Nerv tolasining tuzilishi va vazifalari




Download 2,44 Mb.
bet11/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Nerv tolasining tuzilishi va vazifalari - Nerv tolasi nerv hujayralarining o'siqchasidir. Nerv tolasi nevrofibrillardan tuzilgan o'q silindrdan iborat bo'lib, nerv impulslarini o'tkazishda ishtirok etadi. Nerv sistemasining faoliyati har bir nevronning funksional holatiga bogʻliq.
Nevronlar qo'zg'aluvchan va o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Nerv hujayrasining dendritlari uning retseptor (qabul qiluvchi) qismi hisoblanadi. Retseptorlar tashqi va ichki taassurotlarni qabul qilib, nerv impulsiga aylantirib beradi. Impulslar o'z navbatida hujayra tomon yo'nalib, uni qoʻzgʻatadi. Qoʻzgʻalish natijasida qayta hosil bo'lgan nerv impulslari shu hujayraning aksonlariga o'tadi. Shunday qilib, hujayraning ichida hosil bo'luvchi impuls doimo dendritdan akson tomon yo'nalib turadi. Bunga dinamik polyarizatsiya qonuni deyiladi. Akson ikkinchi nevron dendriti va hujayra tanasi atrofida juda ko'p tarmogʻichalarga bo'linadi. Sinaps deb ataluvchi murakkab tuzilmalar yordamida impuls birinchi nevronning aksoni orqali ikkinchi nevron dendritiga o'tadi. Nerv impulslarining normal yo'nalib turishi uchun nerv tolalarining butunligi. ya'ni uzilgan bo'lmasligi asosiy shartlardan biri hisoblanadi;
- Sinapslarning tuzilishi - Markaziy va periferik nerv sistemasining neyronlararo tuzilma har xil bo'ladi. Sinaps yordamida impulslarni qabul qilganidan so'ng, bu impulslar dinamik polyarizatsiya qonuniga muvofiq dendritdan aksonga o'tadi. Nihoyat, ular akson orqali ishchi organga yetib keladi.
Aksonlar ishchi organlarda ham sinapslar hosil qilib tugallanadi. Akson biror sabab bilan zararlanishi natijasida hujayrasidan ajralib qolsa, u nobud bo'ladi. Bunga nerv tolasining Valler degeneratsiyasi deyiladi. Bunda aksonning bilan bog'langan (zararlanmagan) qismi nobud bo'lmay, aksincha u o'sa boshlaydi va muyaan bir muddat o'tgandan keyin ishchi organga yetib boradi. Bu hodisa nervlanish regeneratsiyasi deb ataladi.
Nobud bo'lgan nerv hujayrasining o'rniga yangi hujayralarda bo'ladi, chunki nerv hujayralari organizmning boshqa hujayralari kabi boʻlinish yo'li bilan ko'paymaydi.
Nevrogliya - markaziy nerv sistemasida biriktiruvchi to'qima vazifasini bajaradi. Nevrogliya deb atalishining sababi ham shunda (gliya so'zining asl ma'nosi yelim demakdir). Nevrogliya asosan uch toifadagi hujayralardan iborat: Astrotsitlar, Oligodendrotsitlar, Mikrogliya.
Nevrogliyaning funksiyasi. Astrotsit va oligodendrgliotsitlar tayanch, nerv hujayralarini oziq moddalar bilan ta'minlash va barer (to'siq.) funksiyasini bajaradi.

Download 2,44 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   152




Download 2,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nerv tolasining tuzilishi va vazifalari

Download 2,44 Mb.