Muhandislik psixologiyasi




Download 0,55 Mb.
bet6/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

Muhandislik psixologiyasi: muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari operatorlarining faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyat- larini o’rganadi;
Muloqot psixologiyasi: Shaxs ijtimoiylashuvining biologik va ijtimoiy omillari; «muxandis shaxsi» tushunchasi; ayrim toifadagi shaxslarning muloqati tipologik tavsifi. Faoliyatda mulokat psixologiyasi va shaxslararo munosabatlarning o’ziga xos jihatlarini
Ijtimoiy psixologiya va muhandislik psixologiyasi o’rtasida farq qiluvchi tomonlar ham mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. muhandislik psixologiyasi fanining ko’lami ijtimoiy psixologiyaga qaraganda torroq, chunki u kasbiy holatlar psixologiyasi bilan shug’ullanmaydi;

  2. muhandislik psixologiyasi fanida nazariyaga qaraganda amaliy holatlar ko’proq, bu bevosita inson-texnika munosabatlari bilan bog’liq psixik jarayonlarning o’ziga xosligi bilan ifodalanadi;

  3. muhandislik psixologiyasi fanining ishlash metodlari aksariyat hollarda «maxsuslik» xarakteriga ega;

  4. muhandislik psixologiyasining ish uslubi tezkorlik xususiyatiga ega;

  5. muhandislik psixologiyasi katta psixologik stress holatlarini ham

o’z ichiga oladi;

  1. muhandislik psixologiyasi texnik muxandis kadrlarining psixologiyasini shakllantirish va rivojlantirishi bilan ajralib turadi.

Muhandislik psixologiyasi fani ijtimoiy psixologiya kabi bir necha tarmoqlarga bo’linadi. Bular:

  1. profilaktika faoliyati psixologiyasi;

  2. muxandislik faoliyati psixologiyasi;

  3. inson-texnika munosabatlari psixologiyasi;

  4. kasbiy faoliyat psixologiyasi.

Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo’lib u o’zining tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi.
Mazkur farqlar jadvalda quyidagicha ifodalaniladi


Download 0,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Download 0,55 Mb.