«Bolajon» tayanch dasturining mazmuni va tamoyillari




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

5.3. «Bolajon» tayanch dasturining mazmuni va tamoyillari
«Bolajon» tayanch dasturi 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta ’limi vazirligi tomonidan 2010-yilda tasdiqlangan. Ushbu das- 
tur «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan 
davlat talablari» asosida ishlab chiqilgan.
D^sturda ilk yoshdan 6—7 yoshgacha bo‘lgan bolalami jismo- 
niy5 ijtimoiy-hissiy, nutq, o‘qish va savodga tayyorlash, aqliy
40


rivojlantirish 
b o ‘y ic h a
pedagogik vazifalar asosida har bir yosh 
guruh bolalari o‘quv yili oxiriga kelib egallashlari lozim bo‘lgan 
bilim, malaka va ko‘nikmalaming zaruriy hajmi berilgan.
Tayanch dasturning maqsadi
«Maktabgacha yoshdagi b o ­
lalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishiga 
erishishdan, ya’ni, maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va m a’nan 
yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan
borliqni aniq idrok etadigan, mustaqil va ongli yashaydigan bolani 
tayyorlashdan iborat.
Dasturning vazifasi
bolalami jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy- 
hissiy jihatdan kamol toptirish va ulaming sog‘lig‘ini muhofaza 
qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlanti­
rish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kela- 
jakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga 
yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:
• maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
• bola shaxsiga yo‘naltirilganligi;
• bolalami sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;
• bolalarning qobilyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;
• maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatining yetakchiligi;
• maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
• maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;
• maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi.
Muassasa dastumi amalga oshirishda har bir bolaga quyidagi
sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yishi lozim:
• ijodkorlik, tasawur, zukkolik;
• mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish;
• muammolami aniqlash va ulami hal etish yo‘llarini topish;
• jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq 
qaramaslik.
«Bolajon» tayanch dasturida bolalami rivojlantirish va mak­
tabga tayyorlash quyidagi omillarga asoslanadi:
• davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning bar­
kamol shaxsga bo‘lgan munosabatining kuchayganligi;
• erkin fuqaro m a’naviyatining shakllanishi;
• milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, o‘zlikni anglash tuyg'usi 
rivojlanayotganligi;
• milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuy- 
g‘usining shakllanayotganligi.
41


Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, o‘z- 
o‘ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, o‘qish 
va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni, atrof-olam to ‘g‘risidagi 
bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishlariga mos tarzda umu­
miy rivojlanishini ta’minlaydi.
Ushbu dasturda bolalami rivojlantirish davri shartli ravishda 
quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
• go‘daklik (1 yoshgacha);
• ilk yosh (1—3 yosh);
• kichik yosh (3—4 yosh);
• o‘rta yosh (4—5 yosh);
• katta yosh (5—6 yosh);
• maktabga tayyorlov davri (6—7 yosh).
Mazmun jihatidan dastur tarkibiga:
• bolalami jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena;
• bolalami ijtimoiy-hissiy rivojlantirish;
• bolalami nutq, o'qish va savodga tayyorlash;
• bolalami bilish jarayoni, atrof-olam to ‘g‘risidagi bilimga ega 
bo‘lishi va uni anglashi;
• bolalarda tasviriy faoliyatni rivojlantirish;
• bolalarda musiqiy faoliyatni rivojlantirish;
• bolalarda o‘yin faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarida ta’lim- 
tarbiya vazifalari keltirlilgan.
Ushbu dastur bolani shaxs sifatida shakllantirishda maktab­
gacha ta’lim tizimi muassasa va mutaxassislari hamda oilalar, mak­
tabgacha yoshdagi bolalar ota-onalari uchun mo‘ljallangan.

Download 3,92 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Bolajon» tayanch dasturining mazmuni va tamoyillari

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish