Pedagogikasi




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

Pedagogik tadqiqot 
— har qanday ilmiy-pedagogik tadqiqotning 
asosidir. Pedagogik tadqiqot yordamida ilmiy gipotezalaming ayrim 
elementlari o'rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy 
tadqiqot va laboratoriya tadqiqoti pedagogik tadqiqotning asosiy 
turlari hisoblanib, ular ham o ‘z navbatida ko‘pgina turlarga 
boMinadi. Tabiiy tadqiqot sharoitida yangi o‘quv rejalari, dasturlar, 
darsliklar va hokazolar odatdagi o‘quv tartibini buzmay turib 
tekshiriladi. Pedagogik tadqiqot ham kuzatish, lekin u pedagogik 
jarayonning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish munosabati 
bilan maxsus tashkil qilingan bo‘ladi. Pedagogik jarayonni aniqroq 
o‘rganish uchun tadqiqot o‘tkazuvchi o‘zi tashkil etgan jarayonni 
kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan 
tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik 
tadqiqot dastlabki ma’lumotlami, aniq sharoitlami va o‘qitish usulla- 
rini yoki tadqiq qilinadigan materiallami aniq belgilashni, shuning- 
dek, tadqiqot natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab etadi.
Pedagogik laboratoriya turi ilmiy-tadqiqotning qat’iy shaklidir. 
Juda keng pedagogik kontekstdan uning muayyan tomoni ajratib 
olinadi, natijalari aniq tekshirib borishga va o'zgaruvchan kattaliklar 
o‘rnini almashtirishga imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. 
Quyidagilar pedagogik tadqiqotning bosqichlari hisoblanadi: 
tadqiqotni rejalashtirish, tadqiqot o‘tkazish va natijalami sharhlash. 
Rejalashtirish tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash, tadqiqot 
natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini


aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni, tadqiqot o‘tkazish tartibi, 
olingan natijalami tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi. Tadqi- 
qotni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan 
holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida m a’lumotlar yig‘i- 
ladi va qayta ishlanadi. Tadqiqot o‘tkazish ishonchlilik tamoyiliga 
javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish zarur:
1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal bo ‘lishi.
2. Tadqiqot metodlarining ishonchliligi.
3. Farqlaming statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.
Ilmiy tadqiqot turli ta ’lim-tarbiyaga oid metodlaming sama-
radorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematika 
metodlarining hamda kompyuter yordamidagi tadqiqot natija- 
larining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda, 
o‘rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tanlab 
olinadigan to‘plam majmuyining o‘rtacha kvadratik chetga chiqishi, 
o‘rtacha olingan qiymat xatosi, belgilami tuzatish koeffltsientlari 
hisoblab chiqiladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning 
natijalarini amalda qo‘llashdir. Mustaqil 0 ‘zbekiston sharoitida 
yangi ilmiy bilimlar juda tez to ‘planib bormoqda. Biroq ularni 
amaliy ishga joriy etish yo‘lida qiyinchiliklar ham borligi ko‘zga 
tashlanmoqda. Ularni joriy etish jarayoni pedagogik tajribani ta- 
komillashtirishga qaratilgan faoliyat, deb qaraladi. Shu sababli joriy 
qilinishi lozim bo‘lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo‘yiladi. Ta- 
lablarning ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi 
asosiy talablar qatoriga kiradi. Talablar mazmunining aniqligi pe­
dagogik mezonni to ‘g‘ri tanlash va baholashni nazarda tutadi. Joriy 
etish butun bir tadbirlar kompleksi bo‘lib, u olingan xulosalar 
lo'g'risida pedagogik jamoatchilikni xabardor qilish, yangi o‘quv 
vn metodik qo‘llanmalar yaratish, metodik yo‘l-yo‘riq va metodik 
tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

Download 3,92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish