|
Inson asab tizimining rivojlanishi
|
bet | 6/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Inson asab tizimining rivojlanishi
Bosh miya kelib chiqishi, tuzilish xususiyatlari va funksional ahamiyatiga ko’ra 2 qismga bo’lib o’ganiladi:
miya ustuni;
bosh miya katta yarim sharlari.
Miya ustuniga: uzunchoq miya, ortqi miya, o’rta miya va oraliq miya kiradi.
Uzunchoq miya (medulla oblangata) orqa miyaning uzviy davomi bo’lib, birinchi bo’yin umurtqasidan yuqoriroqda joylashadi va Varoliyev ko’prigiga ulanib ketadi. Orqa qismi orqa miya tuzilishiga o’xshaydi. Orqa miyadan oldingi va orqa, o’rta hamda yon qismlari bo’ylab o’tgan egatlar uzunchoq miyada davom etadi, ichida esa markaziy kanali joylashadi. Orqa miyada ventral va dorsal orqa miya nervlari chiqadi. Uzunchoq miyaning old va orqa tomonida joylashgan o’rta egat uni ikki pallaga ajratadi. Har ikkala palla esa o’z navbatida orqa tomonidan o’tgan yonbosh egatlar orqali tizimchalarga ajraladi. Uning ventral qismini olivalar, dorsal qismini miyachaning pastki yoki orqa oyoqchalari tashkil etadi. Olivalar tuxumsimon bo’lib, nerv hujayralaridan tashkil topgan. Ularning vazifasi tanani tik tutib turishdan iborat. U juda ko’p o’tkazuvchi yo’llar orqali miyachaga bog’langan bo’ladi. Miyacha oyoqchalari nerv tolalaridan iborat. Ular yuqoriga ko’tarilib, to’rtinchi qorincha pastki burchagining yonini chegaralaydi. Bu qism rombsimon chuqurlik deb nomlanadi. Uzunchoq miyaning yon ustunlaridan ketma – ket til osti – XII juft, qo’shimcha – XI juft, adashgan – X juft, til-tomoq – IX juft bosh miya nervlarining ildizi chiqadi. Uzunchoq miyaning dorsal tomonida orqa kesikning ikki yonida orqa miyadagi nozik, ponasimon to’dalarning davomi bo’lgan orqa ustuncha joylashgan. Orqa miyadagi kulrang modda uzunchoq miyada tarqoq holda joylashgan bo’lib, bu modaning kam qismi rombsimon chuqurchaning tubida bo’ladi. Uning ko’p qismi uzuznchoq miya yuzasida tarqalgan bo’lib, uzunchoq miya yadrolari deb nomlanadi. Agar uzunchoq miya shikastlansa, odam yoki hayvon o’ladi.
Orqa miya. Orqa miya umurtqa pog‘onasining uzunasiga ketgan kanalida joylashgan. U kattalarda 41–45 sm, yo‘g‘onligi 1–1,5 sm, og‘irligi 34–38 g ni tashkil qiladi. Orqa miya birinchi bo‘yin umurtqasining yuqori qismidan boshlanib, pastki qismi ikkinchi bel umurtqasining yuqori qismida tugallanadi. yangi tug‘ilgan bolalarda ikkinchi va uchinchi bel umurtqa segmentlarining o‘rtasida tugallanadi. Orqa miyada bo‘yin va bel kengligi bo‘lib, bu qo‘l va oyoqda asab tolalarining ko‘pligi natijasida paydo bo‘ladi. Orqa miya segmentlarga bo‘lingan. Segment deb – orqa miyaning ikki juft ildizlariga aytiladi. Orqa miya 31–32 juft segmentdan tuzilgan. bular: 8 ta bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza, 1–2 ta dum segmentlaridir. Orqa miyaning har bir segmentida 2 juftdan ildizlar bo‘lib, ularning oldingi jufti harakat ildizlari, orqadagi juftlari esa sezuvchi ildizlardir. Orqa miyaning ichki tuzilishini uning ko‘ndalang kesimida ko‘rish mumkin (3-rasm). bunda ko‘ndalang kesim markazida kapalaksimon shakldagi kulrang modda joylashgan, uning atrofi oq moddalardan iborat. Kulrang modda nerv hujayralari va uning aksonlaridan iborat. Orqa miyaning oldingi shoxida harakat hujayralari, orqa shoxida esa sezuvchi hujayralar, yon shoxlarida vegetativ nerv hujayralari joylashgan.
|
| |