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, neyroxirurglar ilgari faqat o’tkir jarohat va asab tizimining kechki asoratlarini, bosh va orqa miya o’smalarini davolashga harakat qilar edilar. Hozirgi vaqtda markaziy va periferik asab tizimi o’smalari, o’tkir bosh miya jarohati va uning asoratlari, orqa miya va umurtqa pog’onasining og’ir jarohatlari, miya insultlari, bosh va orqa miya tomirlarining anevrizmasi, asab tizimining tug’ma nuqsonlari, epilepsiya, parkinsonizm, oddiy davolashga bo’ysunmaydigan og’riq va boshqa kasalliklar muvaffaqiyatli davolanmoqda. Neyroxirurglar davolaydigan barcha kasalliklarni sanab o’tish mumkin emas, ular hozir juda ko’pchilikni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda maxsus neyroxirurgiya yordamini ko’rsata olmaydigan birorta ham viloyat yo’q.
Markaziy Osiyo halqlariga, jumladan O’zbekiston uchun ham, feodal-patriarxal mustamlaka tuzumi og’ir meros qoldirdi. 20-30 yillarga qadar Turkiston (hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo respublikalari va qisman Qozog’iston hududi) o’lkasida sog’liqni saqlashni tashkil qilish aholining muhtojligini mutlaqo qondira olmagan. Ko’p aholining hayotini olib ketuvchi epidemik va endemik kasalliklar juda ham keng tarqalgan edi. O’zbekistonda neyroxirurgiya umuman yo’q edi. Uning rivojlanishi Universitet ochilgandan so’ng madaniyat va fanning ko’tarilishi bilan chambarchas bog’liqdir. Respublikada boshqa tibbiy-biologik fanlar bilan bir qatorda, neyroxirurgiyaning shakllanishi va rivojlanishi, tarkibiga tibbiyot fakulteti kirgan Turkiston Davlat Universitetining tashkil qilinishi bilan uzviy bog’liqdir.
Toshkentda tibbiyot fakulteti ochilishi bilan asab kasalliklari kafedrasi ham tashkil topdi. Uni tashkil etgan va uning birinchi professori Mixail Alekseyevich Zaxarchenko bo’ldi. U kafedrada 1939 yilgacha faoliyat ko’rsatdi.
Kafedra va asab kasalliklari klinikasi tashkil qilingan davrdan boshlab, markaziy asab tizimi kasalliklari bor bemorlarni, shular qatorida neyroxirurgik bemorlarni tashxis qo’yish va davolash imkoniyati tug’ildi.
Markaziy asab tizimidagi birinchi operatsiyalarni M.A.Zaxarchenko qo’l ostida Ivan Ivanovich Orlov va Mixail Sergeevich Astrov Qizil yarim oy jamiyati xirurgik kasalxonasida amalga oshira boshladilar. Ular ayniqsa bosh va orqa miya o’smalari bo’yicha operatsiyalarni ko’p o’tkazar edi.
Ikkinchi jahon urishi vaqtida front orqasidagi O’zbekistonda yaradorlarni davolash uchun, tibbiy muassasalarning keng tarmoqlari tashkil qilingan edi. Temir yo’l chizig’idagi respublikaning hamma viloyatlarda va katta sanoat shaharlarida evakogospitallar ochilgan edi. Bular uchun eng yaxshi kasalxonalar, maktab va klublar, katta ma’muriy va boshqa binolar ajratilar edi. Gospitallarda ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislar: Toshkent va Samarqand tibbiy institutlari, vrachlar malakasini oshirish institutining professor, dotsent va assistentlari ishga yuborildi.
Front orti gospitallarining asosiy maqsadi yaradorlarni faol davolash va jangchilari qatorini maksimal to’ldirishdan iborat edi. Gospitallarning ikkilamchi maqsadi - bu nogironlarni mehnat faoliyatiga qaytarishdan iborat edi.
Bizning respublika hududida joylashgan evakogospitallarda, taniq vrachlar, Samarqandda S.M.Kirov nomidagi Harbiy tibbiy akademiya professorlari, Farg’onada I.M.Sechenov nomidagi Moskva Birinchi tibbiyot instituti professorlari va boshqalar ishlay boshladidar. Bular bilan bir qatorda O’zbekistonda yirik neyroxirurgik bo’limlar tashkil qilindi. Toshkentda bu bo’limlarni Toshkent tibbiyot institutining professori I.I.Orlov, Rostov-Dondan kelgan taniqli neyroxirurg P.O.Emdin boshqardi. Farg’onada neyroxirurgik xizmatni professor G.A.Rixter, Samarqandda esa doktor Yu.Ya.Kalujskiy boshqardilar.
1943 yilda professorlar I.I.Orlov, P.O.Emdin ishtirokida prof. L.Ya.Shargorodskiy tashabbusiga ko’ra asab kasalliklari klinikasida Osiyoda birinchi marta mustaqil neyroxirurgik operatsiya xonasini tashkil qildilar. Birinchi operatsiyalarni Ivan Ivanovich Orlov Toshkent evakogospitalida tashkil qildi. Ularda professorlar P.O.Emdin va I.I.Orlovlar bilan birga shogirdlari – dotsentlar Z.A.Semenixina va A.S.Umarovlar operatsiya qilardilar.
Bu gospital tarkibida ham va 1947 yilda travmatologiya va otropediya ilmiy-tekshirish institutiga qayta shakllantirilgan, u yerda neyroxirurgiya bo’limi bor edi. Bu bulimda P.O.Emdin, N.V.Pikover, I.N.Dimant, A.G.Tishin, A.A.Bukeyxanova-Beremjanova, M.M.Maqsudov, M.X.Qoriev, A.S.Mirsadiqov, R.L.Volkovalar faoliyat ko’rsatishgan.
Bu bo’lim urushdan keyingi vaqtlarda xarbiy jarohatlar asoratlarini davolash va ularni mehnat faoliyatiga qaytarish bilan shug’ullangan. Keyinchalik, 1952 y. dotsent A.G.Tishin Leningraddan kelganidan so’ng, bo’limda markaziy asab tizimi o’smalarini, uning yallig’lanish kasalligini, epilepsiyani, og’rik sindromlar va boshqalarning diagnostikasi va davolash muammolarini o’rganish yo’lga qo’yildi. 1961 yili A.G.Tishin tibbiyot fanlari doktori unvoniga dissertatsiya himoya qildi va professor lavozimida ishladi, 1966 yil nafaqaga ketdi. Lekin travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti qoshidagi ushbu bo’lim bir necha marta yopilib, professor A.G.Tishin ketganidan so’ng institutda A.S.Mirsodiqov ishladi, 1965 yili umuman yopildi va 1980 yildan boshlab neyroxirurgiya fanini pediatriya tibbiyot institutida o’qitib kelmoqda.
Asab kasalliklari kafedrasida I.I.Orlov va P.O.Emdin L.Ya.Shargorodskiy ishtirokida tashkil qilgan bo’limni 1963 yildan M.X.Qoriev boshqarib kelgan. Bu bo’lim 1965 yilda yopilgan.
1963 yili Samarqand viloyat kasalxonasi tarkibida neyroxirurgiya bo’limi (S.D.Madiyarov) tashkil qilindi. Madiyarov S.D. pensiyaga ketgandan kelin prof. F.A.Mamadaliev boshqardi. Bu bo’lim keyinchalik kengaytirildi va respublikaning janubiy rayonlaridagi muhtoj bemorlarga neyroxirurgik yordamni ko’rsata boshlagan.
1966 yil 26 aprel kuni Toshkent shahrida yer qimirlashi natijasida travmatologiya va ortopediya institutining binosi avariya holatida bo’lganligi sababli neyroxirurgiya bo’limi qisqartirilib, boshqa kasalxona ihtiyoriga o’tkazilgan. Keyinchalik bu bo’lim travmatologiya va ortopediya instituti tarkibidan chiqarilgan va yopilgan.
Neyroxirurgiya xizmatini uzoq vaqt yo’lga qo’yib bo’lmadi, lekin SSSR Sog’liqni Saqlash Vazirligining 1968 yil 8 avgustidagi №164 Buyrug’i «SSSR aholisiga neyrotravmatologik yordamni yaxshilash chorasi»da asosan katta o’zgarishlar belgilandi va O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan neyroxirurgik yordamni yaxshilashga qaratilgan ancha ishlar amalga oshirildi. Sog’liqni saqlash Vaziri buyrug’ini bajarish asosida yangi neyroxirurgiya bo’limlari tashkil qilindi.
O’sha 1968 yili Toshkentda respublikaning onkologiya va radiologiya ilmiy tekshirish institut tarkibida neyroxirurgiya bo’limi (M.X.Qoriev) tashkil qilindi. 1969 yili 17 shahar kasalxona tarkibida (A.S.Mirsodiqov), 1972 yili Andijon viloyat kasalxonasida esa (M.D.Do’smurodov) neyroxirurgiya bo’limlari tashkil topdi. Bu bo’limlarda mutaxassis neyroxirurglar respublika halqiga neyroxirurgiya bo’yicha bemorlarga kasallik tashhisini to’g’ri qo’yish va davolash ishlarini olib borganlar.
1968 yilda onkologiya va radiologiya ilmiy-tekshirish institutida bo’lim ochildi va unga boshliq qilib M.X.Qoriev tayinlandi. Keyinchalik, 1971 yilda M.X.Qoriev Toshkent qurilish bosh boshqarmasining Tibbiy sanitariya qismi bazasidagi travmatologiya va harbiy dala xirurgiyasi kafedrasining mudiri qilib tayinlanganidan so’ng, neyroxirurgik bo’limi kafedraning bir qismi sifatida u yerga ko’chib o’tdi.
Neyroxirurgiyaning rivojlanishida katta hodisa bo’lib talabalarni o’qitish uchun tibbiyot institutlarining o’quv dasturiga neyroxirurgiya fanining kiritilishi bo’ldi.
Travmatolgiya va xarbiy dala xirurgiyasi kafedrasidan neyroxirurgiya bo’limi kafedra bo’lib ajratildi. Ushbu bo’lim bazasida 1979 yilda neyroxirurgiya kafedrasi tashkil qilindi, unga kafedra mudiri etib M.X.Qoriev tayinlandi, assistentlar – tibbiyot fanlari nomzodlari Yu.F.Saburenko, G.A.Alixodjaeva, N.Z.Muxamedjanov, T.I.Azarova, D.Urunov, malakali tajribali mutaxassislar – K.Z.Imamnazarov, M.T.Zaidov, D.G.Ganiev va boshqalar edi.
1983 yilning yanvarida kafedra bazasida maxsus ixtisoslashgan neyroxirurgiya kasalxonasi tashkil qilindi va uni boshqarish professor M.X.Qorievga yuklatildi. Respublika neyroxirurgiya kasalxonasini tashkil qilinganining birinchi kunidanoq u neyroxirurgik kadrlar tayyorlash bo’yicha ilmiy-tadqiqot va tashkil qilish markazi bo’lib xizmat qilmoqda va Toshkent shahrida, hamda sanitar aviatsiyasi bo’yicha Respublika viloyatlarida va qo’shni respublikalar – Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg’iziston hamda Afg’oniston, Dubay va boshqa viloyatlarida konsultativ yordam ko’rsatishda faol ishtirok etmoqda.
1986 yilda markaz bazasida neyroxirurglarning ilmiy jamiyati tashkil topdi va uning yig’ilishi 1 oyda 1 marta o’tkazila boshladi.
Bu neyroxirurgiya manzilgohlarida yuqori malakali mutaxassislar tomonidan bemorlarga kasallik tashhisini qo’yishida hozirgi zamon tekshirish usullarini qo’llamoqdalar va davolash muolajalarini o’z vaqtida o’tkazmoqdalar.
Respublikada neyroxirurgiyaning taraqqiy etishida Rossiyaning markaziy shaharlaridagi neyroxirurgiya ilmiy tekshirish institutlarining ilmiy va amaliy yordamlarini ahamiyatini inkor qilib bo’lmaydi. Respublikada ko’zga ko’ringan malakali neyroxirurglarning deyarli hammasi M.M. Maqsudov. M.X.Qoriev, A.S.Mirsodiqov, S. A. Mad’yarov, M.D. Do’smurodov. A.M.Mamadaliev, G.M.Qoriev va boshqalar. Rossiya va Ukraina neyroxirurgiya institutlarida B.G.Egorov, A.A.Arendt, I.S.Babchin, V.M.Ugryumov. A.A.Shlikov, A. N. Konovalov, A.P.Romodanov, G.A.Pedachenko, Yu.A.Zozulya va boshqa olimlarning ta’limini olganlar.
Keyinchalik birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning tashabbusi bilan Vazirlar Maxkamasining 31dekabr 1997 yil №583 Qaroriga va Sog’liqni saqlash vazirining 7 yanvar 1998 yil №4 buyrug’iga asosan Respublika Neyroxirurgiya kasalxonasi Respublika neyroxirurgiya ilmiy markaziga o’zgartirildi Sobiq SSSRda to’rtinchi bo’lib institut tashkil qilindi va direktor lavozimiga M.X.Qoriev tayinlandi. Yangi bino qurilishi rejalashtirilgan. Respublika neyroxirurgiya bo’limlariga yangi texnologiyalarni kiritish va neyroxirurgiyani rivojlantirish uchun aniq vazifalar belgilandi.
Neyroxirurgiya ilmiy markazida neyroxirurgik bemorlarni kompleks davolash ishlari olib boriladi. Ayni vaqtda bosh va orqa miya o’smalari, o’tkir bosh miya jarohati va uning asoratlari, umurtqa pog’onasi va orqa miya jarohatlari, shamollash kasalliklari va uning asoratlari, miya insultlari, bosh miya tomirlari anevrizmasi, parkinsonizm, markaziy asab tizimining tug’ma anomaliyalari, epilepsiya, diskogen radikulitlar, to’xtovsiz og’riqlar va boshqalar bo’yicha operatsiyalar o’tkazilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, barcha kerakli diagnostik manipulyatsiyalar va elektrofiziologik tekshirish usullari o’tkazilmoqda.
Hozirgi davrda O’zbekiston neyroxirurglari amalga oshirayotgan ishlarining miqyosi kattadir. Oxirgi yillarda neyroxirurgiya xizmatida katta o’zgarishlar yuz berdi, bo’limlarning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi. Neyroxirurgik kasalliklarning diagnostikasi ham klassik, ham eng yangi usullarni qo’llash yordamida olib borilmoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, diagnostik jarayonlar o’zgaradigan vaqt yetib keldi – bu xavfsizlik, og’riqsizlik, ular beradigan ma’lumotning ko’pligi va tezligidir. Neyroxirurgiyaning yutuqlari erta diagnostika, xirurgik davolash, parvarish va ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi uchun optimal sharoit yaratib bermoqda.
Respublikaning hamma meditsina institutlarida yuqori kurs talabalariga neyroxirurgiya fanini o’qitish boshlandi. Meditsina institutlarining tarkibida tashkil topgan neyroxirurgiya kafedralarini va kurslarini yuqori malakali mutaxassis professorlar boshqarmoqdalar. Respublikaning shahar va viloyat kasalxonalarida bemorlarga amaliy yordamni ko’rsatadigan malakali mutaxassislarni tayorlash asosan neyroxirurgiya markazida, meditsina institutlarining neyroxirurgiya kafedralarida va kurslarida olib borilmoqda.
Albatta, respublikada neyroxirurgiyaning yutuqlari ulkan, bu birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov boshchiligidadir. Biz yana ham yangi usullarni, asbob-uskunalarni kiritishga harakat qilishimiz lozim.
Bolalar neyropsixologiyasi bo’yicha ta'lim olish jarayonida, shifokor va talabalar kasalliklar va ularning fenotiplaridagi bir qator buzilsihlari bilan tanish bo'lishi kerak. Ko’pincha, bolalarning ta’lim olish va ijtimoiy-hissiy faoliyatiga ta’sir qila oladigan ko’plab boshqa shartlarga emas, aksincha kasallanishning yuqori buzilishlariga, yani ta'lim imkoniyati cheklangan qobiliyat va diqqatning defitsiti, giperfaollikka urg’u beriladi.
Baholashga va hodisalarni konseptualizatsiyaga neyropsixologik yondashuv o’z ichiga turlicha xulq sohalaridan axborotni oladi, ular funktsional nevrologik tizimlari bilan bog'liq deb hisoblanadi. Neyropsixologik baholashning asosiy dastlabki sharti shundaki, xatti-harakatning har xil turlari turli xil nevrologik tuzilmalarning o’zaro ta’siri yoki, funksional sistemalarning maxsus vazifalarni baholashda miyaning ishlash unumdorligi asosida kelgusida miyaning yaxlitligi haqida qilingan xulosalar hisoblanadi.
Barcha bolalar ta’lim olishga qodirdek tuyuladi, bu ular uchun umumiy ta'lim sinfida o’quv kunini katta qismi davomida, iloji boricha, bilim olishi uchun eng zo’r usul deb tuyuladi. Shu bilan birga, surunkali kasalliklar va nevrogenetik kasalliklar haqidagi ma’lumotdan ogohlikning oshishi mavjud bo’lib, ular ushbu kasalliklar bilan kasallangan bolalarning ta'lim natijalariga ta'sir qilishi mumkin. Ta'lim prognozida turli kasalliklarning ehtimoldagi asoratlari va holatlarini hisobga olgan holda, bu neyropsixologlar, bolalar psixologlari, maktab psixologlari va bolalar bilan ishlayotgan boshqa mutaxassislar uchun, bu kasalliklarning xarakteri va kechishi, reabilitatsiya uchun yo’nalsihlar, joylashuvi va sinf modifikatsiyasi haqida habardor bo’lish uchun muhimdir3.
O’zbekiston neyroxirurglari kelajakka umid va ishonch bilan qarayaptilar. Ularni o’z oldilariga halqimizga yuqori darajali va sifatli diagnostika va davolash yordam ko’rsatishini maqsad qilib qo’yishgan. Bu maqsadga erishish uchun zamonaviy asbob uskunlardan foydalanish davolash-reabilitatsiya bo’limlarini, ochish, hamda chet ellardagi rivojlangan neyroxirurgiya markazlari bilan hamkorlik qilishni rejalashtirishgan.
|
| |