• UMUMIY PEDAGOGIKA
  • MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGIKASI
  • KORREKTSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA
  • Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika




    Download 3,04 Mb.
    bet19/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    1.3. Pedagogik fanlar tizimi.
    Pedagogika fanlari tizimi. Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davming o‘ziga
    xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. Ular quyidagilardir:


    UMUMIY PEDAGOGIKA - pedagogikaning konseplual masalalari va amaliy jihatlarini tadqiq etadi.
    PEDAGOGIKA NAZARIYASI - pedagogikaning umumnazariy masalalari, qonuniyatlari va tamoyillari hamda tasniflashga oid masalalarni o‘rganadi.
    PEDAGOGIKA TARIXI - pedagogik fikrlaming taraqqiy etishi, maktab va ta’lim turlarining davriy xususiyatlari, o‘ziga xos jihatlari va ahamiyatini tadqiq etadi.
    PEDAGOGIK MAHORAT - o‘qituvchilami pedagogik faoliyatga samarali tayyorlash taktikasi, pedagogik qobiliyatlami shakllantirish, pedagogik madaniyat va texnikani tarkib toptirish hamda nutq texnikasini egallash yo'llarini o‘rganadi.
    MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGIKASI - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalami tarbiyalash, ulami intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
    BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ulaming o‘ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ulami intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
    KORREKTSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA - jismoniy yoki rahiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalami tarbiyalash va o‘qitish bilan bog‘liq muammolami o‘rganadi. YA’ni:
    Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
    Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
    Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
    Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo‘lgan bolalar (ko‘r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Download 3,04 Mb.