hosil qilish, eng muhimi esa kuzatuvchanlikni, narsa-buyumlar,
voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topa bilishga o‘rga-
tish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va
tayyorlov guruhi bolalarini
narsa-buyumlar, voqea-hodisalar to ‘g‘risidagi haqiqiy tasaw ur
va tushunchalarini, ulaming tabiiy sabablar bilan bog‘liq ekanligini
shakllantirish dasturning muhim vazifasidir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish
ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi
bilishning o‘zi
yetarli emas, shu bilan birga, har bir bola shaxsini
rivojlantirish yo‘llarini yaxshi bilish, bolaning bilim,
malaka va
ko‘nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e’tiborga
olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana
bir zarurati — uning metodik qo‘llanma, pedagoglar kengashi,
metodik birlashma, kurslarda va shunga o ‘xshashlardan olgan
tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Kalendar rejani guruhda ishlovchi
har ikki tarbiyachi bir-
galashib, bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqt-vaqti
bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar
reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining maxsus hujjati
hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar fao-
liyatining barcha turlari: o‘yin, mehnat,
maishiy faoliyat va mash-
g‘ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar
faoliyatining jami turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi
kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o‘yini ham, mehnat
mashg‘uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi
kalendar rejasidan o‘rin olishi lozim. Kalendar rejaning mazmuni
va shakli bolalarning har tom onlam a barkamol shaxs b o ‘lib
shakillanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi.