• maktabgacha ta ’lim pedagogikasining ta ’lim-tarbiya maz-
munini takomillashtirish;
• ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullarni
axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish;
• bolalami jismoniy, aqliy, ruhiy sog‘ligini ta’minlashda o‘qi-
tuvchi-tarbiyachi mahorati.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi nazariyasi va amaliyotining
maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishda
bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning
roli,
maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog‘lab olib bo-
rishning zarurligi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhit-
ning hal qiluvchi ahamiyatga egaligiga asoslanadi.
\ Maktabgacha pedagogikaning vazifalari:
• maktabgacha ta’lim sohasidagi pedagogik muammolami hal qilish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim olish ehtiyojini, o‘qishga
qiziqish, kitob o‘qish, maktabga borish hissiyotini shakllantirish;
• bolalar tarbiyasida -mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatuvchi
ilg‘or metodlarni qo‘llash;
• bolalarga yuksak odob, m a’naviy-axloqiy tushunchalarni
mentalitetimiz asosida o‘rgatish.
Pedagogikaning asosiy tushunchalari
Tarbiya
Ta’lim
M a’lumot
Pedagogik hodisa bo‘lib,
yosh avlodga ilmiy bi-
limlar
sistemasini, ma-
laka va ko‘nikmalami
maxsus metod va vosita-
lar orqali rejali ravishda
singdirib borish va
uning natijasida har to
monlama shakllangan
kishini tarbiyalashni
maqsad qilib qo'yadi.
Ijtimoiy zarur bilimlar,
muayyan ko'nikma va
malakalarni o‘quvchi-
larga singdirish, ularning
ongiga, xulqiga ta’sir
etish, dunyoqarashi va
bilish
faolligini rivojlan-
tirishdir. U insonni meh-
natga, hayotga tayyor-
lashning asosiy vositasi
hisoblanadi. Ta’lim be-
rish jarayonida tarbiya va
ma’lumotning maqsadi
amalga oshiriladi. Ta’lim
ikki tomonlama jarayon
— o'qitish va o‘qishni
o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy zarur bilim
lar, muayyan ko'nikma
va malakalarni o‘quv-
chilarga singdirish,
ularning ongiga, xul
qiga ta’sir etish,
dunyoqarashi va bi
lish faolligini rivoj-
lantirishdir. U insonni
mehnatga,
hayotga
tayyorlashning asosiy
vositasi hisoblanadi.
Ta’lim berish jara
yonida tarbiya va
ma’lumotning maq
sadi amalga oshiriladi.
O'qitish — pedagogik faoliyat boiib, u bilim, ko'nikma va malakalarni
bolalarga singdirish, ularning bilim va amaliy faoliyatiga rahbarlikqilishdir.
0 ‘qish — o'quvchining bilim, malaka, ko'nikmalarni egallashdagi amaliy
faoliyatidir.U o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.
6
Maktabgacha ta ’lim pedagogikasi ijtimoiy
tarbiya tajribasini
o‘rganadi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasalari ishini takomil-
lashtirishga yordam beradi.
Pedagogika fani tarbiyani pedagogik hodisa sifatida o‘rganib,
bir qator tushunchalami o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya,
ta’lim, m a’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.