Ota-onalar! Jazoningfoydali bo ‘lishi uchun quyidagi tavsiyalarga
am al qiling!
• Bolani jazolayotganda uning yoshiga va xatoning qay dara-
jada og‘ir yoki yengilligiga e ’tibor bering.
• Bolaning xatosi uchun jazolashni kechiktirmaslik kerak, ke-
chiktirilgan jazo bolada qo‘rquv, tashvish, xavotirlik, depres-
siyalarga olib kelishi mumkin.
• Bolaning jahli chiqib turganda jazo qollash kerak emas.
• Bolaning qilgan xatosini ko‘pchilik ishtirokida, ayniqsa, uning
o'rtoqlari yoki tanishlari davrasida muhokama qilmang. Ay
niqsa, uning «siri»ni saqlasangiz, u bu qiliqlami boshqa qil-
masUkka harakat qiladi.
Ushbu berilgan tavsiyalar ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi mu-
nosabatlami yanada yaxshilashda, bola tarbiyasi borasida yuzaga
kelishi mumkin bo lg an qiyinchiliklami maqsadga muvofiq tarzda
yengib o ‘tishda sizga yordam beradi degan umiddamiz.
141
< ! > Nazorat savollari
X V _________________
1. Maktabgacha ta’lim muassasasining oila va jamoatchilik bilan olib
boradigan ish shakllari.
2. Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati.
3. Maktabgacha yoshdagi (3—7) bolalaming bir-biridan jismoniy va
ruhiy jihatdan farqlanishi.
4. Ota-onalar uchun umumiy majlislar qanday uyushtiriladi?
/
16-bob.
BOLALAR MUASSASALARINI TASHKIL
QILISH VA ULARGA RAHBARLIK
16.1. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish
Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining bi
rinchi bosqichi, maktabgacha ta’lim Davlat jamoat tizimining
asosiy bo‘g‘ini, jamiyatning eng muhim ijtimoiy bo‘limidir. Mak
tabgacha ta ’lim muassasalari maktabgacha ta ’lim yoshidagi bola
lam i tarbiyalash va rivojlantirishda, ularni maktabga tayyorlashda
yetakchi rol o‘ynaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari oila va jamiyatning bolalarga
g‘amxo‘rlik qilish, milliy hamda mintaqa xususiyatlarini hisobga
olgan holda bolalami har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash
va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil
etiladi. Muassasalar mustaqil ravishda, o‘z tashabbusi bilan o‘z
faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik prinsip-
larga mone’lik qilmasa har qanday qaror qabul qilishga haqlidir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyaviy-ta’limiy ishlar sifati,
bolalar va ota-onalar huquqiga jamiyat hamda Davlat manfaatla-
riga rioya qilish uchun mas’uldir. Muassasalaming mehnat jamoasi
xalqchillik asosida o‘z-o‘zini boshqarish prinsipiga muvofiq, ja
miyat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy tiplari quyidagi-
lardan iborat:
a) yaslilar;
b) yasli-bog‘chalar;
d) bog‘chalar;
e) maktab-bog'chalar.
Yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun
go‘daklar, bolalar uyi, maktabgacha ta’lim bolalar uyi, maktab
intematlari va aralash tipdagi bolalar uylari huzurida «Maktabgacha
ta’lim guruhlari» tashkil qilinadi.
Maktabgacha ta ’lim muassasalarining iqtisodiy-huquqiy ma-
qomi quyidagilarga bo‘linadi:
143
1. Davlat muassasalari xalq deputatlari mahalliy kengashlari,
idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar qaroriga ko‘ra tash
kil etiladi. Budjetdan, tegishli korxonalar mablag‘i hisobidan pul
bilan ta ’minlanadi.
2. Shirkat muassasalari shirkatchilik to ‘g‘risidagi qonunda
ko‘zda tutilgan tartibda tashkil qilinadi.
3. Aksionerlik muassasalari amaldagi qonunchilikda belgi-
langan tartibda aksionerlik korxonalari, tashkilotlari mablag‘lari
hisobiga tashkil qilinadi va faoliyat ko‘rsatadi.
4. Jamoat muassasalari yotoqxonalar, turaijoylardan foyda
lanish idoralari madaniy va savdo markazlarida, shuningdek, oila
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda boshqa ko‘rinishlarda tashkil
etiladi.
5. Oilaviy muassasalar shirkatchilik va xususiy mehnat faoliyati
to ‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq bir yoki bir necha oila to-
monidan tashkil qilinadi va faoliyat ko‘rsatadi.
6. Aralash muassasalar shirkat korxonalar, muassasalar, tash
kilotlar, uyushmalar asosida va oilalaming shartnomalari asosida
tashkil etiladi hamda faoUyat ko‘rsatadi.
7. Uy muassasalari asosiy maktabgacha ta’lim muassasalari-
ning filiallari sifatida tashkil etiladi.
Shaharda bo‘lgani kabi qishloq joylarda ham ehtiyojga qarab,
boshqa shu tizimlarda birlashgan o‘quv-tarbiya muassasalari va
umumiy hamda maxsus ahamiyatga molik (yo‘nalishdagi) turli
tipdagi guruhlar tashkil qilinadi. Maxsus ahamiyatga molik yo‘-
nalishdagi maktabgacha ta’lim muassasalari bolalar nuqsonlarining
oldini barvaqt olish, bolalardagi ikkilamchi va keyin uchraydigan
nuqsonlarga barham berish maqsadida tashkil qilinadi. Bu yo‘na-
lishdagi muassasalar umumiy tarbiyaviy masalalami hal qilish bilan
birga bolalami rivojlantirishdagi tegishli nuqsonlami bartaraf qi
lishga va ommaviy yoki maxsus maktabda o‘qishga tayyorlashga
qaratilgan davlat ishlarini amalga oshiradi.
Aqliy yoki jismoniy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar
uchun:
• nutqi buzilgan (eshitish qobiliyati saqlangan);
• eshitish qobiliyati buzilgan;
• ko‘rish qobiliyati buzilgan;
• tayanch-harakat a’zolari buzilgan;
• ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan;
144
• aqliy rivojlanishda orqada qolayotgan;
• sil kasalligiga chalingan;
• tez-tez kasallikka chalinadigan;
• virusli gepatitga chalingan bolalar uchun kabi, agar ehtiyoj
tug‘ilsa, boshqa yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim muassasalari
tashkil qilinishi mumkin.
Turli tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalari Xalq ta ’limi
vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan
instruktiv direktiv hujjatlar va yo‘riqnomalar asosida ish yuritadi.
Bular maktabgacha ta ’lim to ‘g‘risidagi konsepsiya va nizomda
belgilab berilgan.
Maktabgacha ta ’lim muassasalari amaldagi qoidaga binoan
bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqiga ega. Bolalarga tibbiy
xizmat ko‘rsatish maxsus biriktirilgan sog'liqni saqlash bo‘limlari
yoki idorasiga qaram bo‘lgan tegishli tibbiyot muassasasining
tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodim-
lari bog‘cha m a’muriyati bilan bir qatorda bolalarning salomatligi
va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlarini o‘t-
kazish, sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilish, tarbiyala-
nuvchilaming uxlash tartibi va ovqatining sifati, ularning jismo
niy va aqliy kamoloti uchun mas’uldir. Tibbiyot xodimlari fao-
liyatini nazorat qilish mahalliy sog‘liqni saqlash bo‘limlari zim-
masiga yuklatiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi kimga bo‘ysunishidan qat’i
nazar xalq deputatlari mahalhy kengashi ro‘yxatidan o'tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ro‘yxatdan o‘tkazilgach, unga tar
tib raqami beriladi va u yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini qaytadan tuzish (qo‘shish,
olish, birlashtirish, ajratish, bo‘linish, qayta tashkil etish) xalq
ta’limi bo‘limlari, korxona, muassasa, tashkilot tavsiyasiga ko‘ra
xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarori asosida amalga
oshiriladi. U bog‘cha mehnat jamoasi va Xalq ta’limi kengashi
bilan kelishilgan bo'lishi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasi
turlicha: tipiga, tuzilishiga qarab shtat birliklarini, xodimlar oylik
maoshlarini tasdiqlaydi.
Ota-onalar qo‘mitasining asosiy vazifalari bolalar bog‘chasi
Nizomida ko‘rsatilib berilgan.
Maktabgacha ta ’lim muassasasi Xalq ta ’limi vazirligi to
m onidan tasdiqlangan ko‘p variantli taxminiy dasturlardan bi-
rini tanlash huquqiga ega. Maktabgacha ta ’lim muassasasi tar-
145
biyaviy ta’lim muassasasi bo‘lib, ijtimoiy vazifalar bilan bir qa-
torda konsepsiya, nizom hamda dasturga muvofiq malakali tar
biya va ta ’lim berishni ta ’minlaydi.
Maktabgacha ta ’lim muassasasi o ‘z dasturi va metodikasini
ishlab chiqish hamda amaliy faoliyatida qo‘llash huquqiga ega.
Ularning tasdiqlangan tartibi Xalq ta ’limi vazirligi tomonidan
belgilanadi. Maktabgacha ta ’lim muassasasi tarbiyachisi bolalami
tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha qo‘llanmalarni hamda metodikani
erkin tanlash huquqiga ega.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim muassasalarini
tashkil qilish va rivojlantirishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun
yangi tipdagi, yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim muassasalarini tu-
zish respublika xalq ta’limini boshqarish va sog‘liqni saqlash or-
ganlari tomonidan belgilanadi.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta ’lim muassasala
rida ish xususiyati, ularga qabul qilish qoidalari, bolalarga ta ’lim
berish va ularni tarbiyalashni tashkil qilish tartibi Xalq ta ’limi
vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlan
gan tegishli yo‘riqnomalar bilan aniqlanadi.
|