e) to ‘g‘ri talaffuz qilishga o ‘rgatish, nutqning grammatik
tuzilishini shakillantiruvchi didiktik o‘yinlar;
f) tovushlami to ‘g‘rilash bo‘yicha yakka tartibda shug‘ullanish.
2. Bolalami kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishti-
rish bo‘yicha didaktik o‘yinlarni rejalashtirish (kichik va o ‘rta
gumhlarda).
3. Bolalar xohlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalaming mus
taqil
rivojlanishi uchun plastilin, bo‘yoqlar, qalamlar, bo‘yashlari
uchun rasmli kitobchalar va o‘zlarining chizgan rasmlari beriladi.
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o‘yinchoqlari, kiyimlar,
kashtalar, idish-tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo‘-
g‘irchoqlar beriladi.
5. Bolalami madaniy-gigiyenik malakalarga o‘gratish bo‘yicha
yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda
dastro‘molchadan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha didaktik o‘yin
o‘tkaziladi.
6. Koptokni dumalatish,
gardishni aylantirish, tirmashib chi
qish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlam i rivojlantimvchi
ishlar rejalashtiriladi.
7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash rejalashtiriladi.
8. Bolalaming o‘yin faoliyati rejalashtiriladi:
a) qurilish o‘yinlari: rol, sujet bilan bog'liq qurilish
o ‘y m l a r i
rejalashtiriladi;
b) sujetli-rolli o‘yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa
shunga o‘xshash o‘yinlar rejalashtiriladi;
d) stol usti bosma didaktik o‘yinlari, so‘zli buyumlar bilan
o‘ynaladigan didaktik o‘yinlar, ermak o‘yinlar, jo ‘rovoz o'yinlar,
xalq didaktik o‘yinlari rejalashtiriladi. Bolalaming sezgisini, idro-
kini,
tovushlami idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o‘sti-
ruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport o'yinlari ham
rejalashtiriladi.
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat (ko‘chat o‘tqazish, suv sepish, o‘simlik,
hayvonlami parvarish qilish va shu kabilar);
b) xo‘jalik maishiy m ehnat (idishlarni yuvish, xonani yi-
g‘ishtirish, kitoblarni yopishtirish-yelimlash, o ‘simliklar bargini
artish);
d) qo‘l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, so-
monchalar, lattalar qiyqimi, yog‘och va kartondan har xil bu
yumlar yasash).
156
H ar bir yosh guruhida m ehnatning qaysi turi o ‘tkazilishi
dasturda ko‘rsatilgan. Ertalab 2—3 xil faoliyat rejalashtiriladi. Er
talabki soatlami rejalshtirishda shu kungi o‘tkaziladigan
mash-
g‘ulotlar e’tiborga olinadi. Mashg‘ulotda biror narsa o‘qib berish
rejalashtirilgan bo‘lsa, ertalabki soatda rasm ko‘rish, onasi to ‘g‘ri-
sida so‘zlab berish, o‘qish rejalashtirilmaydi, shu kungi ertalabki
soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat
rejalshtiriladi.
Tarbiyachi har xil mashg‘ulotlarni rejalashtiradi:
bolalarga
yangi bilim beruvchi mashg‘ulotlar ularning olgan bilimlarini,
orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi
mashg‘ulotlar, kompleks mashg‘ulotlar va hisobot-nazorat (tek-
shiruv) mashg‘ulotlari bo‘ladi. Tarbiyachi o‘zining kalendar re-
jasiga mashg‘ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo‘yadi.
Dastur mazmuniga mashg‘ulotning ta’lim-tarbiyaviy vazifalari va
bolalar egallab olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo‘lgan
bilim, malaka, ko‘nikmalar ham yoziladi.
Mashg‘ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan m a’lum hajm-
dagi bilimlami egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina
qolmay, shu bilan birga
ularning bilimlarini aniqlash, mus
tahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo‘llash imkonini beradi.
Bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarning hajmi
m ashg‘ulotdan m ashg‘ulotga kengaytirib, murakkablashtirib
boriladi., Masalan, tarbiyachi birinchi mashg‘ulotda bolalarni uy
hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, no-
m ini aytishga o ‘rganadi. Keyingi mashg‘ulotda
esa bilimlar
mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar
hosil bo‘ladi. Bolalar bu hayvonlaming foydali belgilarini, xatti-
harakatlarini kuzatishsa, kelgusi mashg‘ulotda bolalar uy hay-
vonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hay
vonlar o‘z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to ‘g‘risida gap
boradi.
Dastur materillarini o‘rganish mashg‘ulotdan mashg‘ulotga
mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi.
Bolalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli
o‘zlashtirishlari aksariyat hollarda tarbiyachining qo‘llagan usul-
lariga, shart-sharoitga bog‘liq bo‘ladi.
Bu yoshdagi bolalarning
yosh xususiyati, asosan,