smeta qachon tuzilayotganiga qarab, o‘tgan davrdagi haqiqiy
xarajatlar miqdori bilan kiritilgan o‘zgartishlar hisobga olingan
holda taqqoslab keltiriladi.
Ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqqoslashda smetani tuzish ja
rayonida yuz bergan chetlanishlami aniqlash, bu chetlanishlaming
sababini topish, shu asosda kelasi yilgi xarajatlar miqdorini to ‘g‘ri
belgilash kerak.
Maktabgacha bolalar muassasalari
smeta tuzish vaqtida yana
muassasaning kelasi yilgi ish ko'rsatkichlari (guruh va bolalar
sonining ortishi, bolalaming muassasada bo‘lish vaqti va h.k.)
bo‘yicha o‘zi bo‘ysungan yuqori tashkilotning ko‘rsatmalariga
amal qiladi. Smetaga kiritilgan xarajatlar smeta blankasida keltirilgan
hisob-kitoblar bilan asoslangan bo‘lishi shart.
Smetaga hisob-kitoblar bilan birga maktabgacha tarbiya muas
sasasi egallab turgan bino haqida umumiy m a’lumotlar (uning
kubaturasi, maydoni, isitish sistemasi, vodoprovod, kanalizatsiya
mavjudligi) va muassasaning ko‘lamiga oid ko‘rsatkichlar (guruh
bolalar soni va h.k.) ham keltiriladi.
Smetaga maktabgacha tarbiya
muassasasining pedagog, tibbiy va boshqa xodimlari tarifikatsiya
ro‘yxati albatta ilova qilinishi shart. Mazkur ro‘yxat ikki nusxada
tuziladi.
Smeta loyihasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha ta’lim muas
sasalari tomonidan belgilangan muddatga yuqori tashkilotlarga ikki
nusxada, zarur bo‘lgan hollarda esa uch nusxada yuboriladi.
Yuqori tashkilot maktabgacha ta’lim muassasasining smeta-
sini qabul qilib olgach, eng awalo, smetaning to ‘g‘ri tuzilganligini,
smetada barcha grafalar to ‘lg‘azilgan, alohida moddalar bo‘yicha
harakat summalari tegishli hisob-kitoblar bilan bog‘langanligini
aniqlaydi.
Barcha hisob-kitoblar qarab
chiqilgandan, har bir modda bo‘-
yicha xarajatlar aniqlangandan va budjet hisobidan qoplanadigan
xarajatlar budjetda aniq maqsadlar uchun ajratilgan summaga
teng holga keltirilgandan keyin maktabgacha ta’lim muassasasining
smeta hujjatiga jami xarajatlar (alohida modda bo‘yicha va ham-
masi), shuningdek, budjet hamda ota-onalar mablag‘i
hisobiga
qoplanadigan xarajatlar jami chorak bo‘yicha tasdiqlangan sme
taga binoan taqsimlab yozib qo‘yiladi. Smeta yuqori tashkilot tomo
nidan qabul qilingandan keyin maktabgacha ta’lim muassasasi
xarajatlari va ota-onalardan tushadigan mablag‘ni kvartallar bo‘-
yicha taqsimlab, hisob-kitob qilib qo‘yadi.
152
Xarajatlarni taqsimlashda ba’zi xarajatlarning mavsumiy xa-
rakterda b o ‘lishi (yoqilg‘i tayyorlash, sabzavot jam g ‘arish,
ta ’mirlash ishlari va h.k.) hisobga olinishi shart. Boridi-yu, bo
lalar sonining ко‘pay is hi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu bilan bog‘liq
sarflar (ish haqi, bolalarni ovqatlantirish va h.k.)
tegishli cho-
raklar xarajatlari miqdorida o ‘z ifodasini topishi kerak. Smeta-
ning bir nusxasi muassasada, ikkinchi nusxasi yuqori tashki-
lotda qoladi, uchinchi nusxasi esa markazlashgan buxgalteri-
yaga,
qishloq kengashiga, moliya bo'lim i va boshqalarga havola
qilinadi.
Smetaning tasdiqlanishi smeta hujjatining birinchi betiga
maxsus yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda harakat -
larning jami summasi, xodimlaming ish haqi fondi, smeta tas
diqlangan kun ko‘rsatiladi. So‘ngra
smetani tasdiqlagan yuqori
tashkilot boshlig‘i imzo chekadi, uning imzosi idora muhri bilan
mustahkamlanadi. Smetani tasdiqlagan tashkilot unga o‘zgartirish
kirita oladi. Bu o ‘zgartirishlar yuqori tashkilotning muassasaga
yuborgan maxsus yozishmasiga asosan rasmiylashtiriladi.