Jismoniy tarbiyaning tabiiy-ilmiy asoslari




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

Jismoniy tarbiyaning tabiiy-ilmiy asoslari. 
Bolaning biologik 
rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar majmuyi o'rganadi. Ularning 
asosini I.M. Sechenov, I.P. Pavlov va ular izdoshlarining orga- 
nizm va muhit birligi, organizmning yaxlitligi va uning hayotiy 
faoliyatida markaziy asab sistemasining tartibga soluvchilik roli 
haqidagi ta’limoti tashkil etadi.
Oliy asab faoliyati, shartli reflektor, organizmning muhit bilan 
o‘zaro aloqasini va unga eng ko‘p darajada moslashuvini ta’min- 
lovchi asosiy qonunlaming kashf etilishi bolani to ‘laqonli jismo­
niy va ijtimoiy rivojlantirishda tarbiyaning rolini to ‘g‘ri tushu- 
nishga, bolalar organizmining funksional imkoniyatlarini kengay- 
tirishga yordam berdi.
Organizmdagi barcha jarayonlaming birligi to ‘g‘risidagi qoida 
ko‘p qirrali masala sifatida ko‘rib chiqiladi.
Birinchidan,
organizm yagona bir butunlikdan iborat bo‘lib, 
unda alohida organlar va sistemalar ishi o ‘zaro bog‘liq holdadir. 
Bu qoida jismoniy tarbiya, bolaga alohida yondashish vazifalarini 
hal etishning asosini tashkil etadi: jumladan chiniqtirish faqat 
shamollash kasalliklarining oldini olish uchun emas, shu bilan
45


birga organizmning atrof-muhitning turli noqulay ta ’sirlariga chi- 
damliligini oshirish uchun o‘tkaziladi; har tomonlama jismoniy 
rivojlanish shuning uchun kerakki, organlar va sistemalar rivoj- 
lanishidagi nomutanosibliklar ulardan har birining ishlashiga 
o‘z ta ’sirini o‘tkazadi, bu esa salomatlikda ham, harakat sifatlarida 
ham namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan,
organizm yagona bir butun bo‘lib, unda jismoniy 
va ruhiy jarayonlar bir-birini shart qilib qo‘yadi. Bu qoida mak­
tabgacha tarbiya muassasasida ishni tashkil etish uchun mu- 
himdir. Jismoniy tarbiya vositalari normal jismoniy rivojlanishni
yaxshi kayfiyatni, bolalarning bosiq va ayni paytda shodon hola- 
tini, ulaming ishchanligini ta’minlashga qaratilgandir. Busiz bo- 
lada ruhiy jarayonlaming to ‘laqonli kechishi, uning har tomonlama 
rivojlanishi mumkin emas.
Uchinchidan,
organizm yaxlit bir narsa sifatida atrofdagi muhit 
bilan o ‘zaro aloqada bo‘ladi. 0 ‘zgarib borayotgan muhit sharoit- 
lariga yuksak darajada moslashish murakkab dinamik andozalarni 
va shartli reflektorli aloqalami vujudga keltirish bilan ta’minla- 
nadi. I.P. Pavlovning beixtiyor harakatlarning shartli reflektor 
tabiatiga bog‘liqligi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o‘zaro 
aloqasi haqidagi ta ’limoti negizida jismoniy mashqlar didaktikasi 
ishlab chiqiladi, bolalarning madaniy-gigiyenik ko‘nikmalami va 
odatlami o‘zlashtirishi ro‘y beradi.
Oliy asab faoliyati tiplari to ‘g‘risidagi ta’limot katta ahamiyatga 
ega, chunki bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, alohida 
ish olib borish metodikasi shunga asoslangandir.

Download 3,92 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jismoniy tarbiyaning tabiiy-ilmiy asoslari

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish