Jamiyat hayotida mehnat jarayonida bolalar kattalar mehnatiga
taqlid qilish orqali o ‘ynaydilar, xuddi shu o ‘yin keyinchalik
bolalami mehnat faoliyatiga tayyorlashda muhim bosqich bo‘lib
hisoblanadi.
P.F. Lesgaft «Bola dastlabki o‘yinida tevarak-atrofdagi voqea-
hodisalarga taqlid qiladi, o‘yin ijtimoiy voqelikni aks ettiradi»,
deb izohlagan edi.
Buyuk psixolog D.V. Elkonin o‘yinning kelib chiqishiga oid
yangi g‘oyani ilgari suradi. Jamiyatning dastlabki taraqqiyotidayoq
bolalarning kattalar hayoti va mehnatida ishtirok etishlari, bola-
laming mehnat qilishlari uchun qulay o‘yinchoq — mehnat qu-
rollari ishlab chiqilgan. O ‘yinchoq-qurollar paydo bo‘lishi nati-
jasida rolli o ‘yinlar paydo bo‘ladi. D.V. Elkonin kattalar m ehna
tida ishtirok etish orqali bolada mehnat qilishga intilish hissini
uyg‘otish zarurligi g‘oyasini ilgari surgan.
Maktabgacha pedagogikada o ‘yin nazariyasi ijtimoiy faoliyat
hisoblanib, mehnatning tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘-
ladi. 0 ‘yin doimo hayotni aks ettiradi. Shuning uchun uning
mazmuni ijtimoiy voqelikda o‘zgarib turadi. О‘yin — maqsadga
qaratilgan o‘ylangan jarayondir. 0 ‘yin jarayoni asosida o ‘quv
faoliyati rivojlanadi. Bola yoshligida qancha ko‘p o‘ynasa, bu
maktabda yaxshi o‘qishiga va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy
ta ’sir ko‘rsatadi.