Maktabgacha ta ’lim muassasalari hududning demografik,
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda
tashkil etiladi. MTMni tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq
ravishda amalga oshiriladi.
MTM yo‘nalishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi:
—
bolalar yaslisi, bolalar bog‘chasi, bolalar yasli-bog‘chasi,
xonadon bolalar bog‘chasi;
— bog‘cha-maktab majmuasi;
— tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir necha ustuvor yo'nalish-
larda rivojlantiradigan maktabgacha ta ’lim muassasasi (til
o‘rgatuvchi, musiqa, sport yo‘nalishlari bo‘yicha);
— tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi
kamchiliklarini bartaraf etishni
ustuvor ravishda amalga
oshiruvchi maxsus MTM;
— sanitariya-gigiyena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbir-
lari, muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog‘-
lomlashtiruvchi bolalar bog‘chasi;
— aralash turdagi MTM.
Maktabgacha ta’lim turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi.
Xulosa qilib aytganda, 0 ‘zbekiston
mustaqillikka erishgach,
barcha sohalar qatorida ta’lim-tarbiya sohasida ham tub ijobiy
o‘zgarishlar yuz berdi. Bugungi bolakay va qizaloqlar zimmasida
XXI asrda sog‘lom, bilimli, aqlli bo‘lib,
jamiyatimizning faol
a’zolariga aylanishdek ulkan vazifa turibdi. Bunda esa ular siz-u
bizga — kattalarga umid, ishonch nigohi bilan boqadilar.
<