a) asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chi-
qish, uloqtirish, muvozanatni saqlash mashqlari);
b) umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, safga turish va qayta
safga turish;
d) sport mashqlari (suzish, chang‘ida yurish,
konki uchish
vah.k.).
Harakatli o‘yinlar (mazmunli, mazmunsiz, sportning tarkibiy
qismlari bo‘lgan
o ‘y i n l a r
Va boshq.), yozgi va qishki davrda uchast-
kadan tashqariga qilinadigan uzoq sayrlar ko‘zda tutilgan.
Jismoniy tarbiyaning mazmunini belgilab beruvchi asosiy
hujjat «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturidir.
U bolalami izchil harakat malakalari va ko‘nikmalariga o‘rgatish
imkonini beradi, harakatlarning muvofiqliligini rivojlantiradi,
jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezlik, chidamlilik)ni tarbiyalaydi.
Jismoniy tarbiya tizimidagi ishlar xilma-xil yo‘llar yordamida
amalga oshiriladi, masalan, gigiyenik omillar (to‘g‘ri rejim, maq-
sadga muvofiq ovqatlanish, gigiyenik vaziyat,
madaniy-gigiyenik
ko‘nikmalarni shakllantirish, mustahkamlash uchun) jismoniy
mashqlar shular jumlasidandir.
Rejim (tartib).
Bolalar hayotining tartibi, bu — bedor yurish,
uxlash, ovqatlanish, faoliyat xilma-xil turlarining har kuni muay
yan izchillikda takrorlanib, oqilona almashinib turishidir.
Tartib
uchun qulay sharoit ta’minlash kerak, shuning uchun u bolaning
yoshi, uning salomatligi, kattalar mehnatining xususiyatlari, bola
tarbiyalanayotgan oila turmushi va muassasaga bog‘liq tarzda o‘zgaradi.
Muayyan vaqt ichida rejimning asosiy tarkibiy qismlari bir
maromda va doimiy bo‘lishi uning ajralmas xususiyatlaridir. Tar-
tibning bir maromdaligi tabiat hodisalarining maromi, organizm
faoliyatining maromiga asoslanadi.
Bu bedor yurish va uxlashning,
tana haroratining o‘zgarishi, nafas olish, yurak urishining qisqarish
maromida, ovqat hazm qilish traktining ish maromida namoyon
bo‘ladi va hokazo.
Oqilona tartib bedor yurish va uxlashning eng maqbul nisbati
asosida quriladi, bu vaqtda bosh miya qobig‘i uchastkalari o‘rtasidagi
vazifalar qayta taqsimlanadi, olingan axborot qayta ishlanadi, aqliy
va jismoniy ishlaming nisbati, ovqat hazm qilish maromini hisobga
olish asosida quriladi.
Tartibdan chetga chiqish darhol bolaning kayfiyatida, shu bilan
birga uning xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. Tartibni tuzishda
quyidagilarni hisobga olish zarur:
50
1. Oliy asab faoliyatining yosh xususiyatlarini.
2. Ovqat hazm qilish sistemasi ishidagi yosh xususiyatlarini.
3. Alohida xususiyatlar: asabiy bolalar va asab tizimi zaif bolgan
bolalar ko‘proq uxlashlari kerak.
4. Yil fasli, iqlim sharoitlarini bolalar
uyqusini tashkil etishda
hisobga olish lozim.
Ovqatlanish.
To‘g‘ri tashkil etilgan ovqatlanish bolalami to ‘la-
qonli jismoniy tarbiyalashning muhim jihati hisoblanadi. Ovqat
lanish o ‘sib borayotgan organizm uchun g‘oyat muhimdir, chunki
u barcha to ‘qimalaming normal o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.
Chiniqtirish
deganda organizmning atrof-muhitdagi turli tabiiy
ta ’sirlar (harorat, namlik, quyosh nuri darajasining o‘zgarishi)ga
eng ko‘p chidamliligi, moslashishini tarbiyalash tushuniladi.
Bolada faqat harorat, iqlim o‘zgarishlariga tez ta’sir bildirishgina
tarkib topmasdan shu bilan birga gemoglobin miqdori oshadi, ular
ning immun tizimi yaxshilanadi. Bolalar turli kasalliklarga kamroq
chalinadilar va ularning organizmlari kasalliklami tezda yengadi.
Chiniqtirishni tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1. Chiniqtirishni butun yil davomida mavsumiy holatlarni
hisobga olib, muntazam o‘tkazish kerak.
2. T a’sir etuvchi vositalarning kuchini asta-sekin kuchayti-
rish zarur.
3. Bolaning salomatligini,
yosh xususiyatini, hissiy holatini,
uy va maktabgacha ta ’lim muassasasining sharoitini hisobga
olish zarur.
Kundalik hayotda chiniqtirish tadbirlarini jismoniy mashqlar,
bolaning xilma-xil faoliyati bilan bog'liq holda olib borish chiniq
tirish uchun ham, organizmni mustahkamlash uchun ham yaxshi
natija beradi.
Madaniy-gigiyenik k o ‘nikmalar va odatlami tarbiyalash.
Ma-
daniy-gigiyenik ko‘nikmalarga tanani ozoda tutish, to ‘g‘ri ovqat
lanish, tartibga rioya qilish va bolalaming bir-birlari bilan, kattalar
bilan, o ‘zaro madaniy munosabatlariga doir ko‘nikmalar kiradi.
Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirishda quyidagi shart-
larga e ’tibor qaratish zarur:
1. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada harakatlar hamda
topshiriqlami bajarish uchun qulay vaziyatni (qulay mebel,
jihozlar) yaratish.
2. 0 ‘zlashtirilayotgan madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni qat’iy
belgilangan tartibda bir vaqtda bajarishga o‘rgatish.
51
3. Har bir bola bilan yakka tartibda ish olib borish.
4. Bolalami madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlarini
nazorat qilib borish.
5. Bolalami kattalarning gigiyena va axloqqa oid barcha talablarini
so‘zsiz bajarishga o ‘rgatish.
Jismoniy mashqlar va massajdan foydalanish.
Jismoniy mashq
lar — jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga qaratilgan maxsus
harakatlar, shuningdek, harakat faoliyatining murakkab turlaridir.
Jismoniy mashqlar organizmga ko‘p qirrali fiziologik ta’sir ko‘r-
satadi.
U modda almashinuvini, qon aylanish jarayonlarini faol-
lashtiradi, suyaklaming o‘sishiga yordam beradi.
Kichik bolalami tarbiyalashda passiv gimnastika turlaridan
biri — massaj (uqalash) qo‘llaniladi. Uqalash ta ’sirida qon ayla-
nishi, shuningdek, teri va muskullarning oziqlanishi yaxshilanadi,
issiqlik chiqishi ko‘payadi, muskullarning charchashi yo‘qoladi.