ning dolzarb masalalarini, tarbiyachilaming nazariy va metodik
tayyorgarliklarini oshirish va maktabgacha muassasa faoliyatining
boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnash-
chilami qiziqtiruvchi mavzulaming kengligini, dolzarbligini ta’min-
lash zarur. Faqat shundagina pedagogik kengashda ish muhiti hukm
suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo‘ladi.
Pedagogik kengash
tarkibiga katta tarbiyachi, tarbiyachilar,
musiqa rahbari, maktabgacha muassasaga xizmat ko‘rsatuvchi shi-
fokor, katta hamshira, kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi, ota-
onalar qo‘mitasining raisi kiradi. Kengash yig‘ilishiga jamoat tash-
kilotlarining vakillari, maktablar o‘qituvchilari, maktabgacha muas-
sasada tarbiyalanuvchilaming ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagoglar pedagogik kengash tom onidan tasdiqlangan va
maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan masalalar
bo‘yicha ishlaydilar. Pedagogik kengash ishining muvaffaqiyati
ko‘p jihatdan pedagoglar jamoasi muhokamasiga qo‘yilgan masala
qanchalik savodli va jiddiy tayyorlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik kengashning yig‘ilishi ikki oyda bir m arta chaqi-
riladi, zaruriyat tug'ilganda navbatdan tashqari yig‘ilish chaqiri-
lishi mum kin. Muhokamaga ko‘pi bilan 2—3 masala qo‘yiladi,
pedagogik kengash ishdan tashqari vaqtda o‘tkaziladi.
Pedagogik
kengash qarorining loyihasini ma’ruzachi (bolalar bog‘chasining
mudirasi yoki katta tarbiyachi) oldindan tayyorlaydi.
Seminarlar pedagoglaming nazariy, metodik bilimlarini, m u
taxassislik, malakasini oshirishning keng tarqalgan shakli bo‘lib,
o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti va metodik kabinetlar
tomonidan amalga oshiriladi.
Seminarlaming asosiy maqsadi — alohida metodika bo‘yicha
tarbiyachilaming bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo‘yicha
dolzarb masalalarini hal etishdir. Seminar o‘quv tematika rejasi
bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, shahar, tumanda seminar oyda
1—2 marta ishdan ajralmagan holda viloyat va respublikada esa
5—12 kunda ishdan ajralgan holda tashkil etiladi. Seminarlar ish
sifatini yaxshilash maqsadida ilmiy tekshirish
instituti tomonidan
o ‘quv tematika rejalari, seminar dasturi ishlab chiqilgan.
Seminar o‘quv tematika mavzusini katta tarbiyachi va mudira
tarbiyachilar bilan birgalikda tanlaydi, pedagogik kengash uni tas-
diqlaydi, bu yillik rejada aks etadi, so‘ngra metodist faol tarbiya
chilar bilan birgalikda seminar ishining aniq rejasini ishlab chiqadi.
163
Seminar ishida ayrim bir mavzu yildan yilga takrorlanmasligi
kerak. Bu seminar qatnashchilarining qiziqishlarini pasaytiradi.
Har bir seminarda quruq nazariyachilikka yo‘l qo‘ymay, o‘rgani-
layotgan materialni hayot bilan bog‘lash kerak.
Seminar rejasi metod kabinetga ilib qo‘yiladi. Seminar mav-
zulari taxminan shunday bo‘lishi mumkin:
1. Ilk yosh va kichik yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyat
lari (seminami pediatr vrach yoki psixolog olib boradi).
2. Turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish.
3. Maktabgacha ta ’lim yoshidagi
bolalami vatanparvarlik va
baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash.
4. Tarbiyachining bolalar bilan o‘zaro munosabatlari va h.k.
Seminar mashg‘ulotlari tarbiyachining amaliy malakalarini
o ‘stimvchi ish shakli bo‘lib, bunda: bolalar loy, applikatsiya,
qurish-yasash, badiiy o'qish, ashula aytish, raqsga tushish va boshqa
ishlami amalga oshiradilar. Ular mutaxassis yordamida amaliy ji
hatdan saviyalarini o‘stirib boradilar. Seminar mashg‘ulotlariga
mudira, katta tarbiyachi yoki tajribali tarbiyachi rahbarlik qiladi.
Seminar mashg‘uloti maxsus daftarga qayd qilib boriladi.
Tarbiyachilaming bilimlarini boyitish maqsadida yangi meto
dik va pedagogik adabiyotlar, sohaga oid jurnaldagi maqolalar
o‘rganilib, muhokama qilinadi. Maktabgacha ta’lim xodimlarning
dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida esa shahar va tuman-
ning diqqatga sazovor yodkorliklariga o‘quv
ekskursiyalari tashkil
etiladi. Bir yilda 3—4 marta o‘quv ekskursiyalar tashkil etiladi.
Muzeylarga ekskursiya tashkil etilsa yanada yaxshi, chunki bundan
olingan taassurotlar pedagoglar bilimini yanada kengaytiradi.
Vaziyat tug‘ilganda metodist tomonidan yakkama-yakka mas-
lahatlar o ‘tkaziladi. Uzoq joylardagi xodimlarga yozma ravishda
beriladi.
Jamoa maslahati bir oyda bir marta o‘tkazilib, oylik rejada aks
etadi. Tumandagi tarbiyachilami oldindan ogohlantiriladi, o ‘t-
kazish muddatini belgilab tuman shart-sharoitidan kelib chiqilgan
holda o‘tkaziladi. Tarbiyachilaming g‘oyaviy-siyosiy, m a’naviy-
m a’rifiy va ishlash malakalarini o‘stirish
uchun turli mavzular
bo‘yicha m a’ruzalar o‘tkaziladi. Bular siyosiy yoki pedagogik mav-
zularda bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim xodimlarining o‘z ustida ishlashlari g‘oya-
viy-siyosiy saviyalarini oshirib borishdagi keng tarqalgan usuldir.
Metodik ishlami jamoa ish shakli bilan birgalikda olib borilsa, bilim
164
manbayi boyib boradi. Yillik rejada maktabgacha ta ’lim bo‘yicha
ayrim ^lazariy masalalami, maktabgacha ta’lim dasturini, dastu-
riy-metodik materiallami o‘rganish rejalashtiriladi. 0 ‘z ustida ish-
lashda faqatgina o‘rganiladigan mavzular emas, balki undagi aso
siy savollar, masalalar o‘rganiladi adabiyotlar ko‘rsatiladi.
Mudira kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tarbiyachilar
bilan o‘z ustilarida ishlashni qanday tashkil
etishi yuzasidan suh-
batlashishi, yordam ko‘rsatishi shart.
Bu tadbirlaming tizimli, aniq reja asosida olib borilishi goyat
muhimdir. Tashkiliy-pedagogik vazifalami amalga oshirishda jamoa
uchun shart-sharoit, kerakli materiallar, bajaruvchi — javobgar
shaxslar, ularni hisobga olib borish o‘quv yilining boshida bel
gilanadi, buni mudira doimo nazorat qilib boradi.