|
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillariBog'liq 253-260Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
16-to’plam mart 2023
255
Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini
o‘zaro farqlaydilar. Ular;
1. Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o‘tadi, ya’ni innovatsion jarayonda
unga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart
sharoitlari tizimi, usullari va yo‘llariga ongli munosabat bo‘lmaydi.
2. Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan
faoliyat mahsuli hisoblanadi.
Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni
belgilashimiz mumkin bo‘ladi:
− madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi)
yondashuv;
− shaxsiy faoliyat jihatidan (ta’limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;
−
ko‘p subyektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish;
−
individual-ijodiy
(o‘qituvchi
va
talaba-o‘quvchilarning
o‘zaro
munosabatlari) yondashuv. O‘qituvchi va talaba-o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot
namunasining o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi
munosabatlar an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi
unsurlardan xoli bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi,
o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Yana, ular munosabatlaridagi eng
muhim xususiyati bu o‘qituvchi va o‘quvchining ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion kasbiy faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi va
farqlanadi:
− kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
− me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
− kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
− dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish;
|
| |