yoshdan 7 yoshgacha boMgan bolalarni




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

6.4. 3 yoshdan 7 yoshgacha boMgan bolalarni
jismoniy tarbiyalash metodikasi
Bolalarni jismoniy tarbiyalashning yosh tavsifi va vazifalari.
Bu yosh davrida bola organizmida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 
7 yoshga borganda bolaning bo‘yi o‘rtacha 120 sm. gacha o‘sadi. 
Organ va tizimlarda morfologik va funksional o‘zgarishlar bo‘ladi. 
Umurtqaning egiluvchanligi ortadi, muskullaming kuch darajasi 
kuchayadi, o‘pkaning hajmi o‘sadi. Nafas olish chuqurroq va uzoq- 
roq bo‘ladi. Ovqat hazm qilish apparati barqaror ishlaydi.
Bolalaming shu davrdagi jismoniy va ruhiy rivojlanishi xusu- 
siyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi o‘ziga xos vazifalar o‘rtaga 
qo‘yiladi:
1) to ‘laqonli uyg‘un jismoniy rivojlanishi, yurak qon-tomir va 
nafas olish tizimini mashq qildirish, qaddi-qomat va oyoqni 
shakllantirish;
2) organizimni chiniqtirish;
3) barcha asosiy harakatlami, sport mashqlarini bajarish ko‘nik- 
malarini tarbiyalash;
4) jismoniy qobiliyatlar, sifatlami rivojlantirish;
5) ozodalik, tartiblihk odatlarini tarbiyalash.
Turli vositalardan kompleks foydalanganda bu vazifalaming 
barchasi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Кип tartibi.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalaming uyqusi 
12—13 soat (shundan 1,5—2 soati kunduzgi), 5 yoshdan 7 yosh­
gacha bo‘lgan bolalarda 11—12 soat davom etadi.
53


0 ‘ymlar uchun salkam 4 soat, harakat faoliyati uchun (turli 
shakllarda) qariyb 5 soat, kunduzgi uyquga 1 soat-u 5 minutgacha 
ajratish zarur.
Bolalarning aktiv faoliyati — o‘yin, o‘quv, mehnat va turmush 
faoliyati kun m obaynida bir necha bor o ‘zgaradi. K ichik 
maktabgacha yoshdagi bolalar 8 minutga yaqin aqliy faoliyat bilan 
faol shug‘ullanishlari mumkin, katta maktabgacha yoshdagi bolalar 
esa ana shunday faoliyat bilan 12—14 minut shug‘ullana oladilar. 
Shundan keyin ularning diqqati susayadi. Agar mashg‘uIotlar 
orasida va mashg‘ulotning o‘zida harakatli mashqlar (jismoniy tarbiya 
daqiqalari, jism oniy tarbiya tanaffuslari)dan foydalanilsa, 
bolalarning imkoniyatlari birmuncha ko‘payadi.
Bolalar bog‘chasi kun tartibida xilma-xil o‘yinlarga alohida o‘rin 
beriladi. Vaqtdan to ‘laqonli foydalanish uchun tarbiyachi o‘yin- 
choqlar va qo‘llanmalami oldindan tanlab qo‘yishi, bolalarda baja- 
rish ko‘nikmalarini tarbiyalashi zarur.
Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun keng imko- 
niyatlar beradi. Sayr chog‘ida, tabiat va ijtimoiy hodisalar kuzatiladi, 
bolalarning mehnat va o‘yin faoliyati, sport mashqlari uyushtiriladi.
Ovqatlanish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni 
tashkil etish bolalarda taomni yeyishga ijobiy munosabatni yaratishga 
qaratilgan bo‘lishi kerak. Muayyan vaqtda, 3,5—4 soat oralig‘ida 
bolalarga mazali tayyorlangan, chiroyli bezatilgan taomlar beriladi. 
Ovqatlanish uchun zarur bolgan hamma narsa oldindan tayyorlab 
qo‘yiladi, chunki kutish ishtahani pasaytiradi, asab tizimini qo‘z- 
g‘atadi. Stolni enaganing o‘zi bezaydi, o‘rta guruhdan boshlab esa 
bu ishda navbatchi bolalar faol ishtirok etadilar. Navbatchilikning 
tartibi va harakatlaming xususiyatlari tarbiyachi tomonidan puxta 
o‘ylanadi va bolalarga aniq ketma-ketlikda tushuntiriladi. Normal 
ovqatlanish jarayoni uchun osoyishta vaziyat katta ahamiyatga ega.
Madaniy-gigiyenik ко ‘nikmalami tarbiyalash.
Maktabgacha yosh 
davomida madaniy-gigiyenik ko‘nikmalami shakllantirish yuzasidan 
katta ishlar olib boriladi. Harakatlar muvofiqligini rivojlantirishda, 
fikrlashda ro‘y bergan katta siljishlar bolalarning o ‘ziga o‘zi xizmat 
qilishi, navbatchilik, jamoadagi muloqot davrida zarur bolgan 
xilma-xil harakatlami uddalashi uchun imkon beradi.

yoshga qadam qo‘ygan bolalar qollarini to ‘g‘ri yuvishni 
(qollarni bir-biriga ishqab sovun surtish, sovunni yuvib tashlash 
va har bir barmoqni artishni), tish yuvishni (dastlab oddiy h o i 
cho'tka bilan, 4 yoshdan boshlab kukun bilan), ovqatdan keyin 
i


og‘izni chayqashni, dastro‘molchadan foydalanishni, stol atrofida 
o‘zini madaniy tutish qoidalariga rioya etishni (qoshiqdan, sanchqi- 
dan foydalanishni, ovqatni to‘kmaslikni) bilishlari kerak. Bolalar 
o‘yinchoqlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, ozodalik 
va tartib saqlashni o‘rganadilar.

yoshga qadam qo‘ygan bolalar ancha mustaqil bo1 lib qoladilar, 
ular endi sovun bilan yuzlarini, bo‘yinlarini, quloqlarini yuva 
oladilar, ancha puxtalik bilan kiyina oladilar, har bir harakatni 
bajarish tartibini biladilar, bir-birlarining tashqi ko‘rinishlaridagi 
yoki atrofdagi nuqsonlami seza boshlaydilar.
6—7 yoshli bolalar o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga doir barcha 
harakatlarni ancha tezroq va aniqroq bajara oladilar. Ular tez, 
toza, kiyimlarini, polni ho‘l qilmasdan yuvina olishlari, puxta va 
tez kiyina olishlari, o‘z tashqi ko‘rinishlarini kuzatib borishlari 
kerak. Ovqatlanish ko‘nikmalariga katta talablar qo‘yiladi: bolalar 
sanchqi, pichoqdan to ‘g‘ri foydalanadilar, tartibli ovqat yeydilar. 
0 ‘yin burchaklarini yig‘ishtirish, navbatchilik turlari, majburiyat- 
lari va ko‘nikmalari doirasi kengayadi, navbatchilaming vazifalari 
murakkablashadi.
Madaniy-gigiyenik ko‘nikrnalarni muntazam mustahkamlab 
borish kerak. Tarbiyaviy ishlar tizimining o‘zgarishi, malakalarni 
shakllantirish va ulardan foydalanishga e’tiboming yo‘qUgi ularning 
tezda yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda jismoniy 
mashqlar katta o‘rin tutadi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda 
bolalar tarbiyachi rahbarligida va mustaqil ravishda asosiy harakat- 
lami, sport mashqlarini egallagan, xilma-xil harakatli o‘yinlami 
o‘ynashni o ‘rgangan boiishlari kerak. Bu keng dastur ishning 
xilma-xil vositalari va shakllaridan foydalangandagina bajarilishi 
mumkin.
Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlami bajaradilar: 
ertalab gimnastika shaklida, haftasiga ikki marta jismoniy tarbiya 
mashg‘ulotlari tarzida bajaradilar, ularga turli xildagi saf tortish- 
lar, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, harakatli 
o‘yinlar kiradi. 0 ‘rta va katta yoshdagi bolalar bilan o‘tirib baja- 
riladigan mashqlarda jismoniy tarbiya daqiqalari, mashg‘ulotlar 
orasida jismoniy tarbiya tanaffuslari o‘tkaziladi. Sayr chog‘ida sport 
mashqlari, harakatli o‘yinlar uyushtiriladi, bolalaming kichik gu- 
ruhlari bilan ish olib boriladi. Kunduzgi uyqudan keyin saf tor- 
tishlar, qayta saf tortishlar, raqs harakatlari, maroqli mashqlar
55


bajarilib, ular chiniqtirish tadbirlari bilan qo‘shib o‘tkaziladi. Sayr 
chog‘ida va xonada bolalarning turli qo‘llanmalar va motorli o‘yin- 
choqlar bilan mustaqil o‘yinlari uyushtiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning qu­
yidagi o‘ziga xos vositalaridan foydalaniladi: 1) harakatli o‘yinlar 
o‘tkazilib, ularga eng ko‘p o ‘rin beriladi; 2) asosiy gimnastika 
(asosiy harakatlar, umumrivojlantiruvchi va saf tortish mashqlari);
3) sport mashqlari (konki uchish, chang‘ida yurish, suzish, velosi- 
pedda uchish); 4) bolalar turizmi.
Ko‘rsatilgan vositalardan uyg‘un foydalanish bolalarning har 
tomonlama jismoniy rivojlanishini ta’minlaydi.
j^ 4

Download 3,92 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish