|
Pedagogika instituti
|
bet | 44/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Eshitish sezgilari
Eshitish sezgilarining vazifasi tovushlarni eshitishdan iborat. Bular musiqa va turli-tuman shovqinlar bo’lishi mumkin. Odatda, tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonlar, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topganlaridir. Tonlardan biri asosiy ton hisoblanadi va tovush balandligini, kuchini belgilaydi, boshqalari qo’shiluvchi tovushlar sanalib, ular obertonlar deyiladi. Musiqa asboblaridan taralayotgan tovushlarning o’ziga xosligi fan tilida tembr deb ataladi. Hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) yoki shovqin tovushlardan (undosh tovushlar) tashkil topgan bo’ladi.
Eshitish sezgilari organi quloq bo’lib, tashqi quloq (quloq suprasi bilan eshituv yo’lidan iborat), o’rta quloq (nog’ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: bolg’acha, sandon va uzangidan tashkil topgan), ichki quloq (quloq labirinti o’zaro birlashgan uchta bo’lakdan tuzilgan). Tashqi quloq havo to’lqinlarini yig’uvchi karnay vazifasini bajaradi. Nog’ora parda va unga yopishgan suyakchalar havo to’lqinlarini ichki quloqqa uzatadi. O’rta quloq maxsus yo’l orqali og’iz va burun bo’shlig’i bilan tutashgan bo’ladi. Ichki quloqning yuqori qismi uchta yarim doira kanaldan, o’rta qismi kameradan va pastki qismi chig’anoqdan tashkil topgandir.
Ichki quloqning uchala bo’limi endolimfa nomli maxsus suyuqlikdan iboratdir. Ichki quloqning asosiy qismi chig’anoqdan iborat bo’lib, uning ichida kortiy organi mavjud, u gumbaz shakliga ega, asosida esa membrana joylashgan. Membrana uzunligi qisqarib boruvchi elastik tolalardan iborat bo’lib, ular tarang tortilgan turlarga o’xshaydi, uning yuqori qismida maxsus tayoqchasimon hujayralar mavjud va ular kortiy dugalari deb yuritiladi. Membrananing tolalari endolimfaga ingichka qillari bor maxsus hujayralar yordamida kortiy dugalari orqali miya katta yarimsnarlari po’stlog’ining bo’lagiga joylashgandir.
Eshitish sezgilarining fizik sabablari. Havo to’lqinlarining harakati tufayli tovush chiqaruvchi jismlar tebranganida eshitish sezgilari hosil bo’ladi. Agarda musiqaviy tovushlar havo to’lqinlarining tekis ritmik harakatlari natijasida vujudga kelsa, shovqinlar ularning notekis harakatlaridan tug’iladi.
|
| |