• Tabiiy fanlar
  • Kibernetika
  • Texnika fanlari
  • Iqtisodiyot
  • Pedagogika va psixologiya




    Download 0,55 Mb.
    bet5/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024
    3D INTERNET TEXNOLOGIYASI, INFORMATIKA FANLARINING MAVZULARI BO\'YICHA FAN, IJTIMOIY FANLAR, BIZNES VA HUQUQ KASBIY SOHASIGA YO\'NALTIRIB O\'QITISH YUZASIDAN TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH
    Sotsiologiya. Psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlashga xizmat qiladi.
    Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo’lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli o’ziga xosdir.
    Tabiiy fanlar: fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o’rganish uchun material beradi. Tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiyaning predmetini mukammalroq yoritishga o’z hissasini qo’shgan.
    Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o’z o’rnida foydalanadi.
    Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro va hamkorligi hozirgi kunga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
    Iqtisodiyot va psixologiyaning o’zaro va hamkorligi ham yangilik bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi.
    Muhandislik psixologiyasi fanining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.

    1. mulokot psixologiyasi;

    2. muxandislik psixologiyasi;

    Muhandislik psixologiyasining tarkibiy qismlarini tizimlashtiradigan bo’lsak, u quyidagi ko’rinishda bo’ladi.

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




    Download 0,55 Mb.