Anomal rivojlanishning asosiy sabablari




Download 2,44 Mb.
bet4/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Anomal rivojlanishning asosiy sabablariilgari har qanday anomal holdagi bolalarni nasliylik deb hisoblashgan. Nasliylik qonuniyatlari haqida chuqur bilim bo’lmaganligi sababli, hatto sil, zahm, har turli ruhiy xastaliklar, alkogolizm va hakozolar nasldan-naslga o’tayotgan dard, ya’ni patologik davr deb baholashgan. Ba’zi mualliflar kar-soqovlik, aqli zaiflik kabi xastaliklar patologik nasliylik oqibati, deb ham yanglish fikrlar bildirishgan. Chunki, nasliylikka bog’liq bo’lgan kasalliklarni amaliy tekshirish usullari yo’q edi. Psixiatriya klinikada esa naslning buzilishi yoki degenerasiya degan nazariya ham bor edi. Bu nazariyaga ko’ra har qanday normal yashab kelayotgan oila yoki avlod ma’lum bir muddatdan so’ng buzila boshlaydi. Bunday aynishning belgisi – oilada nogiron, nimjon, epileptik, aqli zaif bolalarning tug’ilishi emish. Albatta, hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyoti bunday nazariyaga barham berdi. Hozirgi kunda nasliylik bilan bog’liq bo’lgan har turdagi xastaliklar juda chuqur o’rganilar va tahlil qilinadi. Zaxm, sil, surunkali alkogolizm va shunga o’xshash xastliklar nasliy deb hisoblanmaydi. Zaxm vas hunga o’xshash kasalliklar bilan og’rigan, lekin o’z vaqtida davolangan ota-onalardan tug’ilgan bolalarda zaxm alomati bo’lmasligi mumkin. Bunday bolalar qoni tarkibida zaxm paydo qiluvchi spiroxet mikroblari aniqlanmaydi. Alkogolik ota-onalarning bolalari hech qachon, albatta, alkogolik bo’lib qolmaydi. Lekin, ba’zi hollarda bunday bolalarda nimjonlik, biroz ruhiy sustlashuv va aqli zaiflik alomatlari bo’lishi mumkin. Bu alomatlar nasliylik alomati emas, balki ota-onalardagi zararli ta’sirlar natijasida homila rivojini birmuncha zaif va noqulay sharoitda kechganligi oqibatidir. Har bir ota-ona o’z xastaliklari yoki illatlarini homilaga juda erta yuqtirishlarini va bu holat tug’ilayotgan go’dak sog’lig’iga albatta ta’sir etishini yodda tutishlari lozim. Homilador ayollarning oziq-ovqat yoki har turli zararli gazlar bilan zararlanishi, lat yeyishi, ochlikda yurishi, homiladan qutilishi uchun qilgan keskin harakatlari (abort) homila bosh miyasining shikastlanishiga sabab bo’ladi. Tashqi muhitning ta’siri tufayli turli xil anomal rivoj topgan asab sistemasi o’rganish va tahlil qilish bilan birga, nasliylikka bog’liq bo’lgan ba’zi bir ichki omillar (endokrin)ni ham chuqurroq o’rganish lozim. Bu xususida nasliylik haqida ta’limotlarda nasliylik alomatlarini o’zida saqlab, avloddan avlodga o’tkazuvchi nuklein kislotalarining ahamiyatiga katta e’tibor berilmoqda (RNK, DNK – omillar).
Modda almashuvining nasliyligini har tomonlama o’rganish va tahlil qilish ham katta ahamiyatga ega bo’lgan fan sohasi bo’lib qolmoqda. Bu sohada olingan ma’lumotlar asab sistemasi patologiyasi xususiyatlarini ilmiy asosda o’rganish imkoniyatlarini yaratdi. Olimlardan D.S.Futev, B.N.Kolosovskiy va ularning izdoshlari chaqaloqlar va yosh bolalar asab sistemalari patologiyasi ustida ko’p ilmiy izlanishlar olib bordilar. Yosh bolalarda motorika, nutq va psixik buzilishlarga sabab bo’ladigan omillar qatoriga ona va homilaning qon tarkibi to’g’ri kelmasligi (rezus-faktori) toksoplazmoz va yadroviy sariqlikni kiritish mumkin.
L.Persianova ma’lumotlariga ko’ra, ona va homila qonidagi kislota va ishqor muvozanati buzilganda ham homila rivojida astidoz, kislorod tanqisligi holatlari paydo bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda, bolaning tug’ilishi jarayonida jarohatlanish, keyinchalik har turli miya kasalliklari va normal ovqatlana olmaslik holatlari paydo bo’ladi. Hozirgi kunda turli xildagi antibiotiklar, sifatli dori-darmonlar bilan miya kasalliklarini davolash imkoniyatlari yaratilgan. Albatta, bu borada xalqimizning madaniy salohiyati o’sib borayotganligi asosiy omildir. Shunga qaramay, bunday anomal holatlarni bartaraf qilish uchun kasallikni paydo bo’lish sabablari, profilaktika (oldiniolish) ishlarini bilish zarur. Masalan, embriogenez jarayonida zararli ta’sirlar tufayli anomal rivojlanishning mayib-majruhlikning shaklini ko’raylik. Mayib bo’lib tug’ilishi sabablari har turli. Bir tomondan, homilaga zararli ta’sirlar (infeksiyalar, intoksikasiya, jarohatlar) bo’lsa, ikkinchi tomondan ana shu zararli ta’sirlar ona organizmining qaysidir sistemasini kundan kun susayib, nasliylik omilini paydo qilishi mumkin. Natijada ikki qo’li yo’q yoki oyoqlari yo’q, bir qo’li yoki bir oyog’i kalta, qo’shaloq bo’lib (siam egizaklari) tug’ilish hollari uchrab turadi. Ba’zi hollarda bir tanada ikki boshli to’rt oyoqli, ammo qo’shaloq egizaklarning birisi juda nozik bo’lib tug’ilishi ham klinikada kuzatilgan.
Chaqaloqlarda asab tizimi kasalliklari bolaning ona qornida rivojlanish davrida, tug‘ilish jarayonida bosh miyasida o‘zgarishlar bo'ladi. Bular bolani bosh miya falajligi, oligofreniya, mikrosefaliya, epilepsiya kasalligiga olib keladi. Chaqaloqni tekshirganda uning umumiy ahvoliga e’tibor berish kerak. Hushida bo‘lmasa, bola ko'zini yumib, ingrab yotadi. Ahvoli og‘ir bo‘lsa ko‘ruv, eshituv, taktil ta’sirlarga javob bermaydi. Bunda tana mushaklari tonusi pasaygan, reflekslar susaygan yoki yo'qolgan bo‘ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda mushaklar tonusi baland bo‘ladi. Bola qo'llari bilan oyoqlarini tanasiga tortib, boshini orqaga egib yotadi. Bolaning katta liqildog‘i odatda kattalashgan, biroz tarang bo'ladi. Boshda gipertenziya belgilari bo‘lsa, choklar ochilgan bo‘ladi, bola chinqirab, boshini orqaga qaratib tirishadi. Emgan sutini qaytarib tashlaydi, klonik-tonik talvasa xurujlari bo'ladi. Grefe belgisi-bosh harakatlari vaqtida ustki qovoq, ko‘z qorachiqlarini bekitib turmaydi.
Chaqaloqlar birinchi yilida bo’ladigan tug‘ma reflekslar:
1. Oral reflekslar so'rish, qidirish, og‘iz-bosh reflekslaridan iborat:
a) So‘rish refleksi yo‘qligi yoki zaifligi bosh miyaning qattiq jarohatlanishini ko'rsatadi;
b) qidirish refleksni tekshirish uchun bolaning pastki labining tashqi burchagiga qo‘l tekkizilganda uning lablari ta’sir berilayotgan tomonga qarab cho'ziladi. Bemor bolada bu reflekslar zaiflashadi;
v) qo‘l kaftlarining terisi ta’sirlanganda chaqaloqning lablari bilan boshi ta’sirlanayotgan kaft tomonga qarab cho‘ziladi (boshi biroz oldinga egiladi). Oral reflekslarining zaiflashuvi miya ustuni zararlanganidan darak beradi. Shu bilan birga oral reflekslarining faol bo‘lishi bolaning ikki yoshida, sog'lom bolada bu refleks yo‘qolib ketadigan davrda, ular yorqin namoyon bo'ladi. Bu esa bosh miya yarim sharlarining jarohatlanishini bildiradi.
2. Himoya refleksi (Robinson refleksi): bola qomi bilan yotqizib qo'yiladi, nafas olish uchin boshini buradi. Bosh miya jarohatlangan bo‘lsa, bu refleks susaygan yoki yo'qolgan bo‘ladi.
3. Emaklash refleksi: qorni bilan yotqizib qo'yilgan bolani oyoq kaftlariga bosib ko‘rilsa, u emaklashga harakat qiladi. Agar miya kasallangan bo'lsa, bu refleks zaif bo'ladi yoki bo'lmaydi.
4. Chaqaloqning tayanish refleksi: bolani qo‘ltiqlari tagidan ushlab turilsa, tayanib oladi. Bolaning dastlabki 3 oyida sog‘lom bolalar oyog'ining kaftiga tayanib turadi. 3—4 oylik davrida qisqa muddat oyoq uchlariga tayanib turadi. Agar asab tizimi zararlangan bo'lsa, bola oyoqlarini bukib, tutib turilgan qo'llarga osilib oladi yoki 4— 5 oylik davrida oyoqlar uchiga tayanadi. Oyoq mushaklari, sonning yozuvchi mushaklarida tonus oshgan bo'ladi, oyoqlarini chalishtirib oladi.
5. Chaqaloqlaming qadam qo'yish harakatlari: Bolani qo‘ltiqlaridan ushlab oldinga harakatlantirilsa, u qadam tashlash harakatlarini qila boshlaydi. Bu harakatlarni orqa miya nazorat qiladi.

  1. Kaft-og‘iz refleksi (Babkin refleksi): chaqaloq kaftni barmoq bilan bosganda chaqaloq og'zini ochadi va boshini biroz oldinga egadi. Bu refleks 2 oydan keyin yo'qoladi.

  2. Ushlash refleksi: bolaning kaftiga barmoqni yoki biron narsani bosganda darrov mahkam ushlay oladi va uni qo‘yib yubormaydi. Qo‘l panjasining mushaklari kuchsiz bo‘Isa (parez), u narsani ushlab olmaydi yoki butunlay ushlamaydi. Bu ref­leks 3—4 oygacha davom etadi.

8. Perez refleksi: chaqaloqni yuzini pastga qilib yotqiziladi va ko‘rsatkich barmoq bilan dumg'aza umurtqa pog‘onasidan bo‘yin umurtqa pog‘onasigacha silansa, chaqaloq chinqirab, boshini ko'tarib harakat qiladi, tanasi va qo‘l-oyoqlarini bukadi. Agar bu refleks boflmasa yoki sust bo‘lsa, bosh miyada qon quyilish alomatlari borligidan darak bera- di. Bu refleks 3—4 oygacha davom etadi.
9. More refleksi: chaqaloq yotgan holatda uning bosh qismidan 15 sm uzoqda qattiq urilganda u qo‘l va oyoqla- rini yozadi — birinchi faza, bir necha daqiqadan so‘ng oldingi holatga qay- tadi, bu ikkinchi faza. Agar chaqaloq qo‘l-oyoqlarini yozib, o‘z holiga kelishi sekin bo‘lsa yoki butunlay bo‘lmasa, chaqaloqning bosh miyasiga qon quyilish alomatlaridan biri gemiparez bo‘ladi. Bu refleks 4—5 oygacha davom etadi.
10. Galant refleksi: chaqaloqning umurtqa pog'onasi yuzasi bo'yicha silansa, u ta’sir qilgan tomonga egiladi, qo‘l va oyoqlar bo‘g‘imlardan yozila bosh­laydi. Bu refleks 3—4 oygacha davom etadi.
11. Bauer refleksi: chaqaloqni qomi bilan yotqizilib, oyoq panjasiga sekinlik bilan qo‘l bilan bosganda, u oldinga harakat qila boshlaydi. Bu refleks 4 oygacha davom etadi.
12. Xartum refleksi: bolaning labiga barmoq tekkizilganda labdagi mushaklar qisqara boshlaydi. Bu refleks 2—3 oygacha davom etadi.

  1. Agar chaqaloqning bosh miyasida zararlanish alomatlari bo‘lsa, spastik tetra yoki gemiparez, kalla bosh miya nervlarining zararlanishi, qaltirash belgilaridan tashqari qidirish refleksining asimmetriyasi, so‘rish, xartum reflekslarining yo'qolishi kuzatiladi.

  2. Agar chaqaloqning orqa miyasi bo‘yin qismida zararlanish bo‘lsa, unda qo‘llarda bo‘shashgan para yoki monoparez bilan birga kaft-og‘iz, ushlash, Robinson, Moro va himoya reflekslari birinchi navbatda kamayadi yoki yo‘qoladi.

  3. Agar chaqaloqning orqa miya bel yo‘g‘onligida zararlanish bo‘lsa, pastki bo'shashgan para yoki monoparez bilan birga tayanch, avtomatik yurish, Perez, Bauer reflekslari yo‘qoladi.


Download 2,44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Download 2,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Anomal rivojlanishning asosiy sabablari

Download 2,44 Mb.