|
Bosh miya asablari, nerv hujayrasi
|
bet | 12/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Bosh miya asablari, nerv hujayrasi
Bosh miya insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadi, bizga mo’jizalar yaratish, oyda sayr qilish va adabiyot, musiqa va rang tasvir durdonalarini yaratish imkonini beradi. Inson miyasi – egiluvchan va uch funtdan iborat yog’li to’qima – telefon kommutatori yoki super kompyuter kabidir. Lekin miya ulardan ham murakkabroq tuzilgan, bu dalilni olimlar deyarli har kuni va har bir tadqiqotida tasdiqlamoqdalar. Miya imkoniyatlari darajasi aniq emas, lekin u butun tirik borliqning eng murakkab tuzilmasdir4.
Bosh miya asablari bosh miya asosidan chiquvchi 12 juft asabdan iborat. Ular tuzilishi jihatidan orqa miya asablaridan farq qiladi. Bu farq bosh miya hamda boshning taraqqiyotini tana va orqa miya taraqqiyotidan boshqacha bo’lishiga bog’liq.
Kranial nervlar.12 juft bosh miya asablarini bir nechta guruhga bo’linadi.
I guruhga uchta sezuvchi asablar: I juft -hidlov asabi, II juft-ko’ruv asabi, VIII juft-dahliz-chiІanoq asabi kiradi.
IIguruhga beshta harakatlantiruvchi asablar: III juft-ko’zni harakatlantiruvchi asab, IV juft-G’altak asabi, VI juft-uzoqlashtiruvchi asab, XI juft-qo’shimcha asab, XII juft-til osti asabi kiradi.
III guruhga to’rtta aralash asablar: V juft-uch shoxlik asab, VII juft-yuz asabi, IX juft-til yutqin va X juft-adashgan asab kiradi. Oxirgi guruh asablari tarkibida sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ tolalar bo’ladi, ammo asablarning bunday bo’linishi shartli ravishda, chunki har qanday harakatlantiruvchi asab tarkibida chuqur sezgi va vegetativ tolalar bo’ladi.
Bosh miya asablari orqa miya asablariga o’xshab orqa va oldingi ildizlar yig’indisidan iborat bo’lmay, faqat oldingi yoki orqa ildizlardan hosil bulgani uchun harakatlantiruvchi yoki sezuvchi asablar bo’ladi. Bundan tashqari bosh miya asablarining hech qaysisi boshqa biroviga o’xshamaydi.
12 juft bosh miya asablari taraqqiyotiga qarab bir necha guruhga bo’linadi. I-oldingi miyadan taraqqiy etuvchi I va II juft asablar. Ular bosh miya o’simtalari bo’lib, hidlov asabi hidlov miyasidan, ko’ruv asabi esa oraliq miyadan taraqqiy etadi.
II-bosh miotomlari bilan aloqada taraqqiy etuvchi (III, IV, VI juft) asablar. Bu asablar boshning oldingi uchta somitidan taraqqiy etgan ko’z olmasi mushaklarini inasabatsiya qiladi.
III-visseral ravoqlar asablari (V, VII, IX, X juft). Bu asablarning tugunlari bo’lib ularda sohta unipolyar hujayralar joylashgan. Ularning taraqqiyoti ortqi miya bilan bog’liq. Ularning tarkibida sezuvchi tolalardan tashqari harakatlantiruvchi tolalar ham bo’lib, visseral apparat mushaklarini inasabatsiya qiladi. Shuning uchun ularni visseral ravoqlar asablari deyiladi.
V juft I-visseral ravoq asabi. VII juft- II-visseral ravoq asabi. IX juft III-vasseral ravoq asabi. X juft IV va keyingi ravoqlar asabi. XI juft qo’shimcha asab o’z taraqqiyotida X juft asabdan ajrab chiqqani uchun shu guruhga kiritiladi. VIII juft asab taraqqiyoti davrida VII asabdan ajrab chiqqan sezuvchi asab hisoblanadi.
IV- 3-4 ta orqa miya asablarining qo’shilishidan hosil bo’ladigan XII juft- til osti asabi.
Sezuvchi bosh miya asablari
I juft, hidlov asabi (nn. olfactorius) burun bo’shlig’i hidlov sohasining shilliq pardasida joylashgan hidlov hujayralarining markaziy o’simtalaridan iborat. Ular 15-20 ta ingichka hidlov asablarini hosil qilib, g’alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasidan o’tib hidlov piyozchasida (bulbusplfactorii) tugaydi.
|
| |