Pedagogika va psixologiya




Download 0,55 Mb.
bet3/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

Muhandislik psixologiyasi fani texnik muxandis kadrlarining munosabatlari, odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Bunda texnik muxandislik faoliyatining psixologik asoslarini o’rganish maqsad qilib qo’yilgan.
Muhandislik psixologiyasi fanining maqsadi – texnik muxandis kadrlar faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o’zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Muhandislik psixologiyasi fanining predmeti quyidagilardan iborat:

  • texnik muxandis kadrlarining psixikasini har tomonlama o’rganishdan hosil bo’lgan bilimlar;

  • texnik muxandis kadrlarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo’lgan xulosalar;

  • texnik muxandis kadrlarining shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini o’rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar.

Barcha fanlar singari muhandislik psixologiyasi fanining ham o’z ob’ekti mavjud, ular quyidagilardan iborat:

  • texnik muxandis idoralar kadrlarining psixologiyasi;

  • texnika inson munosabatlarida inson omili va psixologiyasi;

  • fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari;

  • shaxsning tuzilishi;

  • shaxsning faoliyati;

  • shaxsning faolligi va uning shakllari.

Muhandislik psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanishining 3 bosqichi mavjud:
1-bosqich - XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkil etishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo’nalishlarini paydo bo’lishi, shuningdek psixotexnika taraqqiyotning asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va usullari, ratsionalizatsiya qilish jarayonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish talimining shakllantirishi masalalariga etiborni ortishi.
2-bosqich - XX asrning boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo’lishi va shakllanishi, shuningdek kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
3-bosqich - XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarning xal qiluvchi mehnat psixologiyasi va muhandislik psixologiyadagi vazifalarni paydo bo’lishi mehnat psixologiyasining bu sohasi kasblar psixologiyasi deb nomlana boshlandi. Muhandislik psixologiyasi doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash bo’yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil fan sifatida muhandislik psixologiyasi yuzaga keldi va birinchilardan bo’lib AQShda olimlar J.Kritets va R Super ishlarida ko’zga tashlangan.
Rus psixologi E.A Klimov tadqiqotlarida “Kasb tanlash”, “kasbga yo’naltirish” kabi masalalarga etiborni qaratib, bu borada tadqiqot ishlarini olib borgan. Xususan, “Differentsial diagnostik so’rovnoma” (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. Muhandislik psixologiyasining ajralib chiqishi xozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o’rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar hamda umuman kasblar olamiga kirib borishga asoslanadi. Kasb psixologiyasi masalalarini o’rganish bo’yicha G.V.Kudryavtsev, E.A.Klimov, B.F.Lomov, K.K.Platonov, K.M.Gurevich va boshqalar shug’ullanganlar.
Shunday qilib, muhandislik psixologiyasi fani texnik muxandis kadrlarining faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.


Download 0,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Download 0,55 Mb.