• Motor va sensomotor funksiyalarni ishlab chiqish. Miyacha (cerebellum)
  • Ortqi miya (metencephalon)




    Download 2,44 Mb.
    bet7/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Ortqi miya (metencephalon) ga Varoliyev ko’prigi (pons varoli) va miyacha (cerbellum) kiradi. Varoliyev ko’prigi uzunchoq miyaning davomi bo’lib, ventral yuzasi qavariq, pastdan uzunchoq miya, yuqoridan o’rta miya bilan chegaralangan. Ko’prikning dorzal yuzasi to’rtinchi qorinchaga qaragan bo’ladi. Uzunchoq miya kabi Varoliyev ko’prigi ham oq vq kulrang moddalardan tuzilgan. Ko’prikning kulrang moddasida V – VII juft bosh miya nervlarining tanasi va ko’prikning xususiy tanasi joylashgan. Ko’prikni uzunchoq miyadan ajratuvchi chuqurlikdan VIII juft eshituv, VII juft yuz, VI juft uzoqlashtiruvchi bosh miya nervari chiqadi. Ko’prik asosan ko’tariluvchi va tushuvchi o’tkazuvchi yo’llardan tashkil topgan. Tushuvchi yo’llar piramidasimon to’dadan, chiquvchi yo’l medial qovuzloqdan iborat. Ko’prikning ko’ndalang tolalari miyachaning o’rta oyog’ini hosil qilib, ko’prikni miyacha bilan bog’laydi.

    Motor va sensomotor funksiyalarni ishlab chiqish.
    Miyacha (cerebellum) o’ng va chap yarim sharlardan iborat bo’lib, ular chuvalchangsimon qism bilan birikkan. Miyacha bosh miya yarim sharlari bilan parallel rivojlanadi. U odamda yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Miyacha kalla ichki asosining pastki ensa chuqurligida, katta miya yarim sharlari ensa qismining tagida joylashgan bo’lib, vazni 150 g. Miyachaning yuzasida yoysimon egat va pushtalar bo’lib, egatlar miyachani bo’laklirga ajratadi. Miyachaning 3 juft: yuqorigi, o’rta va pastki oyoqchasi bo’ladi. Yuqorigi oyoqchasi miyachani to’rt tepalik va miya yarim sharlari bilan, o’rta oyoqchasi ko’prik bilan, pastki oyoqchasi uzunchoq miya va orqa miya bilan bog’laydi. Agar miyacha kesilsa, uning ustki qismi yupqa kulrang moddadan tuzilganligi va 2 qavat (donachali va yulduzchali) hujayralari ko’rinadi.
    Kulrang modda tagida oq modda joylashgan, uning nerv tolalari daraxt bargining tomirlari kabi tarqalgan. U hayot daraxti deb ataladi. Oq modda orasida to’rt juft tana – tarqoq holdagi kulrang modda uchraydi.
    Miyachaga bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining peshona, ensa va chakka bo’limlaridan nerv tolalari kiradi. Miyacha tanadagi retseptorlardan daxliz nervi tanasidan, bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’idan impulslar qabul qiladi va ba’zi muskullar koordinatsiyasida hamda muskullar tarangligini saqlashda ishtirok etadi. Keyingi tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, miyachada muhim vegetativ nerv markazlari joylashgan.

    Download 2,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   152




    Download 2,44 Mb.