Muallif: I.E.Ravshanova Inklyuziv ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi Taqrizchilar




Download 2,44 Mb.
bet129/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Muallif: I.E.Ravshanova Inklyuziv ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar: X.Rahimova – QDPI, Pedagogika va
psixologiya fakulteti, Inklyuziv ta’lim kafedrasi
mudiri, p.f.b.f.d. (PhD).
Mazkur uslubiy ko‘rsatma Qo‘qon davlat pedagogika unistituti Kengashining 2023-yil ________________dagi 1-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.


KIRISH

Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda o‘qituvchining rahbarligi, nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadi ko‘zlanadi.


Mustaqil ishini tashkil etishda har bir talabaning bilim, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish darajasi va qobiliyati hisobga olinadi. Talabalarning mustaqil ishlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi: muayyan mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; berilgan mavzular bo‘yicha referat tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash; seminar mashg‘ulotlarini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish; o‘zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda muayyan mavzular mohiyatini yorituvchi maketlar, modellar, ijodiy ishlarni yaratish, ilmiy maqolalar, nashr ishlarida chop etilgan pedagogik mazmundagi maqolalar yuzasidan taqrizlar yozish, mualliflik dasturlari, ilmiy loyihalar, dars ishlanmalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning senariylarini tayyorlash.
Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalar uchun tegishli fan bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari mas’ul kafedra professori tomonidan o‘quv mashg‘ulotini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi bilan birgalikda tuzilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabalarga axborot manbasi sifatida darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, metodik ko‘rsatma, tavsiyanomalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet materiallari, mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar ro‘yxati, alfavitli katalog kabilar taqdim etiladi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi Logopediya ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” fani bo‘yicha mustaqil ishlarni tashkil etish va bajarish bo‘yicha metodik ishlanma Davlat ta’lim standarti va namunaviy o‘quv reja asosida tayyorlangan .
Metodik ishlanma pedagogikaning ikki mustaqil sohasi:

  • Maxsus pedagogikaning klinik asoslari fanining nazariyasi;

  • Maxsus pedagogikaning klinik asoslari fanining tarixini o‘zida mujassamlashtirgan va mazkur sohalar bo‘yicha mustaqil ishlarni bajarish namunalari yoritilgan.

Bakalavr yo‘nalishida tahsil oluvchi talaba –bo’lajak mutaxassis bolalardagi nuqsonlarning bartaraf etilishida tibbiy bilimlarning o’rni alohida ekanini bilgan holda, imkoniyati cheklangan bolalardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, patologiyadagi holatning kechishi, klinik shakllari, asoratlari va uning oqibatida bola aqliy, ruhiy va jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’siri haqida tushunchaga ega bo’lishi lozim.

Download 2,44 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   152




Download 2,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muallif: I.E.Ravshanova Inklyuziv ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi Taqrizchilar

Download 2,44 Mb.