|
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillariBog'liq 253-260Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
16-to’plam mart 2023
259
pozitsiyasi bo‘lib shakllanadi. Mazkur yondashuvda asosiy talablar quyidagi
izchillikda amalga oshadi. Shaxs o‘zi va boshqalar uchun ham asosiy boylik bo‘lib,
bunda ta’lim - oliy ta’limdagi yaxlit pedagogik jarayon sifatida yo‘naltirilgan
shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi.
Bunday ta’limning bosh natijasi egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar
emas, balki shaxs o‘sishiga qobiliyat, empatik (hayotiy tajribaning o‘sishi) o‘zaro
munosabatlar va shaxsiy samaradorlikka qaratilgan yuqori ijtimoiy faollik
tushuniladi. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o‘z-
o‘zini faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan
foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu
jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu
konsepsiyaning keyingi g‘oyasi pedagogik subyektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq.
Talaba - “o‘rganuvchi”, o‘qutuvchi - “o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi. Agar oliy
o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo‘lish maydoni”
(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayon
uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirishini
faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan pedagogik jarayonni
ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham pedagog uchun imkoniyatlar
hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini
pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda pedagogik qobiliyatni
shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi”
pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga
aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish dolzarb
bo‘lib qoladi. Pedagogik ta’limni amalga oshirishining tashkiliy-tuzilmaviy modeli
haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq, albatta. Bular; kichik darajadagi
ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat. Yuqorida
ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular
|
| |