1.2. Muhandislik psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Ijtimoiy psixologiya ko’pgina sohalarni o’z ichiga qamrab oluvchi amaliy fan hisoblanib, bir tomondan psixologiya, ikkinchi tomondan odamshunoslik fanlari doirasiga kiradi. Bu fan ijtimoiy-gumanitar fanlarning integrallashuvi jarayonlarining mahsuli sifatida XVIII asrdan boshlab paydo bo’la boshlagan. Ijtimoiy psixologiya o’z ichiga munosabatlar psixologiya yo’nalishlarini qamrab oladi. Gumanistik nuqtai nazardan muxandislik psixologiyasi muammolarini M. M. Sherbatov (1733–1790) o’rgana boshlagan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida I. M. Sechenov, S. M. Bexterov, A. F. Koni faoliyat yuritgan davr kasb psixologiyaning o’sish davri hisoblanadi. Ishchi xizmatchi-kadr shaxsi psixologiyasi ustidagi izlanishlar natija bera boshlaydi va ayni shu davrda muhandislik psixologiyasini mustaqil fan sifatida qabul qilish zarurati tug’iladi. Kasb psixologiyasi fanining rivojlanishiga S. S. Romanov, M. I. Enikeev, V. L. Vasilevlar katta hissa qo’shganlar. Kasb psixologiyasi ilmiy-amaliy fan sifatida birinchidan, muxandis texnik kadr xulqi (axloq, ijtimoiy fikr, ijtimoiy stereotiplar); ikkinchidan, xulq (shaxsining xulq-atvori, texnik stereotip, guruh tarkibi, tuzilishi, vaziyat, texnik kadrning shaxsi, xulq-atvori va ularning xulq genezisdagi roli); uchinchidan, injenerlik faoliyati (profilaktik faoliyat psixologiyasi, mehnat faoliyati psixologiyasi kabilarning psixologik asoslarini ishlab chiqadi. Kasb psixologiyasi bir qator vazifalarni, jumladan, texnik muxandislik faoliyatida alohida shaxs, guruh va jamoalarga ta’sir qilishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish; ikkinchidan, munosabatlarni mustahkamlash, muxandislik ishlarining samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal qiladi.
Falsafa. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va printsiplarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi.
|