|
Pedagogika instituti
|
bet | 130/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Fanni oqitishdan maqsad: Imkoniyati cheklangan bolalardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari va bola psixik va jismoniy rivojlanishiga ta’siri, inson organizmining umumiy tuzilishi va turli nuqsonlar mavjud bo‘lgandagi holati, bosh miya va asab tizimi faoliyati, ko‘rish, eshitish va nutq sensorlarining faoliyati, fiziologiyasi va patologiyasi, ulardagi turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va inson umumiy va ma’lum xususiyatlari rivojiga ta’siri kabi masalalarni o‘rganishdan iborat.
Fanning vazifasi: talabalarda psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalardagi nuqsonlar va kasalliklar, xususan, oliy asab tizimi, ko‘rish, eshitish va nutq sohasidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablari, klinik ko‘rinishlari va ularning bolaning umumiy salomatligi va nuqsonlar holatiga ta’siri bo‘yicha tibbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazariy va amaliy jihatdan shakllantirishdan iborat.
“Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida
Bakalavr:
- Maxsus pedagogikaning klinik asoslari to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar;
- nevrologiya va nevropatologiya haqida umumiy tushunchalar;
- inson bosh miyasi anatomiyasi va fiziologiyasi, bosh miya qobig‘i;
- inson bosh miyasi asablari tuzilishi va fiziologik xususiyatlari;
- inson oliy asab tizimi faoliyati va uni tadqiq qilish metodlari;
- inson oliy asab tizimi patologiyasi va kasalliklari etiologiyasi;
- inson harakatlanish tizimi;
- inson koordinatsion va ekstrapiramid tizimi;
- inson reflektor tizimi, sezgi organlari fiziologiyasi va patologiyasi;
- inson eshitish analizatorlari tizimi anatomiyasi va fiziologiyasi;
- inson eshitish analizatorlari patologiyasi va kasalliklari etiologiya;
- kar va zaif eshituvchi bolalar rivojlanishining psixo-fiziologik xususiyatlari;
- inson ko‘rish analizatorlari tizimi anatomiyasi va fiziologiyasi
“Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” fani umumkasbiy fan hisoblanib, 1-2-semestrlarida o‘qitiladi. “Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” fani bo‘yicha mustaqil ishlarni tashkil etilishi va bajarilishi ham o‘quv rejada rejalashtirilgan boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda olib boriladi.
Mustaqil ta’lim mazmuni ma’ruza va seminar (amaliy) mashg‘ulotlari mavzulari asosida shakllantiriladi. Biroq mustaqil ta’lim ko‘proq ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘rganilmagan masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o‘qib-o‘rganilgan masalalar fan bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o‘z aksini topadi.
Ko‘rsatmada talabalarning mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha tavsiyalar, mustaqil ishlarini tashkil etish maqsadi, olib borish tartibi, ajratilgan soat, mustaqil ish turlari, ularni bayon etish yo‘l, usullari, texnikasi va mazmunini yoritishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
|
| |