3-bob.
0 ‘ZBEKIST0NDA XALQ TA’LIMI TIZIMI
3.1. Ta’lim sohasida davlat siyosati
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgan dast
labki kunlaridayoq respublikada ta ’limni tashkil etish sohasida
tub islohotlami amalga oshirish, uni yuksak darajada takomil-
lashtirish va jahon ta’limi darajasiga ko‘tarish kabi masalalarga
alohida e’tibor qaratildi. Ana shu e’tiborning yorqin isboti ta’lim
sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari hamda ta ’limning
0 ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor
yo‘nalish deb e’lon qilinganligi bilan belgilanadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining
asosiy prinsiplari quyi-
dagilardan iborat:
1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik tavsifda
ekanligi. Davlatimizda tashkil etilayotgan ta’lim va tarbiya jarayonida
shaxs or-nomusi, qadr-qimmati, m a’naviy hamda m a’rifiy hu-
quqlarini hurmat qilish, uning iqtidori
va qobiliyatini namoyish
etish uchun imkoniyat yaratish,
shuningdek, xohish-istagi va
ehtiyojlarini inobatga olish masalalari nazarda tutiladi.
2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi ta’lim jarayonida didaktik
xarakter kasb etib, o‘quvchilarga berilayotgan bilim va shakl-
lantirilayotgan ko‘nikma
va malakalaming uzluksiz, doimiy ra-
vishda shakllanishini ta’minlaydi. Uzluksiz va izchillik m a’lumot-
lar, hodisalar va fan asoslarini o ‘rganishning tartibga solinishini,
awalgi va keyingi materiallar o‘rtasida ketma-ketlikni ta’minlashni
anglatadi. Har bir o‘quv fani muayyan mantiqiy izchillikda o‘qiti-
lishi lozim. Mazkur prinsip shu holatni ifoda etishga xizmat qiladi.
3. Umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’li-
mining majburiyligi. Mazkur prinsip 0 ‘zbekiston Respublikasida
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta ’limini olishning
respublika fuqarolari uchun shartligini ifodalaydi. Respublika
hududida umumiy o ‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar
ta’limi bepul bo‘lib, ularning faoliyatini tashkil etish respublika
24
va mahalliy budjet mablag‘lari hamda budjetdan tashqari mab-
lag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 0 ‘rta maxsus kasb-hunar
ta’limi muassasalariga o ‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.
4. 0 ‘rta maxsus kasb-hunar ta ’limi yo‘nalishini akademik
litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi.
Ushbu prinsip o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini o‘quv-
chining o‘z
qiziqishi, ehtiyoji hamda layoqatiga mosini (muayyan
mutaxassislikda ixtisoslashtirilgan akademik litsey yoki m a’lum
kasb-hunar kollejida tahsil olishni) erkin tanlash huquqiga egali-
gini ifoda etadi.
5. Ta’lim tizimining dunyoviy tavsifda ekanligi. Ushbu prinsip
respublika hududidagi mavjud ta ’lim muassasalarida yoshlarga
dunyoviy tavsifdagi ilmiy bilimlami berishni nazarda tutadi. Ta’lim
muassasalarida jangari, buzg‘unchilik, shuningdek, milliy nizolar
hamda diniy adovatlarni keltirib chiqarishga xizmat qiluvchi
g‘oyalarning targ‘ib etilishi, ular yoshlar ongiga singdirilishi qonun
yo‘li bilan taqiqlanadi. Yoshlarga diniy
bilimlami berish davlat
akkreditatsiyasidan o‘tgan (Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga
olingan) hamda diniy ta’lim-tarbiya berish huquqiga ega ta’lim
muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Davlat ta ’lim standartlari doirasida ta ’lim olishning hamma
uchun ochiqligi. Respublika fuqarolari istalgan ta ’lim muassasa
lari (ta’lim muassasasi Nizomida ko‘zda tutilgan talablarga mu-
vofiq)da O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tom oni
dan 1999-yil 16-avgustda qabul qilingan «Umumiy o ‘rta ta ’lim-
ning davlat ta ’lim standartlarini tasdiqlash to ‘g‘risida»gi Qarori,
shuningdek, bu borada o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limning
davlat tizimi standartlari to ‘g‘risidagi 0 ‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta ’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirliklari tom o
nidan ishlab chiqarilgan DTS talablariga muvofiq ta ’lim olish
huquqiga egadirlar.
7. Ta’lim dasturini tanlashga yagona tabaqalashtirilgan yonda-
shuv. Ta’lim bo‘yicha yaratilgan dasturlar orasidan o‘quv dasturini
yaratishga qo‘yiladigan talablarga muvofiq yaratilgan hamda eng
maqbul deb topilgan dasturni tanlab olish asosida ta’lim muassa
salarida ta’limni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek,
mutaxassislik, kasb-hunar ta’limi xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda muayyan ta’lim muassasalari m a’lum mutaxassislik va kasb-
hunar ta’limining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda yara
tilgan dasturlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etishlari mumkin.
25
8. Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish. Ta’limni tashkil
etishdan ko‘zlangan maqsad yosh
avlodga chuqur bilim berish,
ulardagi mavjud layoqat va iste’dodlami rivojlantirishdan iboratdir.
Bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar orasidan bilimli, iqtidorli
o ‘quvchilar (talabalar)ni aniqlash va ularni qo‘llab-quwatlashga
alohida e’tibor berilmoqda. Ushbu maqsad yo‘lida faoliyat olib
boruvchi qator jam g‘armalar, chunonchi, iste’dodli yoshlarni
qo‘llab-quwatlovchi «Umid» va Ulug‘bek nomli jamg‘armalar
tashkil etildi. M azkur jam g‘armalarning
homiyligida yuzlab
o ‘quvchi va talabalar yetakchi xorijiy mamlakatlarda ta ’lim olish
huquqiga ega bo‘ldilar.
9. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlash-
tirish. Samarali ta’limni tashkil etish jamiyat taraqqiyotini, millat
va xalqning porloq kelajagini ta’minlaydi. Shu bois, ta’limni tashkil
etish nafaqat davlat, balki umumxalq ishidir. Ta’lim muassasa-
larida tashkil etilgan ota-onalar qo‘mitasi, o‘quvchilar o ‘z-o‘zini
boshqarish organlarining kuchi va imkoniyatlaridan, shuningdek,
otaliq (homiy)
tashkilotlaming moliyaviy, m a’naviy qo‘llab-quv-
vatlashlari evaziga ta ’lim samaradorligini oshirish mumkin. Ushbu
prinsip mana shu g‘oyani ochib berishga harakat qiladi.
10. T a’lim tizim i muayyan jam iyatda ijtimoiy-tarixiy ja-
rayonda tarkib topgan m a’lum talablar asosida boshqariladigan
hamda bir-biri bilan bog'langan barcha tipdagi o‘quv-tarbiya
muassasalarining yig‘indisidan iborat ekanligi. Ta’lim muassasasi
yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fao
liyat olib boradi.
Ta’lim tizimi ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega muayyan jamiyat -
ning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti darajasida hamda
siyosati mazmuni bilan bog‘liq holda tarkib topadi.