Pedagogikasi




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

k o ‘rgazmali metoddan:
kuzatish, na- 
moyish qilish; 
so ‘z metodi:
hikoya, suhbat tushuntirish
amaliy
metod:
mashq, o ‘yindan foydalanishni taqozo etadi.
157


Наг bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan 
yagona yo‘l bo‘lib, usullar yig‘indisidan tashkil topadi. Hamma 
usullami shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin: 
k o ‘rgaz-
mali
(ko‘rsatish), 
og ‘zaki
(savol, solishtirish, she’r aytish, topish- 
moqdan foydalanish), 
amaliy
(topshiriq, о ‘yin, vaziyat usullari 
va boshq.).
Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita me- 
todlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, 
tuzatish). Ko‘p hollarda metod va usullardan kompleks tarzda 
foydalaniladi. Mashg‘ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va 
ko‘nikmalami bolalar yaxshi o‘zlashtirib olishlari ularning hissiy 
holatini ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi o‘zining kalendar rejasida mashg‘ulotda foydala- 
niladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga uning 
mazmunini ham ochib yozishi kerak. Bolalarga beriladigan savol- 
lar qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo‘yish zarur. Agar 
tarbiyachi mashg‘ilotda topishmoq yoki she’rdan parcha keltir- 
moqchi bo‘lsa, uning mazmunini yozib qo‘ygan ma’qul. Solish- 
tirishga o‘rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, 
qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachining m ashg‘ulotni rejalashtirishdagi b a ’zi bir 
usullarini ko‘rib chiqamiz. Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorgarlik 
ko‘rganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko‘rgazmali-obrazli 
bo‘lishini e’tiborga oladi va, asosan, mashg‘ulotda ko‘rgazmali 
metodlami rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida 
kuzatilayotgan obyektni bolaning hissiy idrok qilishini ta’min­
laydi. Narsa va buyumlami namoyish etish ham shunday aha- 
miyat kasb etadi. Ko‘p mashg‘ulotlarda, ayniqsa, nutqni o‘stirish 
mashg‘ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bo­
lalarga tanish bo‘lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan 
olingan voqea-hodisalami tarbiyachi his-hayajon bilan jonli, ob­
razli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga aw al 
egallagan bilimlari bilan yangisini bog‘lash imkonini yaratadi, 
shuningdek, yangi bilimlarni o‘zlashtirib olishlarini yengillashtiradi. 
Tarbiyachi mashg‘ulotlarida foydalanadigan so‘zli metodda uning 
ko‘pchiligini savollar tashkil etadi. Savollami bolalaming bilish 
jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkumi faollashtiradigan qilib tuzish 
kerak. Savollar bolalardan aqliy zo‘r berishga, sabab-natijalami 
aniqlashga qaratilgan bo‘lishi zarur. («Sen qanday bilib olding?»,
158


«Nima uchun sen shunday deb o ‘ylaysan?», «Sizlar qanday 
o‘ylaysizlar?», «Nodira to‘g‘ri gapirdimi?», «Nima uchun buni eman 
daraxti deb o‘ylaysiz?», «Nima uchun daraxtlar hozir barg yozgan» 
va h.k.). Bunday savollar bolalami mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
Mashg‘ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning 
fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlami egallab olishlarini 
yengillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan 
bo‘lishiga yordam beradi.
Mashg‘ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning 
bebaho aqliy xazinasi bo‘lib, u buyumlarni yaxshiroq o ‘rganish 
va tushunishga yordam beradi. Imkoni boricha har bir mash- 
g‘ulotda obyektning o‘xshash va o‘xshamasligini solishtirish usu­
lidan foydalanish kerak, ayniqsa, ikki va undan ko‘p buyumni 
bir-biri bilan solishtirish bolalarning fikrlash doirasini faollash- 
tirishda yaxshi natija beradi. Tarbiyachi kichik guruhdayoq so­
lishtirish usullaridan foydalanadi. Bunda buyumlarning farqi 
ko‘zga yaxshi tashlanadigan b o ‘lishi kerak. Bular buyumlar va 
ular qismining katta-kichikligi, shakli, tuzilishi, rangi, tovushi, 
hidi va h.k.lardir.
Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan 
ko‘p bo‘lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib 
borishni o‘zining kalendar rejasida yozib qo‘yadi. 0 ‘rta guruhlarda 
solishtirishga m o‘ljallangan buyumlardagi belgilar soni ko‘payadi 
va bolalardan buyumlarni kuzatib, ulardagi belgilarni m a’lum 
izchillikda bayon qilish talab etiladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan faqat ular 
ko‘rib turgan buyumlarning belgilarini so‘rash bilan chegara- 
lanib qolmay, ularni solishtirishda tasawurlaridan foydalanish 
ham talab etiladi. Solishtirishning bu murakkab shakli — bolalar­
ning yoshiga mos bo‘lib, ulaming aqliy rivojlanib borishlari uchun 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi mashg‘ulotlarda o‘yin usulidan keng foydalanadi. 
0 ‘yin usuli mashg‘ulotning qiziqarliroq, jozibaliroq, o ‘tishini 
ta ’minlaydi, mashg‘ulot jarayonida yuzaga keladigan qiyinchilik­
lami bola osonlik bilan yengadi.
Mashg‘ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, rivoj­
lanish darajasiga qarab, yakka tartibdagi ishlar ham rejalashtiri- 
ladi. Umumiy rivojlanish biroz orqada qolayotgan, diqqati tar- 
qoq, o‘ziga ishonchi yo‘q yoki o‘zi to ‘g‘risida yuqori fikrli bola­
larga ko‘proq e’tibor berish kerak.
159


Shunday qilib kalendar rejaga mashg‘ulotning dastur maz- 
muni, metodik usul unga kerakli ko‘rgazma va tarqatma mate- 
riallar, bolalar bilan individual ishlash rejalashtiriladi.

Download 3,92 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish