|
Ko’rish sezgilarining xossalari
|
bet | 43/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Ko’rish sezgilarining xossalari.
Rangning toni (150 ga yaqin tuslari).
Ochiqlik (qora bilan oq rangda 200 gacha tus ajratiladi).
Rangning ravshanligi (600 ga yaqin).
Rangning quyuqligi (tonining yaqqolligi).
Ranglarni aralashib ketishi (turli uzunliklardagi yorug’lik nuri).
Ko’rish sezgisi jarayoni
Uch rangli nazariyasi:
1756- yilda M.V.Lomonosov asosiy qoidalarini bayon qilib bergan.
100 yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols uni to’la isbotlab bergan.
Ushbu nazariyaga binoan, to’r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element mavjuddir, ulardan birining qo’zg’alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi birining qo’zg’alishiyashil rangsezgisi va uchinchi birining qo’zg’alishi binafsharang sezgisini hosil qiladi. Nazariyaga ko’ra, yorug’lik to’lqinlari birdaniga uchta elementni bir xilda qo’zg’atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug’lik to’lqinlari ikki yoki uch elementga ta’sir qilsa-yu, ammo bu ta’sir bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlar har birining qanchalik qo’zg’alganligiga qarab, rang sezgilari har xil namoyon bo’ladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ranglarni sezish yolg’iz to’r pardasidagi jarayonlar bilangina emas, balki miya po’stlog’ida yuzaga keladigan boshqa jarayonlar bilan ham bog’liq ekanligi aniqlangan. Zamonaviy ma’lumotlarga binoan, tayoqchalarda ko’rish purpuri degan maxsus modda borligi isbotlangan. Ko’zga yorug’lik ta’sir etganda ko’rish purpuri kimyoviy yo’l bilan parchalanib, tarkibiy qismlarga bo’linadi va mazkur jarayon ko’rish nervini qo’zg’atib, yorug’lik sezgisi hosil qiladi, qorong’ilikda esa purpur o’z funksional holatini qayta tiklaydi.
D) Ko’rish sezgilarida yuz beradigan maxsus hodisalar:
Rang kontrast (kuchsizlanish tufayli).
Shapko’rlik.
Rang ajrata olmaslik (traxoma)-kunduzi va tunda
yuradigan hayvonlar shular jumlasidandir.
|
| |