Jismoniy tarbiya shartlari




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

Jismoniy tarbiya shartlari. 
Asab sistemasini muhofaza qilish 
bolani to ‘laqonli jismoniy va ruhiy rivojlantirishning muhim shart- 
laridan biridir. Dastawal u faoliyatning turli xillarini almashti- 
rishni belgilab beruvchi oqilona rejimni tashkil etish orqali ta ’min- 
lanadi, bunda turli shakllardagi harakatlarga katta o ‘rin beriladi. 
Bolaning kunduzgi va tungi to‘laqonli uyqusini ta ’minlash ham 
juda muhim ahamiyatga egadir, bu yakka tartibdagi ehtiyojlar va 
oliy asab faoliyatining ishi xususiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarda asab bosiqligi uchun qulay ruhiy iqlim yaratish 
katta ahamiyatga egadir. Ijobiy his-tuyg‘ular bosh miya qobig‘i 
ishini yaxshilaydi, undagi biotoklarning bir m e’yorda bo‘lishiga 
ta ’sir etadi. Bu barcha analizator sistemalarini rivojlantirishga
turli-tu m an ruhiy jarayonlarning muvaffaqiyatli kechishiga 
yordam beradi.
Hissiy holatning o ‘zgarishi bilan barcha organlar faoliyati o‘z- 
garadi. Ijobiy hissiyot fiziologiya sistemalari vazifalarini faollash- 
tiradi, salbiylari charchatadi: yurak urishi tezligi kamayadi, tomir 
urishi susayadi, qonga kislorodning kelishi pasayadi.
Ijobiy his-tuyg‘u holatidagi bola yaxshi ovqat yeydi, yaxshi 
uxlaydi, atrofdagi bolalarga va kattalarga hayrixohlik bilan muno- 
sabatda bo‘ladi, kam kasal bo‘ladi, to ‘laqonli rivojlanadi, unda 
ishonch, dilkashlik, nekbinlik shakllanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi jismoniy tarbiyaning 
navbatdagi shakli oddiy muhitni barpo etish zarurligidir, ya’ni 
xona va uchastkani oqilona, bolalarning yoshiga muvofiq tarzda 
mebel va fizkultura uskunalari bilan ta’minlashdir.
48


Zal va uchastka bolalaming harakatga bo‘lgan ehtiyojini qon- 
dirish uchun eng ko‘p darajada mos bo‘lishi kerak. Buning uchun 
zalda kamida to‘rt qator gimnastika devori, to‘rtta skameyka, bordon 
to ‘shaklar, bir necha darvozachalar, taxtachalar, nishonlar va 
bolalaming soniga qarab kichik uskunalar bo‘lishi kerak.
Uchastkada fizkultura anjomlari bo‘lgan sport maydonchasi, 
sakrash chuqurchasi boclgan yugurish yo‘lkasi, sportning tar- 
kibiy qismi bo‘lgan o ‘yinlar uchun turli moslamalar b o ‘lishi 
kerak.
Mavjud normativlarga muvofiq tarzda sanitariya-gigiyena va- 
ziyatini barpo etish ham jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. 
Bu shart xona va uchastkada ozodalik va tartibni saqlashni, xonada 
yorug‘lik, havo va harorat rejimiga rioya etishni, shuningdek, bolalar 
va kattalar kiyimi gigiyenasini ko‘zda tutadi.

Download 3,92 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish