|
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillariBog'liq 253-260Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
16-to’plam mart 2023
258
izlanivchan, tashabbuskor, kirishimli, yangiliklar yaratuvchilik kabi sifatlarga ega
bo‘lishi lozim.
Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishning zaruriyati hozirgi
sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy
tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Pedagogik ta’lim
rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida, xususiy innovatsion
nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni
tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib
ko‘rsatish mumkin. Oxirgi o‘n yillikda pedagogik innovatikani nazariy asoslari
ishlab chiqilyapti. Ayniqsa, rus va xorijiy pedagoglar: K.Anglovskiy M.V.Klarin,
V.Y.Lyaudis, M.N.Potashnik, S.D.Polyakov, T.I.Shamova, O.T.Xomeriki,
N.R.Yusupbekova,
V.A.Slastenin
va
boshqalarning
ishlarida
pedagogik
professionalizmni rivojlantirishning o‘ziga xos tomonlarini aniqlash va oliy ta’limda
o‘qitish jarayonida bo‘lg‘usi o‘qituvchining innovatsion imkoniyatlarini
rivojlantirish olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning bahs mavzusi bo‘lib
qolmoqda.
Shaxsiy yo‘nalishli ta’lim konsepsiyasi madaniy-tarixiy va faoliyatli
yondashuvga asoslanadi – deyish mumkin. Bugungi kunda umummetodologik
jihatdan taniqli pedagoglar V.V.Serikov, V.G.Sukerman, V.P.Zinchenko,
L.N.Kulikovlarning ishlari alohida ahamiyatga molik. Tashkiliy-boshqaruv
darajasida ushbu muammo bilan M.N.Kostikov, V.A.Boltovlar shug‘ullanganligini
ko‘rishimiz mumkin. Ushbu konsepsiyaning yetakchi g‘oyalaridan biri pedagogik
ta’limda predmetli tayyorlashning roli va o‘rnini anglab yetish, predmetlarni
o‘zlashtirish bilan asosiy e’tibor o‘quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida
predmetni o‘qitishga asosiy maqsad qaratiladi. Ushbu konsepsiyaning boshqa bir
g‘oyasi, o‘quv shakllarini konstruksiyalash bilan bog‘liq bo‘lib, bunda ta’lim
jarayoni yagona jarayon sifatida qaraladi, (xususiy o‘quv faoliyati) unda materialni
anglab yetish va tadqiqot ishi birgalikda bo‘lg‘usi pedagogning shaxsiy pedagogik
|
| |