Xalq ta’limi tizimi va uning bosqichlari




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

3.2. Xalq ta’limi tizimi va uning bosqichlari
Xalq ta’limi tizimining taraqqiyoti shu mamlakatda ishlab chi- 
qarish kuchlarining rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etadigan 
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga, milliy xususiyatlarga bog‘liq.
Xalq ta ’limi tizimi 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitu- 
tsiyasi va 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Qo- 
nuniga muvofiq tashkil etilgan. Konstitutsiyamizning 18, 41-mod- 
dasida ko‘rsatilganidek, barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, 
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar,
26


bilim olish huquqiga egadir. Fuqarolarning bepul umumiy ta ’­
lim olishlari davlat tom onidan kafolatlangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-av- 
gustda o‘tkazilgan IX sessiyasida umumxalq muhokamasidan o‘t- 
gan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari bos- 
qichma-bosqich amalga oshirib boriladi. Har bir bosqich muayyan 
vazifalami hal etishni nazarda tutadi.
I bosqich (1997—2001) — mavjud kadrlar tayyorlash tizi- 
mining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni 
isloh qilish va rivojlantirish uchun ilmiy-uslubiy, moliyaviy 
shart-sharoit yaratish.
II bosqich (2001—2005) — milliy dastumi to ‘liq ro‘yobga 
chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy, iqtisodiy 
sharoitlarni hisobga olgan holda aniqliklar kiritish.
III bosqich (2005-yil va undan keyingi yillar) to ‘plangan taj- 
ribalami tahlil etish, umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy- 
iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash 
tizimini yanada rivojlantirish.
Ta’lim tizimi quyidagilami o‘z ichiga oladi:
a) davlat ta’lim standartlariga muvofiq, ta’lim dasturlarini amalga 
oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;
b) ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’min- 
lash uchun zarur bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarini bajaruvchi 
ilmiy pedagogik muassasalar;
d) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, 
ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. 0 ‘z- 
bekiston Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo‘- 
lib, mazkur tizim doirasida faoliyat yurituvchi muassasalar 
ta’limni bosqichma-bosqich amalga oshrish uchun xizmat 
qiladilar.
0 ‘zbekiston Respublikasida ta ’lim quyidagi turiarda amalga 
oshiriladi (2-chizma).
0 ‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Qonunining 
ta ’lim turlari xususidagi 10-moddasida shunday deyiladi:
— 
Maktabgacha ta ’lim.
Uch yoshdan boshlab, olti-yetti yosh­
gacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulkchilik ko‘rinish- 
laridan qat’i nazar, boshqa ta’lim tashkilotlarida olib boriladi.
— 
Boshlang‘ich ta ’lim.
1—4-sinflami o‘z ichiga oladi. 0 ‘qish 
6—7 yoshdan boshlanadi.
27


2-chizma.
0 ‘zbekiston xalq ta’limi tizimi.
— 
Umumiy ta ’lim.
0 ‘quvchilarga 5—9-sinflar doirasida bilim 
va tarbiya beriladi.
— 
0 ‘rta maxsus ta ’lim va kasb-hunar ta ’limi.
0 ‘qish muddati 
3 yildan kam b o ‘lmagan akademik litseylar hamda kasb- 
hunar kollejlari.
— 
Oliy mutaxassislik ta ’limi.
To‘rt yildan kam bo‘lmagan mud- 
datda davom etadi. Oliy mutaxassislik ta ’limi bakalavrlik, 
magistraturaga bo‘linadi.
Bakalavrlik bazaviy oliy ta ’lim berish demakdir. Unda o ‘qish 
kamida 4 yil davom etib, oliy m a’lumot va tayanch mutaxassislik 
diplomi olish bilan tugaydi. Magistratura aniq mutaxasislik bo‘- 
yicha oliy kasbiy ta ’lim bo‘lib, bakalavrlik negizida kamida 2 yil 
davom etadi. Unda tahsil yakuniy kvalifikatsion davlat attesta- 
tsiyasi va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan yakun- 
lanadi.
— Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta ’lim — aspirantura nihoya- 
siga yetkazilgan magistrlik negizida 3 yil davom etadi. Aspirantura 
akademiya va kvalifikatsion imtihonlari, nomzodlik disserta- 
tsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi.
— Doktorantura — fan nomzodi ilmiy darajasi negizida 3 yil 
davom etadi, dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi.
— Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash.
— Maktabdan tashqari ta’lim.
28


Maktabgacha ta ’lim uzluksiz ta ’lim tizimining boshlang‘ich 
turi hisoblanadi hamda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
to ‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to ‘g‘risida»gi 
Qonunlari talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda 
o‘qishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil 
etiladi. Ushbu ta’lim bolaning olti-yetti yoshga to ‘lguniga qadar 
oilada maktabgacha ta ’lim muassasalari (yaslilar uch yoshgacha 
bo‘lgan bolalar uchun, bolalar bog‘chalari 3 yoshdan 6—7 yosh­
gacha bo‘lgan bolalar uchun) va mulk shaklidan qat’i nazar, ta’lim 
muassasalarida olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’­
lim-tarbiya oladilar. Ulaming sog‘lig‘i mustahkamlanadi, o‘z-o‘ziga 
xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ularda mehnatga 
muhabbat uyg‘onadi. Kattalarga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ulari 
tarbiyalanadi. Bolalar maktab ta’limi uchun tayyorgarlik ko‘radilar. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’lim maktabining 
boshlang‘ich sinflari bilan uzluksiz aloqani amalga oshirishi lozim.
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalami 
tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik 
shart-sharoitlar yaratadi, bolalami maktabda muntazam ravishda 
ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi.
NX^Maktabgacha ta’lim muassasasining Nizomi 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-sonli 
qaroriga muvofiq ishlab chiqiladi. Tuman, shahar xalq ta’limi bo‘- 
limlari tomonidan tasdiqlanadi.

Download 3,92 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalq ta’limi tizimi va uning bosqichlari

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish