|
Anensefaliya (yunon. “au” – yo’q, “eukefalos” – bosh miya)
|
bet | 39/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Anensefaliya (yunon. “au” – yo’q, “eukefalos” – bosh miya) ona qornida homilaning rivojlanmay qolishi natijasida bosh miya katta yarim sharlarining, yumshoq to’qimalarining qisman yoki umuman yo’qolishidir. Bu kasallik yuqumli kasalliklar, zaxarli moddalar, alkogol, tashqi muhitning zararli ta’sirlari natijasida yuzaga keladi. Bu kasallikda ona qornidagi homilaning rivojlanishi ortda qolishi natijasida u 21 – 28 kunlik bo’lganida nerv naylari rivojlanishi buzilishi kuzatiladi. Bunday kasallik natijasida homilaning 50% i ona qornida nobud bo’ladi. Qolgan 50% chaqloqlar tirik tug’liadi va 66% chaqaloqlar bir necha soat yoki bir haftagacha yashashi mumkin. Anensefallar orasida eng ko’p umr ko’rgan Bebi Key nomi bilan mashxur Stefani Kin hisoblanadi. U bu diagnoz bilan 2 yilu 174 kun yashagan. Anensefalit alomatlari paydo bo’lganda homiladorlikni uning muddatidan qat’iy nazar to’xtatish talab qilinadi. Anensefaliya 10000 chaqaloqdan 1tasida kuzatiladi. Bu kasallik bilan asosan qiz bola chaqaloqlar kasallanadilar.
Bosh miyaning inson hayoti davomida orttirilgan kasalliklariga:
Spesifik va nospesifik yallig’lanishlar;
Shikastlardan keyin yuzaga keluvchi kasalliklar;
Meningit: sil miningiti va infeksion miningit;
Insult: ishemik insult va gemorrogik insult;
Altsgeymer sindromi;
Moyamoya kasalligi;
Shikastlar: ochiq va yopiq;
Bosh miyaga qon ketishi;
Bosh miyaning nevrologik kasalliklari;
O’smalar va boshqa turli kasalliklar kiradi.
– bosh va orqa miya qo’big’ining yallig’lanish kasalligidir. Yumshoq va to’rsimon qobiqning yallig’lanishi – leptomeningit va qattiq qobiqning yallig’lanishi – paximeningit farqlanadi. Meningit alohida kasallik sifatida ham, biror bir kasallikning asorati sifatida ham rivojlanishi mumkin. Bosh og’rig’i, yorug’likka nisbatan o’zgarishlar (fotofobiya), bolalarda esa ko’p uxlash va holsizlik kuzatiladi. Meningitni vaqtida davolamasklik oqibatida karlik, epilepsiya, gidrosefaliya, bolalarda aqliy zaiflik kabi asoratlarga olib kelishi mumkin.
|
| |